Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
40
— Salom, zararkunanda! — jahl bilan baralla javob qildi Ivan. 
Ryuxin judayam qattiq xijolat bo‘lganidan muloyim tabiat doktorga boshini ko‘tarib qarashga jur’at 
eta olmadi. Lekin doktor hech ham xafa bo‘lmadi, chaqqonlik bilan ko‘zoynagini ko‘zidan oddida, 
xalatining etagini ko‘tarib, shimining orqa cho‘ntagiga solib qo‘ydi, so‘ng Ivanga savol berdi: 
— Yoshingiz nechada? 
— Borlaring-e, jin ursin hammalaringni! — deb dag‘dag‘a qildi Ivan va yuzini teskari o‘girib oldi. 
— Nega achchig‘ingiz chiqyapti? Axir sizni ranjitadigan gap aytmadim-ku! 
Yoshim yigirma uchda, — asabiylashib gapira boshladi Ivan. — Hammalaringning ustingdan 
shikoyat qilaman. Ayniqsa, sening ustingdan, maraz! — dedi u Ryuxinga alohida yuzlanib. 
— Xo‘sh, nima deb shikoyat qilmoqchisiz? 
— Meni, soppa-sog‘ odamni tugib, jinnixonaga zo‘rlik bilan sudrab kelganingizni yozaman! — 
g‘azablanib dedi Ivan. 
Shunda Ryuxin Ivanning yuziga tikilib qaradiyu, yuragi orqasiga tortib ketdi: unipg ko‘zlarida 
telbalikdan asar ham yo‘q edi. Griboedovda xira bo‘lib ko‘ringan uning ko‘zlari, endi yana avvalgi 
holiga qaytib, porlab turardi. 
«Yo tavba! — deb ko‘nglidan o‘tkazdi cho‘chib ketgan Ryuxin, — axir u soppa-sog‘-ku! Bu 
qanday bema’nilik? Nimaga olib keldik o‘zi uni bu yerga? Mutlaqo soppa-sog‘, faqat basharasi 
shilingan, xolos...». 
— Siz, — deb bamaylixotir gap boshladi vrach oyog‘i yaltiroq oq kursiga o‘tirarkan, — 
jinnixonada emas, shifoxonadasiz, bu yerda sizni, agar zarurat bo‘lmasa, hech kim ushlab turmaydi. 
Ivan Nikolaevich unga shubha bilan ko‘z qirini tashladi, lekin shundayam g‘o‘ldirab dedi: 
— Xudoga shukur! Hayriyat, bitta sog‘ odam bor ekan shuncha ovsarlar orasida, ammo ularning 
ichida g‘irt ovsari — noshud va uquvsiz Sashka, albatta! 
— Kim ekan o‘sha noshud Sashka? — deb so‘radi vrach. 
— Anavida, Ryuxin! — javob qildi Ivan isqirt barmog‘i bilan Ryuxinga ishora qilib. 
U g‘azabdan cho‘g‘dek qizarib ketdi. 
«Minnatdor bo‘lish o‘rniga! — o‘kinch bilan o‘yladi u, — yaxshilikka yomonlik deb shuni 
aytadilarda! G‘irt ablah ekan!». 
Ivan Nikolaevich shu topda Ryuxinning avra-astarini ag‘darib fosh qilmoqchi bo‘ldi shekilli: 
— U tabiatan g‘irt quloqning o‘zginasi, — deb gapida davom etdi, — quloq bo‘lgandayam proletar 
niqobi bilan juda puxta niqoblangan quloq. Siz uning tumshaygan basharasiga qarang-u, yozgan 
she’rlari bilan muqoyasa qilib ko‘ring! He-he-he... lekin siz uning diliga nazar tashlang — nimalarni 
xayol qilayotganini bilsangiz... hayratga kelasiz! — Shunday deb turib Ivan Nikolaevich xunuk kulib 
yubordi. 
Cho‘g‘dek qizarib ketgan Ryuxin og‘ir nafas olar va nuqul: do‘st deb bag‘rimga bosganim ilon 
bo‘lib chiqdi, men ashaddiy dushmanimga g‘amxo‘rlik qilgan ekanman, deb o‘ylardi. Yana eng chatoq 
tomoni: uni hech nima qilib bo‘lmasdi: axir ruhiy kasal bilan olisha olmaysan-ku?! 
— O‘zi nima uchun sizni bu yerga olib kelishdi? — deb so‘radi vrach Bezdomniyning fosh qiluvchi 
gapini diqqat bilap tinglab bo‘lgach. 
— E, ming la’nat bu haftafahmlarga! Tutib olib, allaqanday latta-puttalar bilan qo‘l-oyog‘imni 
bog‘lashdi-yu, yuk mashinasiga ortib olib kelaverishdi! 
— Yana bir savol: nima uchun restoranga ichki kiyimda bordingiz? 
— Buning hech hayron bo‘ladigan yeri yo‘q, — javob qildi Ivan. — Moskva daryosiga cho‘milgani 
boruvdim, kiyimlarimni o‘marib ketishipti, o‘rniga shu ro‘da-poni tashlab ketishipti! Axir Moskva 
ko‘chalaridan qip-yalang‘och o‘tolmasdimku? Boriga baraka deb kiyib oldim, chunki restoranga 
shoshayotuvdim, Griboedovga. 
Vrach, tushunmadim, degandek Ryuxinga qaradi, u o‘shshaygancha g‘o‘ldirab tushuntirdi: 
— Restoranning nomi shunaqa. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin