Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
239
ammo qandaydir dabdabali va saodatli tushlar ko‘rib yotadi. 
Har yili bahorda, to‘linoy kechasi bu olimni bitta narsa uyg‘otadi va ayanch bilan chinqirishga 
majbur etadi. Zero tushida uning ko‘zi oldida o‘sha o‘ta badbashara puchuq jallod paydo bo‘ladi, jallod 
hansiragancha bir sakrab ustunga bog‘langan va endi jinni bo‘lib qolgan Gestasning yuragiga qo‘lidagi 
uzun nayzani botiradi. Jallodning o‘zi-ku uncha qo‘rqinchli emas, lekin olimning xobida qaynab-toshib 
ro‘yi zaminga oqib tushayotgan allaqapday bulutdan vujudga kelgan ziyo dahshatliroq ediki, bunday 
hol faqat olamshumul falokat paytidagina sodir bo‘lishi mumkin. 
Ukoldan so‘ng uyqudagi Ivan Nikolaevichning ko‘zi oldida hamisha hamma gtarsa o‘zgaradi. U 
yotgan to‘shakdan deraza tomon keng oydin yo‘l cho‘ziladi va yo‘lga alvonrang astarli oq rido kiygan 
odam chiqib, oy sari yura boshlaydi. U bilan yonma-yon uzun ko‘ylagining uvadasi chiqib, afti 
badbashara bo‘lib ketgan bir yigit boradi. Ular nima to‘g‘ridadir qizg‘in suhbatlashishadi, 
bahslashishadi, chamasi, bir nimada kelisholmayotganga o‘xshaydilar. 
— Yo tangrilar, tangrilar, — deydi rido kiygan odam o‘z hamrohiga takabburona boqib, — qanday 
bema’ni qatl! Lekin sen marhamat qilib ayt-chi, — shunday derkan, uning chehrasidagi takabburlik 
o‘rnida tavallo paydo bo‘ladi, — axir qatl bo‘lmagan-ku! O‘tinaman sendan, ayt, bo‘lmagan-a? 
— Ha, bo‘lmagan albatta, — deb javob qiladi hirqiroq ovoz bilan hamrohi, — o‘zi senga shunday 
tuyulgan. 
— Gapingning rostligiga ont ichasan hammi? — xushomadona ohangda so‘raydi rido kiygan odam. 
— Ont ichaman, — deydi uning hamrohi va ko‘zlarida jilva naydo bo‘ladi. 
— Men uchun shuning o‘zi kifoya! — bo‘g‘iq ovoz bilan chinqiradi rido kiygan odam va 
hamrohini yetaklagancha tobora yuksakka — to‘linoy sari o‘rlab chiqaveradi. Hirsday keladigan bir 
ko‘ppak ular orqasidan viqor bilan bamaylixotir ergashadi. 
Shunda birdan oydin yo‘l qaynab, oy yog‘dusidan daryo vujudga keladi, u qirg‘oqlardan tushib oqa 
bosh-laydi. Oy hukmfarmolik qiladi, yayrab-yashnaydi, u raqs tushadi, sho‘xlik qiladi. Shunda oy 
yog‘dusi oqimi ichida go‘zallikda beqiyos bir ayol paydo bo‘ladi va atrofiga qo‘rqa-pisa boqayotgan 
soqoli o‘sib ketgan bir odamning qo‘lidan yetaklab, uni Ivanning huzuriga boshlab keladi. Ivan 
Nikolaevich bir qarashdayoq u odamni taniydi. Bu — o‘sha bir yuz o‘n sakkizinchi, uning tungi 
mehmoni. Ivan Nikolaevich xobida unga qo‘llarini uzatdi va intizorona boqib so‘raydi: 
— Demak, shu bilan hammasi tugabdi-da! 
— Ha, tugadi, shogirdim, — deb javob qiladi bir yuz o‘n sakkizinchi, ayol ham Ivanga yaqin borib, 
deydi: 
— Albatta, shu bilan tugadi. Hammasi tugadi, umuman, har qanday narsaning ham nihoyasi 
bo‘ladi... Hozir sizning peshonangizdan o‘paman-u, keyin hammasi yaxshi bo‘ladi. 
U engashib Ivanning peshonasidan o‘padi, Ivan esa ayol sari talpinib uning ko‘zlariga tikiladi, lekin 
ayol chekinib-chekinib borib, o‘z hamrohi bilan birgalikda to‘linoy sari ravona bo‘ladi. 
Shunda oyning jazavasi tutib, o‘z yog‘dusini to‘g‘ri Ivanning ustiga yog‘diradi, shu’lasini har 
tomonga sochadi, xona oy shu’lasiga g‘arq bo‘ladi, shu’la dolg‘alanib, tosha boshlaydi va Ivanning 
karavotini ko‘mib yuboradi. Ana shundan keyin Ivan Nikolaevich baxtiyor chehra bilan mast uyquga 
ketadi. 
Ertasi kuni ertalab u indamay, ammo xotirjam va sog‘lom bo‘lib uyg‘onadi. Professorning 
ukollardan ilma-teshik bo‘lib ketgan xotirasi tinchib qoladi va kelasi to‘linoy tunigacha uni hech kim 
bezovta qilmaydi: na Gestasning puchuq qotili, na Iudeyaning toshbag‘ir beshinchi prokuratori 
chavandoz Pontiy Pilat. 
 
1929—1940
Tamom 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin