1
Mashg‘ulot turi: ma’ruza
Mavzu: Islom dini va ta’limoti
Mavzu rejasi:
1. Islom. Qur’on
islom dinining muqaddas kitobi, xadislar islomdan keyingi
mo‘‘tabar manba.
2. Islom dini ta’limoti.
3. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi.
4. Tasavvuf (sufizi) ta’limoti.
Adabiyotlar:
1. Ochildiev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma). -
Toshkent: “Toshkent islom universiteta” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013.
2. Xasanov A. va boshqalar. Islom tarixi (darslik). - Toshkent:
Toshkent islom
universiteta matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.
3. Mo‘minov A. va boshk. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004.
Tayanch tushunchalar:
Johiliya, Butparastlik, Mushaf, al–Vasaniya, Makka va Madina, Hiro g‘ori, Vahiy,
Ansor, Hijrat, Rasul, Nabiy, mazhab, sunniylik, shialik, xorijiylik, hanafiylik,
shofe’iylik, molikiylik, xanbaliylik, aqida, tasavvuf.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Islom dini tarixi, ta’limoti, muqaddas manbalari, ibodat va marosimlari, Islom
dinidagi ilk bo‘linishlar, ularni keltirib chiqargan sabab va omillar, xavorijlar va
ularning firqalari, shialik va uning oqimlari, sunniylik va uning mazhablari,
aqidaviy ta’limotlar, tasavvuf haqida haqida talabalarda atroflicha tasavvur hosil
qilish.
Islom. Qur’on islom dinining muqaddas kitobi, xadislar islomdan keyingi
mo‘tabar manba.
Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi I.ga e’tiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3
qismidan ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20% idan ortiqrog‘ini
tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga to‘g‘ri keladi (qita
aholisining
deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq
mamlakatdan 35 tasida musulmonlar aholining ko‘pchiligani tashkil qiladi
Muhammad (s.a.v.) ana shunday shaxs sifatida
nafaqat arablar dunyosida, balki
butun musulmon olamida yangi sivilizatsiyaga asos soldi. 40
yoshidan boshlab u
Allohdan kelgan vahiylarni o‘z qabiladoshlariga etkazadi.