Soliq solish obyekti, ba-
zasi va soliq stavkalari
190
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv
yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar
soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi
yuzasidan solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini
aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi
hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa
ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida
foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda
foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun
bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish
maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi
uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
to‘laydi.
Yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi
korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan
yerlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun xo‘jalik bo‘yicha
o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan
dehqon xo‘jaliklari uchun soliq solinadigan baza soliq davrida bir gektar
sug‘oriladigan yerlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun
xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda davlat soliq
xizmati organlari tomonidan aniqlanadi.
Suvdan qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatlarini sug‘orish uchun
foydalanadigan yordamchi xo‘jaliklarga ega yuridik shaxslar,
shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining o‘quv-
tajriba xo‘jaliklari soliqni qishloq xo‘jalik korxonalari uchun
belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar.
2018 yilda amalda bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliq stavkalari quyidagi jadval ma’lumotlarida keltirilgan (3.9.1-
jadval).
191
3.9.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |