Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
Qutidor bir tomondan dahshatka tushsa, ikkinchi jihatdan Otabekning dov yuragiga 
hayron qolar edi. 
— O‘ziga jarohat olmag‘anmi? — deb so‘radi qutidor. 
— Bo‘ksasi bilan qo‘lidan yaralang‘an bo‘lsa ham zararsizdir. 
Usta Alim qutidorning ba’zi bir e’tirozlariga qarshi Otabekning qutidor tomonidan 
quvlang‘anidan tortib, shundan beri Marg‘ilong‘a yetti-sakkiz martaba kelib ketkanini
har bir kelishida o‘zining uyiga kelib tushkanini va qalin o‘rtoq bo‘lib olg‘anlarini, 
shundoq bo‘lsa ham Otabekning o‘zidan chin ismini yashirib yurg‘anini, jum’a kuni usta 
Farfidan birinchi martaba o‘z raqibini tanishini, nihoyat bu kungina unga chin ismini 
ochqanini so‘zlab chiqdi. 
— Taloq xati-ku soxta ekan, — dedi qutidor, — nega biznikiga bir kelgani bilan qaytib 
kelmadi ekan? 
— Chunki uning so‘ziga qaraganda, siz uni og‘irroq tariqa bilan darbozangiz yonidan 
jo‘natqan ekansiz, — deb izohladi usta. — Toshkanddan uylanishida sizning bilfe’l bosh 
qo‘shishingizni faqat qizingizni undan chiqarib olish uchun qurilg‘an bir hiyla ekan, deb 
o‘ylab, qaytib eshikingizga oyoq bosmag‘an, hatto xotinini qozig‘a chaqirish to‘g‘risida 
fikri bo‘lsa ham, siz bilan uchrashishdan qochib bu fikridan ham qaytqan, ya’ni sizning 
qizingiz bo‘lg‘ani uchun suygan xotinidan ham kechmakka qaror bergan. 
Qutidor hali ham Otabekning ruhiga tushuna olmag‘an edi: 
— Mendan o‘zi xafa bo‘lg‘an bo‘lsa, orag‘a kishi qo‘ysa ham bo‘lar edi. 
— Shundog‘ qilsa ham bo‘lar edi, — dedi kulib usta Alim, — men hali undan shunday 
deb so‘rasam, «O‘zimga ishonmag‘an kishi kishi so‘ziga kirarmidi, deb o‘yladim», deydir. 
Kuyavingizning qiziq tabi’atini shundan ham yaxshi bilib olsangiz bo‘ladirkim, shu 
choqqacha ota-onalari ham bu foji’adan xabarsiz ekanlar. 
Qiziq yigit, — dedi qutidor, — mendan ham katta nodonliq o‘tkan. 
— Hammasi ham taqdirning ishi, amak, bu orada siz bilan manim hech bir ixtiyorimiz 
yo‘q. 
— Albatta yo‘q, — dedi qutidor va so‘radi: — o‘zi siznikidami? 
— Bu kun peshinda Toshkand jo‘nab ketdi. 
Qutidor tushuna olmag‘an edi: 
— Nega-nega? — deb so‘radi. 
— Nega... sababini men ham yaxshi tushuna olmadim. 
— Qaytib keladirgan vaqtini aytkandir? 
— Bu to‘g‘rini so‘rag‘an edim, muhmalroq javob berdi,— dedi usta va yonini kovlab 
xatni oldi. — Bu xat karimangizga bo‘lsa kerak, endi menga ruxsat, — dedi va fotiha 
o‘qub o‘rnidan qo‘zg‘aldi. 
— Men sizga dasturxon yozdirishni ham unutqanman, qo‘zg‘almangiz! 
— Rahmat, amak, hozircha meni kechirib turasiz, ammo bapirja kattaroq ziyofatni 
unutmaysiz, — deb kuldi usta Alim. Qutidor uni ko‘chagacha kuzatib chiqdi. 
Kumushbibi daricha orqasidan hamma gapni eshitib olg‘an va hissiyotini yum-yum 
yig‘lab o‘tkargan edi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin