Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
164
payvand qilinganday juft-juft bo‘lishib, chir-chir aylangancha, yo‘lida duch kelgan hamma narsani 
bosib payhon qilgudek, mudom bir tomonga bostirib borardilar. Turfa rang tirik kapalaklar tantsa 
tushayotgan olomonning boshi uzra sho‘ng‘ir, shiftdan esa gullar yog‘ilardi. Elektr chiroqlari o‘chgan 
paytda ustunlarning bo‘g‘otlarida tumonat yaltiroq qurtlar miltillar, havoda esa to‘qay chiroqlari suzib 
yurardi. 
Keyin Margarita ustunlar bilan qurshalgan juda ham ulkan hovuzda ko‘rdi o‘zini. Mahobatli qora 
Neptun haykali og‘zidan pushti rang suyuqlik yelpig‘ichsimon yoyilib, tizillab otilardi. Hovuzdan 
shampan vinosining sarmast qiluvchi atri gupillab ko‘tarilardi. Bu yerda betakalluf xushchaqchaqlik 
hukm surardi. Xonimlar qotib-qotib kulishgancha, tuflilarini yechishar, sumkachalarini o‘z juftlariga 
yoki choyshab ko‘tarib zir yugurib yurgan negrlarga berishib, chinqirishgancha hovuzga sho‘ng‘irdilar. 
Shunda ko‘pikli to‘lqin balandga otilardi. Hovuzning billur tubida yoqilgan chiroqlar vino qatlamini 
yorib o‘tib, hovuzda suzib yurgan oppoq badanli xonimlarni yoritardi. Ular hovuzdan g‘irt mast bo‘lib 
chiqishar, ustunlar poyida ko‘tarilgan qahqaha xuddi hammomdagidek yangrardi. 
Mana shu to‘s-to‘polonda faqat g‘irt mast bir ayolning ma’nosiz boquvchi va ayni paytda 
yolboruvchi ko‘zlari, yana u aytgan bir og‘iz so‘z — «Frida!» — miyaga o‘tirib qolgan edi. Vinoning 
hididan Margaritaning boshi aylana boshladi, u endigina hovuzli zaldan chiqib ketmoqchi bo‘lgan edi, 
mushuk bir nayrang ko‘rsatib, Margaritaning diqqatini tortdi. Begemot Neptunning og‘zi oldida 
qandaydir bir afsun o‘qigan edi, shu zahoti hovuzdagi shampan vinosi shovullab, pishillab g‘oyib 
bo‘ldi, shundan keyin Neptunning og‘zidan to‘q-sariq rangdagi ko‘pirmaydigan suyuqlik sharillab oqa 
boshladi. Xonimlar: 
— Konyak! — deb chinqirishdi, ayyuhannos solishdi va o‘zlarini hovuz bo‘yidan chetga, ustunlar 
panasi-ga olib qochishdi. Bir necha soniyadan keyin hovuz lim-lim to‘ldi, shunda mushuk havoda uch 
marta chirpirak bo‘lib mavjlanayotgan konyakka sho‘ng‘idi. U pishqirib-pishqirib hovuzdan 
chiqqanida qotirma galstugi shalviragan, mo‘yloviga sepgan zar upa yuvilib ketgan, durbini yo‘qolgan 
edi. Begemotga faqat nayrangboz tikuvchi ayol bilan uning jufti — notanish bir mulat yigit takdid 
qilishdi. Ikkovlari konyakka sho‘ng‘ishdi, lekin shu mahal Korovyov Margaritani qo‘ltiqlab oldiyu 
ikkovlari konyak hovuzini tark etishdi. 
Korovyov kuzatuvidagi Margarita yana bal bo‘layotgan zalda ko‘rdi o‘zini, lekin endi tantsa 
to‘xtagan va mehmonlar olomoni zal o‘rtasini bo‘sh qoldirib, ustunlar oralig‘iga tiqilishgan edi. 
Margaritani zal o‘rtasidagi ochiq yerda paydo bo‘lgan supachaga chiqarib qo‘yishdi, ammo kim 
chiqarib qo‘yganini u eslay olmadi. U supachaga ko‘tarilganda qaerdadir soat yarim kechaga jom chala 
boshladi, buni eshitgan Margarita hayron qoldi, chunki uning taxminicha tun yarmidan og‘ganiga 
ancha vaqt bo‘lgan edi. O‘sha mavhum soat oxirgi — o‘n ikkinchi marta jom chalishi bilan butun 
mehmonlar olomoni sukutga toldi. Shunda Margarita yana Volandni ko‘rdi. Uni Abadonna, Azazello 
va yana Abadonnaga o‘xshab ketuvchi bir nechta qora kiygan yigitlar kuzatib kelishardi. Endi 
Margarita o‘z supasi qarshisida Voland uchun hozirlangan boshqa bir supani ham ko‘rdi. Lekin Voland 
u supaga chiqmadi. Margaritani hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, Voland buyuk balning mazkur 
tantanali intihosiga boya yotoqxonada qanday libosda bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha libosda chiqib kelgan edi. 
Egnida o‘sha isqirt, yamoq tungi ko‘ylak, oyog‘iga esa to‘zib mayishib ketgan tungi shippak kiygan 
edi. Qo‘lida yalang‘och shamshir bor edi, ammo Voland undan hassa o‘rnida foydalanib, tayanib 
turardi. U oqsoqlanib kelib, o‘z supasi yonida to‘xtadi, shu zahoti lagan ko‘targan Azazello uning 
qoshida paydo bo‘ldi. Bu laganda Margarita old tishlari sinib, og‘zi o‘pirilgan odam boshini ko‘rdi. 
Zalda benihoya teran sukunat hukm surardi, bu sukunatni ko‘cha eshik qo‘ng‘irog‘i jarangini 
eslatuvchi, ammo mazkur sharoitga mutlaqo yopishmaydigan qo‘ng‘iroq sadosi faqat bir marta buzdi, 
xolos. 
— Mixail Aleksandrovich, — deb murojaat qildi Voland kallaga, shunda o‘lik kallaning qovoqlari 
ko‘tarilib, Margarita uning ma’no va ehtiros to‘la tirik ko‘zlarini ko‘rib seskanib ketdi. — Hamma 
aytganlarimiz ro‘yobga chikdi, shunday emasmi? — deb gapida davom etdi Voland o‘lik kallaning 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin