Oʼzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi nomidagi Fiskal instituti SST07-guruh talabasi Yangiboyev Elnur Soliqqa tortish asoslari
Mavzu. Yuridik shaxslar yer solig'i elementlari
Reja:
1.Yer solig‘i joriy etilishining asosiy sabablari. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar tarkibi..
2. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar
3.Yer solig‘ini hisoblash va budjetga to‘lash tartibi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari.
4.Yer solig‘i hisoblash va uni budjetga undirish tartibi.
Soliq to‘lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.
Soliq bazasi
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha —soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha —soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati.
Soliq imtiyozlari
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko‘proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha ular ishga tushirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga soliqdan ozod etiladi.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy ta’minot obyektlari egallagan yerlar;
sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar;
shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari (magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar);