Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

*  *  * 
Qish chiqar oldi. Musulmonqul voqi’asidan yigirma kunlar chamasi keyin edi. 
Muhammad Rajab qo‘rboshining uyidan ikki-uch qaytalab kishi kelabergandan keyin
Yusufbek hoji ilojsiz qolib borishg‘a majbur bo‘ldi. 
Yig‘inda Muhammadniyoz qushbegi, Qosim mingboshi, Qambar sharbatdor, Karimqul 
ponsadlardan tor-tib Toshkandning yetuklik ashrof va a’yonidan o‘n beshlab odam bor 
edi. Mehmonlar uchun meva-cheva, quyuq-suyuq tortildi. Ziyofat to‘kun edi. Yemak 
asnosida Niyoz qushbegi so‘zlab yig‘inning maqsadi bilan ahli majlisni tanishdira bordi: 
— Og‘alar, inilar! Bilindiki, og‘aynilar bir tan, bir jon bo‘lsalar qipchoq kasofatidan 
qutilish uncha qiyin tushmas ekan. Mundan bir oy ilgari biz qanday holda edik? 
Musulmonqulning omonsiz qilichi og‘aynining bo‘g‘zida edi. Xudo hoji akamizning umrini 
uzun qilib, bola-chaqasining egaligini ko‘rsatsinki, avvalo uning aqllik tadbiri, undan 
keyin og‘aynining bir yoqadan bosh chiqarishi soyasida Musulmonqul balosidan 
yengilgina qutildik. Ammo bu qutilishni chin qutilish deb bo‘lmaydi. Nega desalaringiz, 
oq it bo‘lmasa, qora it tovoq-qoshiqqa tegmakda. Hali biz sahroyi qipchoq elidan uzil-
kesil qutilg‘animiz yo‘q. Anovi Musulmonqul bo‘lmasa, boshqa Alimqulning bosh 
ko‘tarishi aniq, — dedi qushbegi va dasturxondan cho‘qinib davom etdi. — 
Normuhammadning ra’yini deb, hamma ixtiyor o‘z qo‘limizda bo‘lgani holda, O‘tabboyni 
mingboshi belgulab yuborduq... Bu ham o‘zimizning eng katta xatolarimizdin. Men o‘sha 
kundan beri o‘z-o‘zimdan bo‘g‘ilib yuriyman: Musulmonqulning iti bo‘lmasa, o‘zimizdan 
mingboshi bo‘larliq odam qurib qoluvdimi, deyman. Yo‘q, og‘alar, temirni qizig‘ida suqib 
qolish kerak! Qachong‘acha biz bu sahroyi itlar bilan sanu manga borishib yuramiz? 
Yaxshisi shulki, bu bosh og‘rig‘larni bir varakay oradan ko‘tarib tinchishaylik. Biz shu 
yerdagi og‘aynilar bilan kengashib bir gapka to‘xtab qo‘ydiq. Ammo bu maslahatning 
hoji akamizga ham ma’qul tushmog‘ida shubha qilmaymiz. Bu o‘yimizga xon ham bir 
narsa demasa kerak. Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, O‘sh va boshqa yerlarning og‘aynilari 
ham bu gapdan bosh to‘lg‘amaslar. Nega desangiz, qipchoq degan iflos barchani ham 
jonidan to‘ydirdi, — dedi va nosqovog‘ini qoqa-qoqa bir otimini tilining tegiga tashladi. 
Yusufbek hoji haligi gap so‘zlang‘anda qo‘lidag‘i piyo-lasini chayqatib og‘ir bir holat 
kechirgan va chuqur bir sukutka ketkan edi. Boshqalar bo‘lsa Niyoz qushbegi-ning 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin