Soliq stavkalari Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Kalendar yil soliq davridir.
Kalendar yil soliq davridir.
Soliq har bir soliq davrining 1-yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay.
Soliq to‘lovchilar soliqni aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlari bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi.
Soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydigan yer uchastkalari obyektlar joylashgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay mazkur obyektlarning joylashgan eri bo‘yicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan yer uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.