Mushak-naykanali(canalismusculotubarius) piramidani oldingi chekkasi bilan palla qismi o’rtasidagi burchakdan boshlanib orqaga va lateral yo’naladi. Uni bo’ylamasiga gorizontal joylashgan to’siq ikki yarimkanalga bo’ladi. Ustki nog’ora pardani taranglovchi mushak yarim kanalida (semicanalismusculi tensoris tympani) shu nomli mushak yotadi. Pastki eshituv nayi yarim kanali (semicanalis tubae auditivae) eshituv nayini suyak qismini hosil qiladi. Ikkala yarim kanal ham nog’ora bo’shlig'ining oldingi devoriga ochiladi.
Yuz nervi kanalidan (canalis facialis) shu nomdagi nerv o’tadi. U ichki eshituv yo’lining tubidan boshlanib, orqadan oldinga gorizontal yo’naladi. Katta toshsimon nerv tirqishi sohasida to’g’ri burchak ostida bukilib tizzacha hosil qiladi. Keyin kanal orqaga va lateral yo’nalib, nog’ora bo’shlig'ini aylanib pastga vertikal tushadi va piramidaning pastki yuzasidagi bigizsimon-so’rgichsimon teshikda tugaydi.
Uyqu-nog’orakanalidan(canaliculicaroticotympanici)shu nomdagi arteriya va nervlar o’tadi. U uyqu kanalining orqa devoridan uning tashqi teshigi sohasidan boshlanib nog'ora bo’shlig'iga ochiladi.
Nog’ora tori qanali (canaliculus chordae tympani)yuz nervi kanalidan bigiz-so’rg’ichsimon teshik ustidan boshlanib, oldinga yo’naladi va nog’ora bo’shlig’iga ochiladi. Undan nog’ora tori o’tadi.
Nog’ora kanali (canaliculus tympanicus)piramidaning pastki yuzasidagi tosh chuqurchaning tubidan boshlanib, yuqoriga ko’tariladi. Nog’ora bo’shligining pastki devorini teshib o’tib, unga kiradi. Undan til-yutqin nervining nog’ora shoxi o’tadi.
So’rg’ichsimonkanal(canaliculusmastoideus) bo’yinturuq chuqurchasidan boshlanib, nog’ora-so’rg’ichsimon tirqishga ochiladi. Undan adashgan nervning quloq shoxi o’tadi.
Yangi tug’ilgan bola chakka suyagi o’zaro tog’ay qatlam bilan ajragan to’rt alohida: palla, nog’ora, so’rg’ichsimon va toshsimon qismlardan iborat. Pallasi nozik, yupqa tashqi va ichki zich qatlamdan iborat bo’lib, g’ovak moddasi takomillashmagan. Bigizsimon o’simta bola tug’ilishidan avval va ikki yoshda paydo bo’ladigan ikkita suyak nuqtasidan suyaklanadi. Piramidaning so’rg’ichsimon qismi yaxshi takomillashmagan bo’lib, so’rg’ichsimon o’simta yo’q. Uch yoshgacha suyak bir tekis o’sadi. Nog’ora qismi o’sib, tashqi eshituv yo’lini suyak qismini hosil qiladi. Bolalikning birinchi davrida nog’ora qismi tuzilishi tugallanib kattalarnikiga o’xshash ko’rinishga ega bo’ladi. Palla qismida bo’g’im yuzasi va do’mbog’i hosil bo’ladi. Piramidani so’rg’ichsimon qismi kichik bo’lsada, so’rg’ichsimon g’or tomonidan g’ovaklar paydo bo’la boshlaydi. Bolalikning ikkinchi davrida suyak relefi kuchayib suyak qismlarining birlashishi tugaydi. Balog’at davrida uning shaxsiy va jinsiy xususiyatlari paydo bo’ladi.
1.A.G’ Ahmedov. Odam anatomiyasi. Toshkent 2009 y. 2.F.Bahodirov. Odam anatomiyasi. Toshkent 2009 y 3.Anatomya chelоveka T-1. Pod.red. M.R.Sapina. M.2001 y.
4.D.A. Jdanov. Lekstsii po funksionalnoy anatomii cheloveka. M.1979 y.
5. I.I.Bobrik, V.I. Minakov. Atlas anatomii novorojdennogo. Kiev 1990 y. 6.Osnovi anatomii rebenka po vozrastnim periodam. Perm. 1991y
7. A.G’. Ahmedov, S.A. Asamov. Suyaklar tizimining tarraqqiyoti va yoshga qarab o’zgarishi. Toshkent. 1995 y.