Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
Otabek tabi’atning shu ko‘rkam va latif ko‘rinishiga maftun bo‘lib, bir oz yotqandan 
keyin «ul ham bo‘lsa edi”, deb o‘yladi va uzoq tin olib qo‘ydi. 
Bu kunning ko‘rkamligidan olg‘an taassurotini Ali ichiga sig‘dirolmadi: 
— Zap yaxshi kunmi! — dedi. 
Otabek ham shu go‘zallikni o‘ziga tatitmay turg‘an dardidan shikoyatlandi: 
— Shunday kunlarda kam-ko‘sting bo‘lmasa... 
— Sizning ham kam-ko‘stingiz bormi? — deb Ali kulimsiradi. 
— Yo‘q, deb o‘ylaysizmi? 
— Hammada bo‘lg‘anda ham, sizda yo‘q deb bilaman. 
— Masalan? 
— Masalanmi, — dedi kulib Ali, — sizning bilan otangizning obro‘si qushbegida ham 
yo‘q, davlat to‘g‘ri-sida bo‘lsa, ochiqarlik yerda emassiz... Ikkita to‘tidek xotiningiz bek 
akam uchun sochini tarab o‘lturadir... tag‘in qanaqa kamu ko‘st? 
Kishining baxtini yuzakigina ko‘rib hukm qilg‘uchi Ali unga qiziq ko‘rindi va kulib: 
— To‘g‘ri aytdingiz! — dedi. 
— Shukur qilish kerak, bek aka, — dedi Ali va o‘zi-ning baxtsizligidan, topqanini 
ro‘zg‘ordan ortdirolmay, shu kungacha uylanalmay kelishidan hasrat qilib ketdi. Otabek 
uning hasratini diqqat bilan eshitdi, hayotning zarbasi har kimning o‘z darajasiga qarab 
va lekin istisnosiz bo‘lg‘anlig‘ini tushundi. 
— Dunyoning ishi shunaqa ekan, mulla Ali, — deb uni yupatib qo‘ydi. Ikkisi ham bir 
necha vaqt jim qoldilar. 
 — Marg‘ilonliq xotiningizdan bolangiz bordir? 
— Yo‘q... 
— Bo‘lsa ham turmadimi, uylanganingizga ancha yil bo‘lg‘an shekillik? 
— Turmadi. 
Ali Otabekning kami ko‘stini shu bolasizliqdan deb o‘ylag‘an edi: 
— Bolasizliq uchun xafa bo‘lish kerak emas, hali yoshsiz, bek aka! 
Otabek javob bermadi. Korsonda qimiz keldi. Bek bir-ikki zarangni ichkandan keyin, 
yamlanib ko‘kka qarab yotib oldi. Ali bor tovshini qo‘yib ashula qildi:  
Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor, 
Ushbu keng dunyo ko‘zimga bo‘ldi tor. 
Qay qaroqchi oldi yorimning yo‘lin, 
Mundagi baxtsiz yigit yo‘l uzra zor... 
— Qo‘shilishmaysizmi, bek aka? 
— O‘zingiz yaxshi aytasiz, to‘xtamang! 
Ali borliq ovozi ila hamma hunarini ishlatib, g‘azal tugalguncha ashulani aytib bordi. 
— Tuzikmi, bek aka? 
— Yaxshi ashulachi ekansiz! 
— Undog‘ bo‘lsa ustidan buni ichib yuboring, — dedi kulib, bir zarang qimiz uzatdi. 
Bek qimizni bir simirishda bo‘shatdi-da, entikib uzoq qirg‘a qaradi, uzoq qarab turdi-da, 
yuqoridag‘i baytni o‘qub og‘iz ichidan ming‘illadi. 
Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor, 
Qay qaroqchi to‘sdi yorimning yo‘lin... 
— Qo‘qong‘a ketkan sipohlardan darak eshitdingizmi, bek aka? 
Otabekning xayoli bo‘linib, Aliga qaradi: 
— Eshitmadim. 
— Manim akam ham ketkan edi... Oy borib, omon kelishsunlar-da! 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
— Akangiz yigitmidi? 
— Yo‘q, mergan edi. Qo‘qon ketayotgan o‘rtoqlarig‘a qiziqib, borma deganga 
ko‘nmadi. Urush ehtimoli yo‘q-mi, shunchaki fotiha uchun ketishkandirlar-a? 
— Kim bilsin, — dedi bek va bir oz o‘ylab qolg‘an-dan keyin, — bo‘lmas, — deb qo‘ydi. 
Korsondagi qimiz tugab, sho‘rva ham ichildi. Dasturxonni yig‘quvchi kelinchakka o‘g‘ul 
tilab duo qilin-g‘andan keyin, qo‘lig‘a o‘ttuz chaqa surma puli berdilar va qirni aylanish, 
binafsha terish uchun turib ketdilar. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin