Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

*  *  * 
Ertasi kun dafn marosimi bo‘ldi. Janozag‘a Toshkandning har bir mahallasidan 
deyarlik kishilar ishtirok qildi. Faqat maqtulaning eng yaqinlarig‘ina bu tantanaga yetib 
kelalmadilar. 
Bechora ona, bechora ota!.. 
Uchunchi kun ular ham kelib yetdilar... Ularning hozirgi holini tasvir etish mumkinmi?! 
Yettinchi kun xatmi qur’on qilinib xalqg‘a osh berildi va shu munosabat bilan 
chaqaloqqa «Yodgorbek» deb ism qo‘yildi. 
Kumushning yaqinlarig‘ina emas, balki foji’adan xabardor bo‘lg‘an shaharning katta-
kichigi Zaynabka beriladirgan jazoni erta-kech kutmakda edilar. Biroq foji’aning o‘ninchi 
kunlarida Zaynabning jinni bo‘lib, ochiq ko‘yi ko‘chada yurgan xabari va og‘asi 
tomonidan ushlanib kishanga soling‘an mojarosi eshitildi. Zaynabning jununi qozilar va 
tabiblar tarafidan ham tasdiq etilgach, uning ustidagi jazo ko‘tarildi. Darhaqiqat, aqldan 
ozib ko‘chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o‘zi ham Zaynab uchun kichkina 
jazo hisoblanmas edi. 
Foji’aning yigirmanchi kunida yana xatmi qur’on qilinib, butun yurtka osh berilgandan 
so‘ng, bechora bolu paridan ayrilg‘anlar Marg‘ilong‘a qaytish harakatiga tushdilar. 
Yodgorbek ham Oftob oyimning quchog‘ida ketmakchi, uning olib ketilishiga qarshi hech 
kim yo‘q edi. 
Eng keyingi vido’lashish kuni yetdi. Otabek, qutidor va Oftob oyim (...) qabristonining 
ikki tup qurig‘an chinor yog‘ochi orasig‘a turg‘uzilg‘an yangi xishtin sag‘ana qarshisida 
to‘xtadilar. Sag‘ananing o‘ng boshidag‘i toshdan o‘yib yasalg‘an lavha ko‘zga chaqilib 
turar edi: 
La ilaha illa-ollohu Muhammadu-rasul-ulloh 
Hazihil markadul munavvaratu lil mazlumatil 
mashhudati al-mag‘furati. 
Kumushbibi binti Mirzakarim Marg‘inoniy, tarixi tavalludi 1248. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin