Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
gunoh, sizdan — kechirish. O‘tkan ishga salavot. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan 
qora kunlarni eska olish manim uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik 
singari, ul kunlarni siz unuting, unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni 
o‘zimni oxirg‘i, ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman. 
Siz — qochoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozg‘andek bo‘lib qochqansiz, 
ikki yil bo‘ldi Marg‘ilon kelib yurishlaringizni men o‘zimcha yeshdim, lekin topib yeshdim: 
sizning barcha mashaqqatlaringiz — dushmanlaringizdan o‘ch olish uchun bo‘lg‘anini 
ongladim. Yo‘qsa, meni ko‘rar edingiz, ko‘rgingiz kelmaganda ham boshqalar sizni ko‘rar 
edilar, to‘yar edilar... Men kabi baxtsiz, men kabi g‘ovg‘asi ko‘b sizni zeriktirib, jondan 
to‘ydirg‘an bo‘lsa ajab emaski, qocha boshlag‘ansiz... Qochsangiz qochib ko‘ringiz, 
ammo men bu  kundan boshlab biravlarni quvishqa bel bog‘ladim: otam bilan onam ra-
foqatlarida xizmatingizg‘a — cho‘riliqingizg‘a erta-indin yuraman, suyganingiz kundoshim 
oldida qadru-qiymatimning nima bo‘lishini ham bilaman... Siz olijanobsiz: eski 
qadrdonliq hurmatiga ko‘ngil uchun kulib boqarsiz... Loaqal shugina bilan ham baxtsizni 
mas’uda qilarsiz. Ammo... suyganingiz — kenjangizning jerkishlaridan, qarg‘inishlaridan 
behad qo‘rqaman, o‘zimda yo‘q qo‘rqaman. Shu yaqin oradag‘i uning bilan bo‘ladirg‘an 
mas’ud daqiqalaringizda xudo yo‘lig‘a va’da olingiz — meni og‘ritmasin, raqibam keldi 
deb o‘ylamasin. Nihoyati maqsadim ikki do‘stka bir cho‘rilik va shu munosabat bilan 
biravlarini ko‘rib yurish... 
Xatim oxirinda shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan 
haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda 
o‘rinlashib olsam, uyog‘ini o‘zim bilar edim... 
Erta-indin ko‘zimga yo‘l ko‘rinur, 
Yo‘l bosishliq ko‘ngilga bir umr ko‘rinur... 
3-inchi hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdi». 
 
Otabekning suyunchi ichiga sig‘masliq, o‘zini yo‘qo-tib qo‘yg‘an holda iljayar edi. Xatni 
ikkinchi qayta o‘qub chiqib yana so‘yina boshlag‘an edi, kechagi manzaralar unga 
ko‘rinish bergandek bo‘ldilar. Ul seskandi, ko‘z o‘ngidan kechagi mazlum gavdalar 
birma-bir o‘tib, ul oshig‘ich ravishda xatni bukladi va ulardan yashirg‘andek cho‘nchagiga 
tiqdi, irg‘ib o‘rnidan turib ketdi... 
Ko‘chani bir aylanib kelgandan so‘ng, boyag‘i manzaralardan bir oz qutilg‘andek bo‘lib 
yana maktub esiga tushdi. Mehmonxonaning darichasiga qiya turg‘an holda xatni yana 
o‘qub chiqdi. Lekin bu gal ham xat boyag‘idek so‘yinch emas, kechagi mazlumlarga 
ta’ziya tutqandek og‘ir ma’no berdi: «Ammo... suyganingiz — jekirishlaridan, 
qarg‘inishlaridan behad qo‘rqaman...» Boya nima uchun so‘yinganiga o‘z-o‘zidan hayron 
bo‘la boshladi. Chindan ham maktubning muncha ko‘chirilgan jumlasi, o‘ylab 
qarag‘anda, hech qanday quvonchg‘a yo‘l qo‘ymasliq darajada qora ma’nolik edi. Bu 
jumla kelasidagi onglashilib bitmagan, lekin bo‘lishi aniqg‘a o‘xshag‘an yaramas va 
tinchsiz bir hayotning go‘yo muqaddimasi edi... 
Otabek Kumush aytkandek kundash, ya’ni Zaynabdan uncha qo‘rqmasa ham, ammo 
dardning eng davosizi bo‘lg‘an onasi to‘g‘risida yuragi titradi. Umrining eng qiymatlik 
kunlarini og‘ulag‘an, ikki yil bo‘yi davosiz dardga mubtalo qilg‘an, yaramas va ishonch-
siz yo‘llarda sanqishig‘a sabab bo‘lg‘an o‘z onasi emasmidi? Va raqiblarga, dushmanlarga 
yo‘l ochib bergan shu onaning orzusi emasmidi? 
Butun shaharni alg‘oq-dalg‘oq qilib ko‘hliq qiz qidirg‘an, nihoyat chiroylilikda tanho, 
aqllilikda yakto topib, to‘ylar, tomoshalar, orzu va havaslar bilan o‘g‘lig‘a «xotin bu 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin