Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
139
Azazello «uff» deb yengil nafas oldi-da, skamey-kaga suyandi va kinoyaomuz gapira boshladi: 
— Ayol zotiga tushunish qiyin! — U qo‘llarini cho‘ntaklariga tiqib, oyoqlarini imkoni boricha 
nariroqqa uzatvordi, — nega endi kelib-kelib menga topshirishdi bu ishni? Begemot bajarsa-ku 
yaxshiroq bo‘lardi, chunki u yoqimtoy xilqat... 
Margarita ayanchli tarzda miyig‘ida kulib dedi: 
— Bunaqa jumboqlaringiz bilan meni laqillatishni, qiynashni bas qiling... Men shundoq ham 
sho‘rpeshona odamman, siz shundan foydalanyapsiz. Allaqanday g‘alvani orttiryapman boshimga, 
lekin ont ichib aytamanki, faqat uni tilga olganingiz uchun borishga rozi bo‘lyapman! Boshim g‘ovlab 
ketdi bu dudmal gaplaringizdan... 
— Faqat yig‘i bo‘lmasin, — dedi Azazello basharasini burishtirib, — siz ham mening ahvolimga 
tushuning-da. Chunonchi, administratorning tumshug‘iga tushirish, kimningdir pochchasini uydan 
quvib chiqarish, yo birontasini otib yaralash, yo bo‘lmasa, shularga o‘xshash bironta arzimas ishni 
bajarish mening asosiy kasbim, ammo maftun ayollar bilan suhbatlashish — salomatligingiz kerak. Bu 
qanaqasi, yarim soatdan beri sizga gap uqdirolmasam-a. Xo‘sh, borasizmi? 
— Boraman, — dedi odmigina qilib Margarita Nikolaevna. 
— Unday bo‘lsa, manavini oling, — deb Azazello cho‘ntagidan dumaloq oltin quticha chiqardi va 
uni Margaritaga uzatarkan, dedi: — Yashiring tezroq, odamlar qarayapti. Bu sizga asqotadi, Margarita 
Nikolaevna. Siz keyingi yarim yil ichida g‘am-hasratdan xiyla qarib qoldingiz. (Margarita cho‘g‘dek 
qizarib ketdi, lekin indamadi, Azazello gapida davom etdi). 
Bugun kechqurun roppa-rosa soat to‘qqiz yarimda qip-yalang‘och bo‘lib shu malhamni yuzingizga 
va butun badaningizga surib chiqasiz. Keyin ko‘nglingiz xohlagan ishni qiling, faqat telefondan 
uzoqqa ketmang. Soat o‘nda sizga o‘zim qo‘ng‘iroq qilib, nima ish qilishingizni aytaman. Siz hech 
nimaning tashvishini qilmaysiz, sizni tayinlangan yerga eltib qo‘yishadi, hech qanday shikast ham 
yetkazishmaydi sizga. Tushundingizmi? 
Margarita bir oz sukutga tolib, so‘ng javob qildi: 
— Tushundim. Bu buyum sof oltindan ishlangan, zalvaridan ma’lum. Ha, mayli, bilib turibman, 
menga pora berib allaqanday shubhali ishga tortmoqchisizlaru buning oqibatida men bir baloga giriftor 
bo‘lsam kerak. 
— Axir bu qanaqasi, — chiyilladi fig‘oni chiqqudek bo‘ldi Azazello, — yanami? 
— Yo‘q, sabr qiling! 
— Qaytib bering malhamni. 
Margarita qutichani qo‘lida mahkam siqib, davom etdi: 
— Yo‘q, shoshmang... Ne ishga jur’at qilganimni bilaman. Lekin men har qanday shartga ham 
o‘sha deb rozi bo‘lyapman, chunki mening dunyoda undan bo‘lak hech kimim yo‘q. Ammo sizga 
shuni aytib qo‘ymoqchimanki, agar meni nobud qiladigan bo‘lsangiz, uyatga qolasiz! Ha, o‘zingiz 
uyalib qolasiz! Muhabbat deb qurbon bo‘lyapman men! — shunday deb Margarita o‘z ko‘ksiga urib 
qo‘ydi va boshini ko‘tarib oftobga qaradi. 
— Qaytib bering, — deb xirilladi Azazello xunob bo‘lib, — qaytib bering, jin ursin bunaqa 
topshiriqni! Begemotni yuborishsin-e. 
— E, yo‘q! — derdi Margarita o‘tgan-ketganlarning diqqatini o‘ziga tortib. — Hammasiga 
roziman, badanimga malham surib mayna bo‘lishga ham, hatto jahannam qa’riga borishga ham 
roziman. Malhamni bermayman! 
— Voajab! — deb birdan baqirib yubordi Azazello va bog‘ panjarasi tomon baqrayib qaragancha, 
barmog‘i bilan qayoqqadir ishora qila boshladi. 
Margarita Azazello ko‘rsatgan tomonga qarab, diqqatga loyiq hech narsa ko‘rmadi. Shunda u 
tuturiqsiz «Voajab!» so‘ziga izoh so‘ramoqchi bo‘lib, Azazelloga o‘girildi, lekin Margarita 
Nikolaevnaning sirli suhbatdoshi g‘oyib bo‘lgan edi. Shunda Margari-ta shosha-pisha qo‘lini 
sumkachasiga tiqib, boyagi o‘zi chirqillagancha solib qo‘ygan oltin qutichani topdi-yu, ko‘ngli joyiga 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin