173
qismlar to‘plami (belgilangan muddatda o‘rnatilmagan uskunalar
qismida) hisoblanadi. Ushbu uskunalar tarkibiga o‘rnatiladigan
uskunalar qatorida montaj qilish uchun belgilangan nazorat-o‘lchov
apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish
muddati va tayyorlab qo‘yilgan zaxiralar me’yoriga muvofiq har bir
obyekt bo‘yicha texnologik yoki boshqa uskunalarni yetkazib berish va
montaj qilish jadvali belgilangan bo‘lishi lozim.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va
import qilingan uskunalarni
yetkazib berish va montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda
topshirish hisobga olinadi:
yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom
ro‘yxatlari bo‘yicha montaj qilish va yetkazib berish jadvallarining
rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin;
texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari,
qurilmalar va
boshqa umumzavod uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining
rejadagi muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan
muddatda;
komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning
rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan
muddatga, agar texnik shart-sharoitlariga ko‘ra uskunani qismlar
bo‘yicha montaj qilish mumkin bo‘lmasa, ularni montajga topshirish
muddati uskunalar butun komplektining kelib tushishi paytidan
hisoblanadi;
qismlarga ajratilgan import uskunalari,
shuningdek, kabel
mahsulotlari, simlar va troslar - ularni montajga topshirishning rejadagi
muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda.
Uskunalarni montaj qilish va o‘rnatish uchun me’yorlar va jadvallar
bo‘lmaganida soliq quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarning
o‘rnatilmaganligi uchun - sotib olinganiga bir yillik muddat to‘lganidan
keyingi oydan boshlab;
noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha
- sotib
olinganiga olti oy tugagandan keyin;
Uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishning yuqorida
ko‘rsatilgan muddatlarini buzganligi uchun korxona va tashkilotlar,
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan
174
tashqari, mol-mulk solig‘ini ikki baravar ko‘paytirilgan stavka bo‘yicha
to‘laydilar.
Dostları ilə paylaş: