Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti


Kalla suyaklarining taraqqiyoti



Yüklə 20,66 Kb.
səhifə2/8
tarix20.10.2023
ölçüsü20,66 Kb.
#157981
1   2   3   4   5   6   7   8
Kitob 6620 uzsmart.uz

Kalla suyaklarining taraqqiyoti


Kalla suyaklari homila orqa torining (chorda dorsalis) yuqori uchidan rivojlanadi. U uch taraqqiyot: parda, tog’ay, suyak davrlarini o’tadi. Parda davri homila hayoti birinchi oyining oxiri va ikkinchi oyi boshlarida o’tib, bu davrda bosh miya mezenxima pardasi bilan o’ralib parda yoki biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan parda boshni hosil qiladi.
Kallaning yuz qismini hosil qiluvchi biriktiruvchi to’qima homila bosh ichagi devorini o’ragan bo’lib, mezodermaning ventral qismidan yoki yon qatlamlardan taraqqiy etadi. Homila taraqqiyoti ikkinchi oyining boshida o’ng va chap tomonlarida ikkita paraxordal tog’aylar paydo bo’ladi. Ular dastlab mayda bo’laklardan iborat bo’lib, so’ngra o’zaro qo’shiladilar. Shu davrda chorda dorsalisni old tomonida, oxirgi miyaning ostida ikkita bosh trabekullalari paydo bo’ladi. Shu bilan birga hidlov a’zosi, ko’z pufagi, eshituv va muvozanat
a’zolarining ustini qoplagan parda xaltalar ham tog'ayga aylanadilar. Davr boshida alohida-alohida bo’lgan tog'aylar o’zaro qo’shilib, bosh miyaga kirayotgan qon tomirlar va chiqayotgan nervlarni o’raydi. Homila hayotining ikkinchi oyi oxiri va uchinchi oyi boshlarida tog'ay boshning ichki va tashqi asosi o’z shaklini oladi.
Kallaning miya hamda yuz qismi suyaklari endesmal yo’l bilan suyaklanadilar. Kallaning yuz qismi suyaklari vistseral ravoqlardan taraqqiy etadi. Homilada 5 juft vistseral ravoqlar bo’lib, ular boshning yonbosh mezenxima qatlamlaridan bir juftdan paydo bo’ladilar. Ularning birinchi jufti pastki jag' ravog’i bo’lsa, ikkinchisi gioid ravodir. Qolgan uchinchi, to’rtinchi va beshinchi juftlari jabra ravoqlari nomi bilan ataladi. Pastki jag’ ravog’i ikki: kvadrat tanglay (palatoquadratum) va mekkal tog’ayi bo’laklaridan iborat. Odamning kalla suyaklari taraqqiyotiga qarab 3 guruhga bo’linadi:

    1. Bosh miya pardasini (kapsulasini) hosil qiluvchi suyaklar:

  1. birlamchi yoki kalla qopqog’i suyaklari: ensa suyagining palla qismi, chakka suyagining palla va nog'ora qismlari, peshona, tepa suyaklari.

  2. ikkilamchi yoki kallaning asosi suyaklari: ponasimon suyak, ensa suyagining tanasi va yon bo’laklari, chakka suyagining tosh (piramida) qismi bilan so’rg'ichsimon o’sig'i.

    1. Burun xaltasi (kapsulasi) bilan bog’lanib rivojlangan suyaklar:

a). birlamchi suyaklar: ko’z yoshi suyagi, burun va dimog’ suyaklari. b). ikkilamchi suyaklar: g’alvir suyak, burunning pastki chig’anog'i.

III.Vistseral ravoqlardan rivojlangan suyaklar:


a). harakatsiz suyaklar: yuqori jag’, tanglay va yonoq suyaklari.
b).harakatchan suyaklar: pastki jag’, til osti suyagi va eshituv suyakchalari (bolg'acha, sandoncha, uzangi).

Yüklə 20,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin