Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
— Shu ham gapmi, xudoyo tavba! 
Adim sayin bir o‘lukka uchrar edilar. Ali sanab kelar edi, guzarga yetkanda sanoq 
yetmishdan ortdi. Hali bu birgina to‘g‘ri ko‘chaning hisobi bo‘lib, keng Tosh-kandning 
o‘zga ko‘chalarini ham hisobga olg‘anda faji’ bir adad tashkil etishi ma’lum. Guzarning 
ichiga kirganda qator chizilg‘an qirq chog‘liq o‘luklarni ko‘rdilar... 
Kun asrdan og‘ib shomga yaqin, shuning uchun guzardagi do‘konlardan ochug‘i uch-
to‘rtta, jumladan, Hasanali ham yarim ochiq do‘konni oldida o‘lturar edi. 
— Sog‘ keldingizmi, bek! Biz bu yerda yuz xil vasvasaga tushib tashvish tortdiq, — 
dedi Hasanali. 
Otabek boshqa xayolda edi. Hasanalining so‘zini go‘yo eshitmagandek so‘radi: 
— Bu kun dadam qayerda edi? 
— Sizdan keyin o‘rdaga ketkan edilar. Bir soatdan keyin shoshqannamo qaytib 
keldilar-da, sizni so‘radilar, shundan so‘ng qayoqqa ketkanlarini bilolmadim. 
— Qachondan boshlab qipchoqni so‘ydilar? 
— Otangizni kelishi bilanoq, — dedi Hasanali va entikib foji’ani hikoya qildi. — Ey... 
bek, rahmsizlik bunaqa bo‘lar ekan... Xudda qiyomat bo‘ldi! Bechoralar nima gunoh 
qildilarkin? Uyida halol kasbini qilib o‘turg‘anlarg‘acha tutib so‘ydilar... Ey bechoralar, 
qanday gunohlari bor ekan?! Yigitlar tutib kelturib turadilar, jallod bosh kesib boradir. Bu 
nogahoniy qazodan eslari chiqib ketkan bechoralar yig‘lashadilar... Ayniqsa bir 
bo‘yoqchi... xudda xum yonidan tutib kelganlar — qo‘li bo‘yoq... Ey xudo, men nima 
gunoh qildim, deb yig‘laydir... Chidab bo‘lmadi, do‘konini yopib qochdim, ko‘plar ham 
qochdilar... tag‘in bir... 
— Bas, — dedi Otabek. Hasanali hikoyadan to‘xtadi, chunki bekning yuragi ezilib 
oqish darajasiga yetib, Ali Ota bilan xayrlashmasdanoq qochqan edi... 
Uyga borib kechki oshni ham yemadi va otasig‘a ham  uchrashmadi, go‘yo shu 
yirtqichlar dunyosidan yashi-ring‘andek oq kundayoq to‘shagiga yotib, ko‘rpasiga 
burkanib oldi. Uning bu holiga uy ichi tushunganlari uchun, nima qildi, deb so‘ramadilar 
va yonig‘a ham kelmadilar... 
Yusufbek hoji ertalab choyni Otabek bilan birga ichish uchun mehmonxonag‘a chiqdi. 
Otabek tersaygancha kelib choyg‘a o‘lturdi, otasiga salom bermadi. Chunki ul o‘z otasini 
qipchoq qirg‘inining bosh omilla-ridan deb qaror qo‘yg‘an edi. Choy yarimlay yozdi. 
Oradan churq etkan so‘z chiqmadi. 
Nihoyat, o‘g‘lig‘a yengillik berish niyatida hoji tilga keldi: 
— Xafa bo‘lma, o‘g‘lim. 
— Sizlarga o‘xshab, — dedi istehzolanib, — quvo-naymi? 
Hoji o‘g‘lining qandog‘ fikrda va nima uchun tersayganini bildi. 
— Yanglishasan, o‘g‘lim. 
— Rajabbeknikidagi majlisda, — dedi zaharxanda bilan, — bu yirtqichlarning rejachisi 
kim edi? 
Hoji entikdi va: 
— Rajabbeknikida bo‘lg‘an majlisni sen bilasanmi?..— deb so‘radi. 
— Bilaman. 
— Bilsang, — dedi hoji, — manim ustimga mundog‘ tuhmat orttirishdan uyal, bola! 
— Rajabbeknikida bu kengash bo‘lmag‘anmidi? 
— Bo‘lg‘an edi. 
— Bo‘lg‘an bo‘lsa, tag‘in nega o‘zingizni quruqqa olasiz? 
Yusufbek hoji boladan kulgandek qilib iljaydi. 
— Ba’zi yengil muhokamalaring onangnikidan qo-lishmaydir, Otabek! — dedi. — 
Majlisdan xabaring bo‘l-g‘an bo‘lsa, kim qaysi fikrda qolg‘anini ham bilarsan? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin