Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
— Ko‘nglim. 
Otabekning hamma badani titrab ketdi, shundog‘ bo‘lsa ham o‘zini qattig‘ ushladi: 
— Qatiq ichirib ko‘rdingizmi? — dedi onasig‘a. 
— Yo‘q. 
— Qatiq buyuring! 
Oybodoq qatiq keltirguncha Kumush yana jomga intildi. Bir-ikki o‘qchib qusqandan 
keyin, Otabekning qo‘lidag‘i suv bilan og‘zini chaydi va piyoladagi qatiqdan bir-ikki 
ho‘plab, o‘zini yostiqqa tashladi. Harorati kuchlik, yurak urishi favqulodda tez edi. 
Otabek uning manglayini qo‘li bilan bosib ushlagan edi, bir oz tinchigandek bo‘ldi. O‘zbek 
oyim burchakda bola ko‘tarib o‘lturgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni to‘kib 
kelishka buyurdi. Otabekni manglayida turg‘an qo‘li qizib ketib, ikkinchi qo‘lini 
almashdirishg‘a majbur bo‘ldi. Manglayida sovuqliq his etib Kumush ko‘zini ochdi. 
— Ko‘nglingiz bosildimi? 
Kumush javob o‘rnida yostiqdan qo‘zg‘aldi. Jom yo‘q edi. Otabek shoshib tokchadag‘i 
xitoyi norin tovoqni oldi. Kumush qusdi. Bu gal qusuq boyag‘i qatiq aralash ko‘kimtil va 
sarg‘imtil narsalar edi. Og‘zini chayg‘andan keyin Otabek qatiqni taklif qilg‘an edi, 
ichmadi va o‘zini yostiqqa otdi... 
Tabib keldi xabarini eshitib, Otabek jonlang‘andek bo‘ldi. Uy eshigiga jom ko‘tarib 
kelgan Zaynab keyiniga qaytdi. O‘zbek oyim ham chaqaloqni ko‘tarib uydan chiqdi. 
Otabek tabibning hurmatiga turishni unutib Kumushning manglayini bosqancha o‘lturar 
edi. Tabib Otabekdan voqi’ani so‘rab bilgandan so‘ng Kumushning tomirini ko‘rib labini 
tishlab qoldi va tovoqdag‘i qusuqni hidlab qaradi: 
— Bu kun nima xo‘rak qilg‘an ekan? 
— Atala. 
— O‘sha taomdan bir oz qolg‘ani bormikin? 
— Bor! — dedi Otabek va boya onasi ko‘rsatkan joydan kosani olib tabib qo‘lig‘a 
berdi.Tabib kosadan barmog‘ig‘a bir oz elashdirib yaladi va darrav tuflab tashladi. 
— Zahar ichibti! 
Otabek sapchib ketdi, tusi qo‘rqunch holga kirgan edi... 
— Bekor gap! 
Tabib Otabekning hozirgi holatidan dahshatka keldi... 
— Men hozir daf’i uchun doru yuboraman, — dedi va qo‘zg‘aldi. Otabek ham uning 
bilan birgalashib o‘rnidan turdi: 
— Zaharni kim beradi? 
Nima deyishka ham hayron tabib: 
— Man... man... o‘zingiz o‘ylab ko‘ring-chi... Man darrav doru yuboray, darrav 
ichiring, tuzikmi? — dedi. 
— Bildim, bildim! — dedi bechora Otabek. — Zay-nab, Zaynab, Zaynab... Jalab! 
Yuboring, yuboring, darrav yuboring! 
Tabib ketdi, Otabek telbalarcha yugurib Kumushning boshig‘a keldi, yuzini ochib 
manglayini bosdi va o‘pdi... Kumush ko‘zini ochib kuch bilan so‘l qo‘lini erining yelkasiga 
tashladi... Qo‘lida chaqaloq bilan O‘zbek oyim kirdi. 
— Zaynabni chaqir, Zaynabni! 
O‘zbek oyim tabib so‘zidan xabardor edi: 
— Zaynab! Zaynab! 
Zaynab yugurib uyga kirdi. Tusi murdadek oqarg‘an edi. Otabek Kumushni qo‘yib 
yerdagi atalani oldi: 
Ich muni, ich jalab! 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin