Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Hudaychi qo‘rg‘on begi qotig‘a yetib, bek hazratlari-ning hozir yetib kelishlariga 
bashorat berdi, yana oti-ning boshini burib yigitlari bilan orqag‘a qaytdi. Huday-
chiboshining xabaridan bu kungi ulug‘ muzaffariyatni qutlag‘ali Azizbekning kelishi 
ma’lum bo‘lar edi. 
Hudaychi jo‘nag‘ach, qo‘rg‘on begining paytavasiga qurt tushib, tipirchilab qoldi va u 
yoqdan-bu yoqqa yugira boshladi: 
— Hoy qo‘rg‘on ustidagi azamatlar! Hozir bo‘lingiz, yasov tortingiz, bek keladirlar! Hoy 
Husaynbek, darbo-zabonlarga yugir, hozir tursinlar! G‘anibek yuzboshi, siz yigitlaringizni 
tartiblangiz! Yasovulboshi, hozir bo‘lingiz! 
Qo‘rg‘onning qo‘ruq o‘rnidagi qahramonlar harakatka keldilar, yuqori qo‘ruqdan bir 
pog‘ona quyig‘a tushib saf-yasov tortdilar. Shovqin-suron orasida qo‘rg‘on begi ot ustida 
qo‘rg‘onning u boshidan-bu boshig‘a chopib: 
— Hozir bo‘l, yigitlar! Tartibingni tuzat, salomga tayyorlan! — deb qichqirib yurar edi. 
Qahramonlar qo‘llaridag‘i miltiq, shashvar, oybolta, qilich va nayzalari bilan tizilishib 
oldilar. Safning o‘rta yeridan yashil bayroq ko‘tarildi. Shuning bilan Aziz parvonachining 
is-tiqbolig‘a lozim va vojib bo‘lg‘an barcha tartib va tantanaga hozirlanilg‘an bo‘lindi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin