171
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq
to‘lovchilar tomonidan - yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq
yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-
kunidan kechiktirmay.
Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan baza
o‘zgargan taqdirda soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma
taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy
to‘lovlarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqning
o‘zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davrida to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq summasi joriy to‘lovlar hisobga olingan
holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay byudjetga
o‘tkaziladi.
Soliq davrida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
bo‘yicha joriy to‘lovlar summasi hisob-kitobga ko‘ra byudjetga
to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq
kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning haqiqiy
summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan
holda qaytadan hisoblab
chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘yicha yuridik
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq
solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda
davlat soliq xizmati organlari tomonidan quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga
oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining
norezidenti doimiy
muassasaning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati
organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk to‘g‘risidagi
ma’lumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvaridan
kechiktirmay taqdim etishi shart. Taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida
davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan
soliq summasi hisob-kitobini o‘n kun ichida amalga oshiradi va to‘lov
xabarnomasini yozib beradi;
O‘zbekiston Respublikasining ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan
norezidentlariga ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi O‘zbekiston
Respublikasi davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchining yoki