Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

17. XOTIMA 
Bir yildan so‘ng Otabek usta Alim bilan birga Toshkand keldi. Hoji  va  O‘zbek  oyim 
og‘iz ochib undan ranjiy olmadilar. Ul mehmonlar kabi edi. Na otasi va na onasi bilan 
ochilib so‘zlashmadi. Usta Alim bilan bir hafta chamasi Toshkandda turib eng so‘ngg‘i 
kech yolg‘iz ko‘yi Kumush qabri yonida bo‘ldi. Kecha oydin, qabriston tib-tinch
uzog‘roqdan qur’on tovshi eshitilar edi. Ikki tub chinor butoqlarida qo‘nib o‘lturgan uch-
to‘rtta boyqushlar, qabr yonig‘a tizlangan Otabek va yuqori, quyi do‘mbaygan qabrlar bu 
tilovatka somi’ kabi edilar. Qur’on oyatlari qabriston ichiga og‘ir ohangda oqar edi. Qabr 
yonig‘a tiz cho‘kkan yigitning ko‘z yoshlari ham qur’on oyatlariga qo‘shilishib oqar edi. 
Birar soatdan keyin tilovat to‘xtaldi. Otabek holsizlanib oyog‘ uzra turdi va orqasidag‘i 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
yarim yalang‘och ko‘lagani ko‘rib bir necha qadam qabr tomong‘a tislandi... Ko‘laga 
yaling‘an sumol unga yaqin yurib keldi... 
— Kim bu? 
— Men Kumush!.. 
Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi. 
— Ket mundan! 
— Men Kumush! — dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki dunyodag‘i 
eng yaqin kishisi unga «ket!» amrini bergan edi. Zaynab orqasig‘a qaray-qaray 
Otabekdan uzoqlashdi. Otabek qaytib unga qaramadi, qabr yonig‘a tiz cho‘kdi... 
Ertasi kun O‘zbek oyim yig‘lay-yig‘lay Yodgorbek uchun tikdirgan kiyimlarini o‘g‘lig‘a 
topshirdi. Otabek usta Alim bilan birga Marg‘ilong‘a jo‘nadi. Bundan so‘ng Otabek 
Toshkandga qaytib kelmadi, bir necha qayta O‘zbek oyimning o‘zi Marg‘ilon borib keldi. 
1277-nchi yilning kuz kezlarida bo‘lsa kerak, Yusuf-bek hoji Qanoatshodan bir xat 
oldi. Qanoatsho Avliyo otadan yozar edi. 
«O‘g‘lingiz Otabek yana bir kishi bilan bizning qo‘shunda edi. Olmaota ustidagi o‘rus 
bilan to‘qunish-mamizda birinchi safimizni shu ikki yigit oldi va qahramonona urushib 
shahid bo‘ldi. Men o‘z qo‘lim bilan ikkisini dafn etdim...» 
Yusufbek hoji xatmi qur’on qilib yurtka osh berdi, O‘zbek oyim qora kiyib ta’ziya 
ochdi. 
 
B i t d i 
YOZG‘UCHIDAN 
 
Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib 
bildim: Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida 
vafot qilib, undan ikki o‘g‘ul qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul 
ishchilaridan bo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu 
nishonsiz, o‘luk-tirigi ma’lum emas, deydilar. 
 
 
www.ziyouz.com
 
2007 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin