Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti


Chakka suyagi (os temporale)



Yüklə 20,66 Kb.
səhifə7/8
tarix20.10.2023
ölçüsü20,66 Kb.
#157981
1   2   3   4   5   6   7   8
Kitob 6620 uzsmart.uz

Chakka suyagi (os temporale) kallaning miya qismidagi juft suyak. U kallaning yon devori va asosini hosil qilishda ishtirok etib, ichida eshituv va muvozanat a’zosini saqlaydi. Chakka suyagini margo occipitalis, parietalis va sphenoidalis qirralari bo’lib, ular vositasida qo’shni suyaklar bilan birlashadi. U old tomondan ponasimon, yuqoridan tepa va orqadan ensa suyaklari o’rtasida joylashib, pastki jag’ suyagi bilan bo’g’im hosil qiladi. Chakka suyagida to’rt qism: palla, nog’ora, piramida yoki toshsimon va so’rg’ichsimon qismlari tafovut qilinadi. Bu qoismlar o’zaro birikib tashqi eshituv yo’lini (meatus acusticus externus) hosil qiladi.
Chakka suyagining palla qismi (pars squomosa) tashqariga qavargan plastinka bo’lib, yuqori chekkasi tepa suyagi va ponasimon suyakning katta qanoti bilan tangasimon chok hosil qilib birikadi.
Chakka suyagining nog’ora qismi (pars tympanica) uncha katta
bo’lmagan, tarnovsimon egilgan plastinka bo’lib, eshituv yo’lini old, orqa va past tomondan o’rab turadi. Bu teshik tashqi eshituv yo’liga (meatus acusticus externus) davom etib nog’ora bo’shlig’igacha davom etadi. Nog’ora bo’shlig’ini lateral devorini hosil qilgan nog’ora qismi orqa tomonda nog’ora-so’rg’ichsimon tirqishi (fissura tympanomastoidea) vositasida so’rg’ichsimon o’simta bilan qo’shiladi. Eshituv yo’lini old tomonida nog’ora qismi nog’ora-palla tirqishi (fissura tympanosquomosa) hosil qilib palla bilan, toshsimon-nog’ora tirqishi (fissura petrotympanica) vositasida tosh qismi bilan birikadi.
Chakka suyagining piramidasi (pars petrosa) uch qirrali piramida shaklida bo’lib, suyak moddasining qattiqligi uchun tosh qismi deb ataladi. Uning ichida eshituv-muvozanat a’zosi yotadi. Piramida qismi kallada gorizontal yotadi. Uning asosi orqaga va lateral tomonga qaragan bo’lib, so’rg'ichsimon o’siqqa o’tib ketadi. Piramidaning uchi erkin, oldinga va medial tomonga qaragan. Unda uchta yuza: oldingi, orqa va pastki yuzalari tafovut qilinadi. Oldingi va orqa yuzalari kalla ichiga qaragan bo’lsa, pastki yuzasi kalla asosini tashqi tomonidan yaxshi ko’rinadi. Uchta yuzaga mos ravishda uchta: yuqorigi, oldingi va orqa qirralar tafovut qilinadi.
So’rg’ichsimon o’simta (processus mastoideus) tashqi eshituv yo’lini orqasida joylashib tashqi yuzasi qavariq va g’adir-budir. Uning pastki uchi yumaloq. O’siqni ichki tomondan so’rg’ichsimon o’yma So’rg’ichsimon o’simta ichida so’rg’ichsimon katakchalar (cellulae mastoideae) bo’lib, ular so’rg’ichsimon g’or (antrum mastoideum) vositasida o’rta quloqqa qo’shilib turadi.
Chakka suyagi kanallari.
Uyqu kanali (canalis caroticus) orqali ichki uyqu arteriyasi o’tadi. U piramidaning pastki yuzasidagi kanalning tashqi teshigidan boshlanib yuqoriga va oldinga yo’nalib, ichki teshik bilan kalla ichiga kiradi.

Yüklə 20,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin