O’ZBEKSTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
H.Z.Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi
14- Ma’ruza
Mavzu: Kalla suyaklarining umumiy anatomiyasi. Kallaning miya qismi suyaklari, ularning yoshga qarab o’zgarishi
Tuzuvchi: dotsent A.G’.Ahmedov
Toshkent- 2010 Ma’ruza rejasi:
Mavzuning dolzarbligi -5 daqiqa
Kalla suysklarining taraqqiyoti -15 daqiqa
Kallaning miya qismi suyaklari -10 daqiqa
Ensa suyagi -15 daqiqa
Tepa suyagi -5 daqiqa
G’alvirsimon suyak -10 daqiqa
Ponasimon suyak -15 daqiqa
Chakka suyagi -15 daqiqa
Ma’ruzaning maqsadi
Talabalarda kalla suyaklarining umumiy anatomiyasi, ularning taraqqiyoti, kallaning miya qismi suyaklarini tuzilishi va yoshga qarab o’zgarishi haqidagi bilimlarni shaklantirish, ularning odam organizmidagi ahamiyatini tushintirish.
Ma’ruzaning qisqacha mazmuni
Kalla suyaklari tuzilishi jihatidan skeletning eng murakkab, ahamiyati jihatidan eng kerakli qismidir. Kalla suyaklari tuzilishining murakkabligi uning vazifasiga bog'liq. Uning ichida odam uchun zarur bo’lgan bosh miya joylashgan. Kalla skeletining bu qismi neyrokranium deb ataladi. Kalla suyagining ayrim qismlari odam uchun zarur bo’lgan sezgi a’zolari: eshituv-muvozanat, ko’ruv va hid bilish a’zolarini saqlab turuvchi suyak qoplama hamdir. Kalla skeletining ikkinchi qismi uning yuz qismi yoki vistseral qismi bo’lib, bu qismida ovqat hazm qilish va nafas a’zolari tizimining boshlang’ich qismlari joylashgan. Yuz qismi yana chaynov apparatiga ham kiradi, chunki bu qism suyaklariga chaynov muskullari birikkan. Kalla skeletining ikki qismi bir-biridan faqat vazifasiga qarab emas, balki taraqqiyoti jihatidan ham farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |