www.ziyouz.com kutubxonasi
19
«Siz omon bo‘lib osoyish o‘ltirsangiz, qipchoqqa yo‘l bermaymiz, taqsir! Qo‘rg‘on tuzatishka fotiha beringiz, taqsir!» Azizbek fotiha berdi. Xalq urush hozirlig‘ig‘a kirishdi. Ana, o‘g‘lim, bizning xalqning holiga yig‘lashni ham bilmaysan, kulishni ham! Har holda Toshkand ustiga yana qonliq bulutlar chiqdi, ishning oxiri nima bilan tinchlanar— bu bir xudog‘ag‘ina ma’lumdir. Boshqa so‘zlardan ham ortiqroq esingga shuni solib o‘tayki, siyosat to‘g‘rila-rida o‘ylanibroq so‘zla! Arzimagan sabablar bilan talaf bo‘lgan jonlarni hamisha ko‘z oldingda tut! Sen bilan manim ko‘ngillari-mizdagi yaratg‘uchig‘ag‘ina ma’lum bo‘lib, ammo Farg‘onada meni Azizbekning sherikidir, deb o‘ylashlari va seni bir fitnachining o‘g‘li, deb tanishlari ehtimoldan yiroq emasdir, shu jihatlarni mulohaza qilib oyog‘ bos! Bu tinchsizlik vaqtida sen bilan manim hayotimizning tahlika ostida bo‘lg‘anlig‘ini unutma! Shuni ham aytib qo‘yayki, bu tinchliksiz bosilmag‘uncha Toshkandga kelmasliging maslahatdir. Toshkand tinchlangandan keyin (agar salomat bo‘lsam) o‘zim xabar yuborurman. Munda barcha yoru do‘st salomat, mendan Hasanaliga salom ayt! Addoi otang Yusufbek hoji. Toshkand, 27-dalv oyida 1264-yilda yozildi». Otabek maktubni tugatib, tushunmay o‘tkan jumlalarini qayta ko‘zdan kechirar ekan,
Azizbek voqi’asi ustiga kelganda ixtiyorsiz «tulki» deb yubordi.
«...bosilmag‘uncha Toshkandka kelmasliging masla-hatdir!» — bu jumlani o‘qug‘anda,
— undog‘ bo‘lsa sira tinchimangiz, — dedi-da, yovoshg‘ina iljayib qo‘ydi...