Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
135
Margarita Nikolaevna trolleybus o‘rindig‘ining qulay va yumshoq suyanchig‘iga suyangancha 
Arbat bo‘ylab, ketib borarkan, goh o‘z xayollariga berilib ketar, goh o‘zidan oldingi o‘tirg‘ichda 
pichirlashib o‘tirgan ikki kishining gaplariga quloq solardi. 
Ular, gapimizni hech kim eshitmayaptimikin, degandek onda-sonda atrofga qo‘rqa-pisa nazar 
tashlar ekanlar, qandaydir tuturiqsiz narsa to‘g‘risida gapirishardi. Oyna oldida o‘tirgan, 
cho‘chqanikiga o‘xshagan ko‘zlari o‘tkir, gungursday keladigan baq-baqaloq odam yonidagi 
jikkakkina qo‘shnisiga, tobut ustiga qora choyshab yozishga to‘g‘ri kelgani haqida gapirardi... 
— Yo‘g‘-e, ishonmayman, — deb pichirlardi jikkak odam hayratlanib, — aql bovar qilmaydi 
bunga... Xo‘sh, Jeldibin nima chora ko‘rdi? 
Trolleybusning bir me’yordagi guvullashi fonida oyna oldidagi odamning ovozi eshitildi: 
— Jinoiy qidiruv... g‘alvaning o‘zi... g‘irt mistika! 
Margarita Nikolaevna o‘zi eshitgan bu uzuq-yuluq jumlalarni bir-biriga ulab, shunday taxminiy 
ravonlik kasb etdi: bu ikki grajdanin bugun ertalab qaysiyam bir murdaning (uning kimligini tilga 
olishmasdi) kallasini tobutdan o‘g‘irlab ketishgani haqida pichirlashishardi! Anavi Jeddibin deganlari 
shuning uchun ham bezovta bo‘layotgan ekan. Trolleybusda pichirlashib borayotgan bu ikki odam ham 
kallasi o‘g‘irlangan murdaga daxldor edilar. 
— Kirib gul olishga ulgurarmikinmiz? — deb bezovta bo‘la boshladi jikkak odam, — soat ikkida 
kuydirishadi dedingmi? 
Nihoyat, tobutdan o‘g‘irlangan kalla haqidagi tuturiqsiz pichirlashlarni eshitish Margarita 
Nikolaevnaning joniga tegdi, u tushadigan bekatiga kelganini ko‘rib xursand bo‘lib ketdi. 
Yana bir necha daqiqadan keyin u Kreml devori poyiga qo‘yilgan skameykalardan biriga borib 
o‘tirdi, bu skameykadan manej maydoni yaqqol ko‘rinib turardi. 
Margarita charaqlab turgan quyoshdan ko‘zlarini suzib o‘tirarkan, bugun kechasi ko‘rgan tushini 
eslardi, so‘ng u kun-bakun va soat-basoatiga bundan rosa bir yil burun xuddi mana shu skameykada 
usta bilan yonma-yon o‘tirganini xotirlay boshladi. O‘shanda ham, xuddi hozirgidek qora sumkachasi 
uning yonida, skameykada yotgan edi. Bugun uning yonida usta yo‘q edi, biroq Margarita Nikolaevna 
u bilan xayolan suhbatlashardi: «Agar surgun qilingan bo‘lsang, nega o‘zing haqingda darak 
bermaysan? Axir boshqalar xabar qilishadi-ku. Yo mendan ko‘ngling qolganmi? Yo‘q, bunday 
bo‘lishiga hech ishonmayman. Demak sen surgunda o‘lgansan... Agar shu rost bo‘lsa, o‘tinaman, meni 
ozod et, erkin nafas olib yashashimga imkon ber». Shundan keyin, Margarita Nikolaevna o‘ziga-o‘zi 
ustaning tilidan javob qaytarardi. «Sen ozodsan... Nima, ushlab turibmanmi seni?» Keyin Margarita 
e’tiroz bildirardi unga: «Yo‘q, bu javob emas! Yo‘q, sen mening xotiramdan ket, shundagina men ozod 
bo‘laman». 
Margarita Nikolaevnaning oldidan odamlar o‘tib turishardi. Bir erkak bu yaxshi kiyingan ayolga 
ko‘z qirini tashladi-yu, uning go‘zalligi va yolg‘izligiga maftun bo‘lib, tomoq qirib qo‘ydi va 
Margarita Nikolaevna o‘tirgan skameykaning bir chekkasiga omonatgina o‘tirdi. So‘ng o‘zini tutib 
olib, luqma tashladi: 
— Tabiiyki, bugun havo juda yaxshi. 
Lekin Margarita unga shunday noxush qaradiki, u o‘rnidan turib jo‘nab qoldi. 
«Mana senga misol, — derdi Margarita o‘z qalbining sohibiga xayolan yuzlanib. — Rost-da, nega 
endi bu erkakni haydab yubordim» O‘zim zerikib o‘tirgan bo‘lsam, anavi shilqim ham binoyiday 
ko‘rinadi, agar «tabiiyki» degan ahmoqona so‘zini istisno qilinsa. Nega endi men xuddi boyo‘g‘lidek 
devor tagida sho‘ppayib o‘tiribman? Nega endi hayotdan chetga chiqarib tashlanganman?» 
U qattiq qayg‘urib, boshini xam qiddi. Lekin shu payt boya ertalab sodir bo‘lgan intizorlik va 
sarxushlik to‘lqini uning ko‘kragiga kelib urildi. «Ha, sodir bo‘ladi!» To‘lqin ikkinchi marta urildi, ana 
shunda Margarita, uning ovozli to‘lqin ekanligini tushundi. Yaqinlashib kelayotgan do‘mbira va 
ohangni sal buzib chalayotgan mis karnaylarning ovozi ko‘cha shovqini orasidan tobora aniqroq 
eshitila boshladi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin