Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
bilinur. Havlining janub tarafi do‘konlar orqasi, ammo katta tup gilos yog‘ochlari qoplab 
yotadirlar. 
Endi biz tashqari havlini qo‘yib mehmonxonaning yonidan ichkariga kiramiz. Ichkari 
havlining yo‘lagi ham nargisidek usti va bag‘ri yopiq — qorong‘u, yo‘lakning nihoyatiga 
borib o‘ngga yurilsa axtaxonaga, chapka yurilsa birinchi martaba kirganimizdek ulug‘ bir 
havliga chiqarmiz. Havlining to‘rt tarafi turlik ehtiyoj binolari bilan va to‘rdagi binoning 
ikki biqini katta uylar bilan o‘ralg‘an bo‘lib, shu ikki uyning orasig‘a o‘lturgan koshinkor 
va  naqshin chorxari ayvon bu havlining birin-chi martaba ko‘zga chalinadirg‘an 
ortiqliqlaridandir. Shu chorxari ayvonning o‘rta bir yerida, ustiga atlas ko‘rpalar  
yopilg‘an tanchaning to‘rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar 
po‘stin kiyib bir kishi o‘ltu-radir. Bu kishi bilan ikkinchi martaba tanishib o‘lturmaymiz, 
chunki, bu odam o‘qug‘uchi bilan tanishqan — Mirzakarim qutidor. Tanchaning ikki 
biqinida ikki xotin: bulardan bittasi ichidan atlas ko‘ynak, ustidan odmi xon atlas guppi 
kiygan, boshig‘a oq dakanani xom tashlag‘an, o‘ttuz besh yoshlar chamaliq go‘zal, xush 
bichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an bu 
xotin qutidorning rafiqasi — Oftob oyim, ikkinchisi yetmishlardan o‘tkan bir kampir. 
Oftob oyimning onasi — Oysha bibi. O‘choq boshida qo‘polg‘ina, qirq besh yoshlar 
chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi — 
To‘ybeka. Biz bular bilan tanishishni shu yerda qoldirib ayvonning chap tarafidagi 
daricha orqalik uyga kiramiz, ham uyning to‘riga soling‘an atlas ko‘rpa, par yostiq 
quchog‘ida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uyg‘oq yotqan bir qizni 
ko‘ramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, 
quyuq jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari bir nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir 
narsani ko‘rgan kabi... qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilgan-
da, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz 
qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi... Shu vaqt ko‘rpani qayirib ushlagan oq 
nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda usta qo‘li bilan 
qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi. Sariq rupoh atlas 
ko‘ynakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib turmoq-da edi. Turib 
o‘lturgach boshini bir silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi. Silkinish orqasida uning yuzini 
to‘zg‘ig‘an soch tolalari o‘rab olib jonso‘z bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida ko‘ringan 
malak qutidorning qizi — Kumushbibi edi. 
Kumushbibi bir necha kundan beri sovuq havo tegdirib, bosh og‘rig‘i va ko‘z tinishka 
o‘xshash og‘rig‘lardan shikoyat qilib yurar, shuning uchun onasi «tinch uxlasin, ortiq 
urinmasin» deb bu kun namozga ham uyg‘otdirmag‘an edi. 
Kumush, kiyinib uydan chiqdi, To‘ybeka tomonidan hozirlanib berilgan issig‘ suv bilan 
yuzini yuvdi. Uyiga kirib artinib, tuzatingach ayvonga chiqdi. Ayvondagilarga salom berib 
otasining yonig‘a kelib o‘lturdi. 
Qutidor qizini kuzatdi: 
— Tuzikmisan, qizim? 
— Yo‘q, otajon, boshim hamon og‘rib turadir. 
Qutidor qizining peshonasini ushladi: 
— Ey-ha, Kumush, hali issig‘ing bor, — dedi. — O‘zingni teja qizim, o‘rningni qalin 
qilib burkanib yot, terlasang yorisharsan, qizim. To‘ybeka, Kumushning choyini oqlab 
ber-chi. 
Oftob oyim erining so‘zini kuchlab tushdi: 
— Issig‘i bor, yuzi ham qizarib bo‘rtib turibdir. 
O‘zining ruhsiz tovushi bilan Oysha buvi ham gapka aralashdi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin