Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
uchtasini ikki oilaga ijaraga qo‘ygan edi: birinchi ijaragirning familiyasi Belomut edi shekilli
ikkinchisining familiyasi — saqlanmagan. 
Shunday qilib, bundan ikki yil oldin bu kvartirada juda g‘aroyib voqealar yuz bera boshladi: bu 
yerda yashovchi odamlar birma-bir dom-daraksiz g‘oyib bo‘la boshlashdi. 
Dam olish kunlaridan birida bu kvartiraga bir militsioner kelib, ikkinchi ijaragirni (uning familiyasi 
saqlanmagan) dahlizga chaqiradida, allaqanday qog‘ozga imzo chekish uchun bir zumga militsiya 
bo‘limiga kirib chiqishni taklif qiladi unga. Ijaragir Anna Frantsevnaning sadoqatli uy xodimasi 
Anfisaga, birov telefon qilgudek bo‘lsa, o‘n minutda qaytib kelaman, deb tayinlab, oppoq qo‘lqop 
kiygan xushmuomala militsioner bilan chiqib ketadi. Lekin u nainki o‘n minutdan keyin, balki 
butunlay qaytib kelmaydi. Eng hayron qoladigan tomoni shundaki, u bilan birga militsioner ham 
bedarak yo‘qoladi. 
Xudojo‘y, aniqroq qilib aytganda — juda irimchi bo‘lgan Anfisa ta’bi tirriq bo‘lib turgan Anna 
Frantsevnaga o‘z taxminini shartta aytadi-qo‘yadi: 
— Bu g‘irt jodugarlikning o‘zi. Ijaragirniyam, militsionerniyam kim o‘g‘irlab ketganini men yaxshi 
bilaman, faqat hozir, qosh qorayganda gapirsam xosiyati yomon bo‘ladi.. 
Ma’lumki, jodugarlik boshlanmasin, bir boshlansa bormi, hech uning keti uzilmaydi. Ikkinchi 
ijaragir, esingizda bo‘lsa, dushanba kuni g‘oyib bo‘lgan edi, chorshanba kuni esa Belomut ham; xuddi 
yer yutganday, dom-daraksiz yo‘qoldi-qoldi, faqat boshqacha vaziyatda. Ertalab, har kungi odat 
bo‘yicha, uni ishga olib ketgani mashina keldi, uni olib ketdiyu, lekin hech kimni qaytarib olib 
kelmadi, mashinaning o‘zi ham boshqa qaytib kelmadi. 
Belomut xonimning boshiga tushgan qayg‘u va fojiani ta’riflashga til lol. Ammo, taassufki, qayg‘u 
ham, fojia ham uzoq cho‘zilmadi. Anna Frantsevna Anfisa bilan shoshilinch bir ish yuzasidan dala 
hovlisiga borib, qaytib kelgan kuni tundayoq grajdanka Belomut kvartiradan g‘oyib bo‘ldi. Bu hali 
hammasi emas: er-xotin Belomutlar egallagan ikkita xonaning eshiklari muhrlangan edi. 
Ikki kunni bir amallab o‘tkazishdi. Shu o‘tgan vaqt ichida hamisha uyqusizlikdan iztirob chekkan 
Anna Frantsevna, uchinchi kun deganda shoshilinch ravishda yana dala hovlisiga jo‘nab ketdi... Uning 
shu ketgancha boshqa qaytib kelmaganini aytmasa ham bo‘lar! 
Butun kvartirada yolg‘iz o‘zi qolgan, yig‘layverib xun bo‘lib ketgan Anfisa kechasi soat ikkilarda 
uyquga yotdi. Shundan keyii unga nima bo‘lgani bizga mavhum, lekin boshqa kvartiralarda turuvchi 
odamlarning gapiga qaraganda, 50-kvartirada kechasi bilan qandaydir taraq-turuq ovozlar 
eshitilganmish, to tong otguncha uning derazalarida elektr chiroqlari o‘chmaganmish. Ertalab esa 
Anfisaning ham g‘oyib bo‘lgani ma’lum bo‘lipti! 
G‘oyib bo‘lgan odamlar va qarg‘ish tekkan kvartira haqida ancha vaqtgacha har xil bo‘lmag‘ur 
mish-mishlar tarqalib yurdi, masalan, o‘sha jikkakkina xudojo‘y Anfisa go‘yo o‘zining taxtakachsimon 
ko‘ksida charm xaltachada Anna Frantsevnaga tegishli yigirma besh dona yirik-yirik dur olib 
yurganmish. Go‘yo Anna Frantsevna serqatnov bo‘lib qolgan o‘sha dala hovlidagi o‘tinxonada ham 
o‘sha durlar qabilidagi qandaydir behisob javohirot, shuningdek, podsho zamonidan qolgan oltin 
tangalaru... yana shu singari boshqa boyliklar o‘z-o‘zidan topilganmish. Lekin ko‘rmagan narsamizga 
kafolat berolmaymiz. 
Harna bo‘lgandayam, bu kvartira atigi bir haftagina muhrlanib bo‘sh qoldi, keyin unga marhum 
Berlioz o‘z xotini bilan va shu Styopa (u ham xotini bilan) ko‘chib kirishgan edi. Turgan gapki, bu 
mash’um kvartiraga ko‘chib kirishlari bilan ularning ham boshiga g‘ayritabiiy savdolar tusha boshladi. 
Ya’ni bir oy ichida ikkala xotin ham g‘oyib bo‘ldi. Lekin endi bular dom-daraksiz yo‘qolishmagandi. 
Berliozning xotinini go‘yo Xarkovda qandaydir bir baletmeyster bilan ko‘rish-ganmish. Styopaning 
xotinini esa go‘yo Bojedomkada ko‘rishganmish, negaki, mish-mishlarga qaraganda Varete direktori 
Styopa o‘zining behisob tanish-bilishlari orqali ish qilib, Sadovaya ko‘chasida qorangni ko‘rmasam 
bo‘lgani, degan shart bilan xotiniga bir xona to‘g‘rilabdi. 
Shunday qilib, Styopa ingradi. U uy xodimasi Grunyani chaqirib, undan piramidon so‘ramoqchi 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin