Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
— Shu. Shundan beri har bir Marg‘ilon kelganida va Andijon o‘tkanida maning 
oldimg‘a kirmasdan ketmaydir. O‘zi juda og‘ir va aqllik yigit, buning ustiga qiziq tabi’ati 
ham bor, — dedi. 
— Qizig‘i qanaqa, — deb so‘radi usta Farfi. 
— Juda qiziq, — dedi usta va kechagi voqi’ani so‘zlab chiqdi. — Kecha ertalab 
shaharni bir aylanib kelayin deb chiqib ketkan va tushlik oshka yetib kelish uchun va’da 
ham bergan edi. Men va’da vaqtig‘a oshni damlab o‘lturibman-o‘lturibman, sira kelsa-
chi! Nihoyat, sizdan sal ilgariroq kelib turg‘an edi. So‘rasam: «Xo‘ja Ma’oz»ni tunab 
qoldim, deydir. Ko‘zi uyqusizliqdan bir qarich ichiga tushib ketibdir. Juda ham tabi’ati 
qiziq yigit. 
— Yaxshi yigit ekan, — deb qo‘ydi usta Farfi. 
Oshni yeb bo‘lg‘anlarida u yoq-bu yoqdan jum’a tovshi kela boshlag‘an edi. Shuning 
uchun choy ichib o‘lturishka to‘g‘ri kelmay usta Farfi usta Alimdan ilgariroq namozi 
jum’aga qo‘zg‘aldi va eshikdan chiqishi bilan o‘z uyidan kelayotqandek ko‘ringan 
Homidga uchrashdi. 
— Ha, usta Farfi, baxay? — dedi Homid. 
— Usta Alimnikiga kelgan edim. 
— Bo‘lmasa ziyofat quyuq ekan-da! 
— Quyuq! — dedi kulib usta Farfi, — usta Alim o‘z uyiga do‘kon qurg‘an ekan, gilalab 
yurmasin deb fotihaga kelgan edim. 
— Shundoqmi! — deb qo‘ydi Homid. Birgalashib keta boshladilar. 
— Bo‘lmasa usta Alim o‘z uyiga do‘kon quribdir, deng-chi! 
— Do‘kon quribdir. 
— Arvoh piri bermasdan-a? 
— Qishda arvoh piri qilib bermoqchi! — dedi usta Farfi. Yana bir necha daqiqag‘a 
oradan so‘z kesilib qoldi. 
— Osh qilib bergandir? 
— Albatta. 
— Boshqa mehmon ham bor ekanmi? — deb so‘rab qo‘ydi Homid. Usta Farfi 
Otabekning Homid bilan uchrashg‘anini xotirlag‘an edi. 
— Toshkandlik bir savdogar mehmoni ham bor ekan,— dedi. Masjidga yaqinlashib 
qolg‘an edilar. Homid yana nimanidir so‘ramoqchi bo‘lsa ham, usta Farfi shoshib 
masjidga burildi. 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin