Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
va ko‘ylar, qishloq va kentlarning sadoqati zohir va qalbi tohir qullarig‘a maxfiy nomalar 
ko‘ndirib, sakbachchalarning qatli omig‘a amri oliylarini darig‘ tutmag‘aylar. Ammo 
Xo‘qandi firdavs monandning o‘zida ul shaqovatpeshalar behad va behisob nufuska 
molik bo‘lg‘anlari vajhidin biz Toshkand navkarlarining i’onati beshakku shubha vojibdur. 
Siz shahanshohi, o‘shal soati muzaffarni ta’yin aylab, biz qullarig‘a xabar yuborsalar, 
bunda lozim bo‘lg‘an odamimizni qoldirib va yana har qayusimizg‘a tegishlik bir yuz, ikki 
yuz va besh yuz yigitimizni olib, xaloyiq ko‘zida go‘yo janobi tojdorning Musulmonqul 
falokatidin ozodliqg‘a chiqib mustaqil sohibi toj bo‘lg‘anlarini muborakbod qilmoq uchun 
yurgan bo‘lib, i’onatlariga yetarmiz va darbozadin kirishimiz on faj’atan ul galai saklarga
0
 
hujum boshlab, qatli omga qilich tortarmiz. Va yana maxfiy qolmag‘aykim, 
Toshkandning alhol beklik mansabida o‘lturg‘uchi qipchoq Normuhammad borasida 
qandog‘ farmon ber-g‘aylar, bul ma’nida ham ishoratini darig‘ tutmasalar qullarini 
andishadan ozod qilg‘an bo‘lg‘aylar. Ushbu boloda mazkur mahzi samarayi sadoqat aqli 
qosirlari-miz xusuli natijasini biz qullarig‘a ushbu nomani qosidi qo‘lidin savob va xato, 
rad va ijobat, pisand va nopisand javobini irso qilsalar va yana o‘z fikri bosavoblarini 
izofa qilib, qusur va xatolarimizni tanbeh etsalar, biz navkari bejavhar va bosadoqati 
befarosatlarni dunyo-dunyo shodu xurram qilib, ul soyaboni marhamat va mehriboni 
boshafqatning xizmatlariga kamari xizmatni berk bog‘latqan bo‘lur edilar, huval-lohul-
musta’in. 
Sadoqatingiz majlisiga jam’ bo‘lg‘uchi navkarlaringiz (imzolar)”. 
Bu noma ertasi kun xonga yuboriladirg‘an bo‘lib, bunga maxsus kishi belgulandi. 
Majlisning qo‘rqunchi Yusufbek hojidan bo‘lg‘an uchun unga soxta qarorni eshitdirmak 
to‘g‘risig‘a Muhammad Niyoz qushbegining o‘zi bevosita majlisdan chiqib ketdi. Shuning 
ila bu majlis tarqaldi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin