Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

MADINA MUSHAFI 
Usmon Mushaflarining ulamo va qoriylar tomonidan eng ko‘p zikr qilinadigani 
Madina Mushafidir. Uning to‘g‘risida Imomi Nofi’ ko‘p naql qilganlar. 
Ibn Jubayr o‘zining sayohati pirovardida shunday yozadi (uning Madinaga qilgan 
ziyorati 580 hijriyda bo‘lgan): «Masjidi Nabaviyda saqlanayotgan mushaf, ustida hazrati 
Usmon shahid bo‘lgan Mushaf emas, balki har tomonga yuborilgan Mushaflarning 
biridur». 
Mavlono Shibli Nu’moniy aytadilar: «Madina Mushafini 735 h. yilda Madinai 
Munavvarada ko‘rganlar, uning orqasida shunday yozuv bor edi: «Bu Mushaf bir guruh 
sahobalar, shu jumladan Zayd bin Sobit, Abdulloh bin Zubayr va Said bin Os qarorlari 
bilan yozildi». Kitobning boshqa tomonida hazrati Usmon Mushafni yozish uchun yig‘gan 
boshqa sahobalarning nomlari bor edi. Mana shu sanada Makka Mushafi ham mavjud 
edi». 
Samhudiyning «Xulosatul-vafo» kitoblarida, «654hijriyda Masjidi Nabaviyda sodir 
bo‘lgan birinchi yong‘in paytida yonib ketgan narsalar ichida kitob va mushaflar ham bor 
edi. Ba’zi bir narsalar va Usmon Mushafidan boshqa hech narsa omon qolmadi»,—
deyiladi. Shunga binoan Usmon Mushafi shu sanada Madinada mavjud edi, keyinchalik 
qayoqqa ketgani ma’lum emas. Ba’zi bir zamondoshlarimiz: «U to turklar Madinadan 
1334 yilda chiqib ketgunlaricha mavjud edi. Ehtimol, Ostona (Konstantinopol)ga olib 
ketilgan bo‘lsa kerak», deydilar.( «TarixulQur’on» kitobi). 
 
BOSH MUSHAF 
Hazrati Usmonning o‘zlariga xos bo‘lgan Mushafga keladigan bo‘lsak, u to‘g‘rida 
Shotibiy Molikdan shunday rivoyat qiladilar: «Mazkur Mushaf g‘oib bo‘lgan, u to‘g‘rida 
mashoyixlardan hech bir xabar ololmadik». 
Ibn Qutayba: «Usmon (r.a.) tilovat qilib turib, tepasida shahid bo‘lgan Mushaf, 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin