www.ziyouz.com kutubxonasi
241
Oziris — Misr tangrisi, ziyo va issiqlik xudosi.
Poligimniya — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, gimnlar homiysi.
Pontiy Pilat — Rim imperiyasining Iudeyadagi noibi (milodiy 26—36 yillar). Uta shafqatsizligi
bilan dong qozongan. Iosif Falaviyning yozishicha va tavrot talqinicha, Iso payg‘ambar uning hukmi
bo‘yicha chormix qilinganmish.
Privat-dotsent — xususiy tarzda saboq beruvchi degan ma’noni bildiradi. Revolyutsiyadan oldingi
Rossiyada va ayrim xorijiy mamlakatlarda oliy maktab o‘qituvchisining ilmiy unvoni.
Prozektor — kasalxonalarda murdani yorish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Prokurator — qadimgi Rimda imperator noibi.
Rampa — sahna oldiga o‘rnatilgan chiroqlarni tomoshabinlar ko‘zidan to‘sib turuvchi pastak
to‘siq.
Sekst Empirik — qadimgi yunon faylasufi va olimi. Skeptitsizm vakili. Mantiq tarixini yaratgan
eng dastlabki olimlardan biri.
Sillogizm — mantiq ilmida ikki fikrni taqqoslab, ularning natijasi bo‘lmish uchinchi fikrni keltirib
chiqarish nazariyasi,
Sinedrion — qadimgi Iudeyada oqsoqollar kengashi. Xukumat va sud ishlari bilan shug‘ullanuvchi
oliy diniy mahkama.
Skuratov (Malyuta) — Ivan Grozniyning a’snlaridan biri. Terrorchi oprichniklar boshlig‘i. Ko‘p
taniqli shaxslarni qatl etishda qatnashgan. 1570 yildagi Novgorod yurishida ommaviy qatlga boshchilik
qilgan.
Solovkin — Oq dengizdagi xilvat orollardan biri, u yerda faqat monastirlar bo‘lgan.
Taliya — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqiz muzaning biri; komediya asarlari homiysi.
Tallif — etagi uzun ko‘ylak.
Tatsit Publiy - Korneliy Rumo tarixchisi,
Utgang - 16 kitobdan iborat «Solnoma»si mashxurdir. (Taxminan 53—54 yillarda tug‘ilib, I 17 136
yillarda o‘lgan).