Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

 
 
9. QARSHILASH 
 
Bu kungi kutilmagan tun Hasanali otani gangitkan, uning keksa ko‘zlari uyqu bilan 
tamom chaplashib olg‘an edilar. Ul bu xabarni ertaga ertalab qaysi yo‘sun bilan bekka 
bildirish yo‘llarini o‘ylar edi. Bu favqulodda so‘yinch xabarni bekning qaysi yo‘sunda 
qarshilashini o‘ylar edi. Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladirgan o‘zgarishlarni, 
hollarni, harakatlarni... barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. Bu gapni eshitgach, 
haftalab hujra ichidan chiqmay yotqan bekni ko‘chalarda, bozorlarda, qutidor uylarida 
shodlanib, ruhlanib yurganini ko‘rar edi. Bu o‘ylarni tugatkandan keyin uning ko‘zlari 
uyqu sari yumila boshlab, qarshisig‘a Otabek kelib to‘xtar edi: «Ota, men sizning bu 
qilg‘an yaxshilig‘ingizni sira unutmasman» deb minnatdorlik qilg‘andek bo‘lar edi. 
Hasanali uyg‘onib ketar va qaytadan shu to‘g‘rida o‘ylab boshlar edi: «Bechora. 
Suyganing to‘g‘risida o‘ylay-o‘ylay boshlaring og‘rib, ohlar tortib yotadirgandirsan... 
Yordamching yo‘qlig‘i-dan umiding kesilib, hasratingni kimga aytishni bilmay-
dirg‘andirsan. Qayg‘irma begim. Hasanali otang u to‘g‘rida ham seni yodidan 
chiqarmadi... Bu kecha se-ning qayg‘uliq kechalaringning eng keyingisi va oydinliq ham 
she’riyatlik tunlaringning arafasidir, begim». 
Hasanalining ko‘zlari tag‘in uyqug‘a ketar, qarshisig‘a Otabek bilan ko‘hlik, ko‘rkam 
bir qiz kelib chiqar va ikkisi unga qarab iljayishar edilar: «Bizning chin otamizsiz» 
degandek bo‘lar edilar. Hasanalining yana uyqusi qochar edi. Yoshim oltmish to‘rtka 
yetdi, o‘g‘ul-qizim bo‘lmadi... Dunyodan charog‘chisiz boraman... Darvoqi’ Otabek 
menga o‘g‘ulliq qilmasmi, xotini menga qiz bo‘lmasmi, ularning bolalari meni «bobo» 
deb ketimdan yugurmasmikinlar? Tuproq ostlarida unutilib yotqan kezlarimda: «Bir vaqt 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin