Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
143
orqasiga o‘girildi, o‘girildiyu chiroqlar shu’lasidan lov-lov porlab turgan derazada Natashaning 
hayratdan burishgan yuzini ko‘rdi. 
— Alvido, Natasha! — deb qichqirdi u va cho‘tka boshini yuqori ko‘tardi, — ko‘rinmayapman, 
ko‘rinmayapman, — deb yana qattiqroq qichqirdi, so‘ng zarang daraxti novdalariga yuzini savalatib, 
uning shoxlari orasidan, keyin darvoza ustidan uchib o‘tib, ko‘chaga chikdi. Shunda jazava bilan 
chalingan vals sadosi uning orqasidan ergashdi. 
Yigirma birinchi bob
 
PARVOZ
Men ko‘rinmayapman, men erkin qushman! Men ko‘rinmayapman, men erkin qushman! Margarita 
o‘z ko‘chasi uzra uchib borib, uni kesib o‘tgan boshqa tor ko‘chaga chikdi. U kerosin va hasharotlarga 
qarshi suyuq dori bilan savdo qiluvchi, yerga cho‘kib qiyshayib qolgan neft do‘koni joylashgan bu 
yamoq-yasqoq, qing‘ir-qiyshiq uzun tor ko‘chadan ham bir zumda uchib o‘tdi va shundagina, garchi 
mutlaqo erkin va ko‘rinmas bo‘lsa ham, ehtiyot bo‘lish kerakligini fahmladi. U hoziroq muyulishdagi 
qiyshaygan fonus ustuniga urilib halok bo‘lishi mumkin edi, lekin cho‘tkani vaqtida to‘xtatib, bir 
o‘limdan qoldi. Margarita cho‘tkani mahkam changallab, ustunga chap berib o‘tdi va endi elektr 
simlari, trotuar uzra ko‘ndalang osilgan viveskalardan o‘zini ehtiyot qilib, sekinroq ucha boshladi. 
Uchinchi tor ko‘cha to‘g‘ri Arbatga olib chiqar edi. Margarita ham cho‘tkani boshqarishni endi 
puxta o‘rganib olgan edi, cho‘tka uning izmiga yurib, qo‘l va oyog‘ining xiyolgina harakatiga itoat 
etardi. Margaritaning o‘zi ham shahar uzra uchayotganda ehtiyot bo‘lish, ko‘pam bevoshlik qilmaslik 
kerakligini tushungan edi. Bundan tashqari, boya ko‘chaga uchib chiqqanidayoq odamlarga 
ko‘rinmayotganini fahmlagan edi. Hech kim boshini ko‘tarib osmonga qaramas, «voy, anavini 
qaranglar!» — deb qichqirmas, o‘zini panaga olib qochmas, dod solmas, hushidan ketmas, telbayona 
xaxolamas edi. 
Margarita taxminan ikkinchi qavat balandligida tovushsiz asta uchib borardi. Lekin shunda ham 
charog‘on Arbat ko‘chasiga chiqaverishda, xiyol yanglishib, qandaydir gardishsimon ko‘cha belgisiga 
kifti bilan urilib ketdi. Bu hol Margaritaning achchig‘ini chiqardi. U itoatkor cho‘tkani taqqa to‘xtatib, 
chetroqqa uchib bordi, so‘ng birdan o‘sha gardishga hamla qilib, cho‘tkaning uchi bilan uning oynasini 
chil-chil sindirdi. Oyna siniqlari pastga to‘kilib, odamlar o‘zlarini chetga olishdi, qaerdadir hushtak 
churilladi, ammo Margarita bu nokerak ishni bajarib bo‘lgach, qah-qah urib kuldi. «Arbatda juda 
ehtiyot bo‘lish kerak ekan, — deb o‘yladi u, — bu yerda hamma narsa shunaqayam ayqash-uyqash 
bo‘lib ketibdiki, pand yeb qolishim hech gapmas». U simlar orasidan sho‘ng‘ib uchib o‘tarkan, o‘z 
poyi ostida, pastda trolleybus, avtobus va yengil mashinalarning tomlarini ko‘rdi. Yo‘lkalarda esa 
yuqoridan qaragan Margarita xuddi kepkalar daryosi oqayotgandek tuyulardi. Bu daryolardan jilg‘alar 
ajralib chiqib, tungi magazinlarning olovli og‘ziga oqib kirardi. «Voy-bo‘, atala-ku! — deb o‘yladi 
Margarita achchig‘lanib, — qimir etishga imkoni yo‘q-a». U Arbatni kesib o‘tib, to‘rtinchi qavat 
balandligiga ko‘tarildi va muyulishdagi teatrning mash’aladek porlab turgan trubalari yonidan o‘tib, 
ikki tomonida baland-baland imoratlar qad ko‘targan juda tor bir ko‘chaga uchib kirdi. Bu yerdagi 
uylarning hamma derazalari lang ochiq bo‘lib, ularning hammasida radiodan muzika eshitilardi. 
Margaritaning sinchkovligi tutib, shu derazalardan biriga mo‘raladi. Oshxonaga ko‘zi tushdi. Plita 
ustida ikkita primus vag‘illab yonar, qo‘liga qoshiq ushlagan ikki ayol shang‘illab janjallashardi. 
— Hojatxonaga kirib chiqqandan keyin chiroqni o‘chirish kerak. Men sizga aytsam, Pelageya 
Petrovna, — dedi bug‘ chiqib turgan kastryul yonida turgan ayol, — bo‘lmasam, ariza berib, sizni 
ko‘chirtirib yuboramiz! 
— O‘zingizam qolishmaysiz, — deb javob qildi ikkinchi ayol. 
— Ikkovingiz ham bir-biringizdan qolishmaysiz, — dedi Margarita jarangdor ovoz bilan, deraza 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin