Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
Azizbek bir muncha vaqt boshlarni tomosha qilib turdi-da, qarshida qo‘l bog‘lag‘an 
qo‘rg‘on begiga qarab iljaydi: 
— Barakalla g‘ayratlaringizga, — dedi Azizbek, — bu kun qipchoqlarg‘a rustamona 
javob berib, o‘zlarini ham itdek qirg‘ansiz. Bunchalik g‘ayrat ko‘rsatkan fuqarolarga 
rahmat, dunyo turguncha tursinlar! 
Azizbek tashakkurini bitirgach, hudaychi qo‘rg‘on ustidagi qahramonlarg‘a hamma 
tovshini qo‘yib qich-qirdi. 
— Bek janoblari bu kungi rustamona g‘ayratlarin-gizga rahmat aytib, haqlaringizga 
duo qiladirlar! 
Mudofi’lar dunyoni buzib javob berdilar: 
— Qulliq taqsir, qulliq! Taqsirimiz dunyo turguncha turib, soyai davlatlari boshimizdan 
kam bo‘lmasin! 
Azizbek qamchisini ko‘ndalang qo‘yib mudofi’larga qulliq qildi va hudaychiga buyurdi: 
— Qo‘rg‘on begiga kimxob to‘n, yuzboshilarg‘a atlas chopon, boshqa yigitlarga uch 
tangadan pul in’om beril-sin. 
Hudaychining xabaridan so‘ng mudofi’lar javob qaytardilar: 
— Davlatlari ziyoda bo‘lsin! 
Xazinachilar sipohlar orqasidan ikki otni yetaklashib hudaychi yonig‘a yetdilar. Bir 
otning ustiga choponlar ortilg‘an, ikkinchi otdag‘i katta xurjinning ikki ko‘zi liq tanga edi. 
Boshlab hudaychi ot ustidan bir kimxob to‘nni olib, qo‘rg‘on begiga kiydirdi. Qo‘rg‘on 
begi to‘nni kiyib Azizbek haqiga uzun duo qildi. So‘ngra hudaychi bir yigitka to‘n 
qo‘ltiqlatib, ikkinchi yigitka tangalardan oldirib qo‘rg‘on begi bilan birga qahramonlar 
yonig‘a chiqdi. Qo‘rg‘on begining ko‘rsatishicha kimga uch tanga pul, kimga adras 
chopon ulashilib boshlandi. 
Azizbek ot ustida boshlar uyumi tevaragida aylanib Rayimbek dodxoh va ola-bayroq 
to‘nlik kishiga o‘zining tanish sarkardalaridan bo‘lg‘an kimlarningdir boshlarini 
ko‘rsatmakda, tirik vaqtlarida nima ishlarda bo‘linib va qora choponlilarg‘a qanday 
zulmlar qilg‘anlarini so‘zlamakda edi. Azizbekning bu gaplarini Rayimbek dod-xoh 
samimiy eshitsa ham olabayroq to‘nlik odam «taqsir, taqsir» bilan javob berib, boshlar 
uyumidan jirkangansumon egarining qoshig‘a ko‘zini tikib turmoqda edi. 
Yarim soatlik bir fursatdan keyin qo‘rg‘onning boshdan-oyoq yasov tortqan 
qahramonlariga in’omlar ulashilib bitdi-da, hudaychi o‘zining quruq xurjini bilan Azizbek 
qotig‘a kelib qulluq qildi. Azizbek qarshisida qo‘l bog‘lab turg‘an qo‘rg‘on begidan so‘radi: 
— Yigitlaringizning barchasi ham quruq qolmadimi? 
— Davlatingiz soyasida, taqsir. 
— Qipchoqlarning bu kungi hujumi qay vaqtda bo‘ldi? 
— Tong yorir-yorimas Oq tepa tomonidan to‘p ota boshladilar, — dedi qo‘rg‘on begi, 
— o‘n besh daqiqa o‘tar-o‘tmas otliq qipchoq qo‘shinlari ko‘rinib Samar-qand 
darbozasiga yugirdilar. Shungacha men ham davla-tingiz soyasida ikki darboza 
oralarig‘a merganlarni yayratqan edim. Boshlab Samarqand darbozasi qo‘rug‘i-dan 
otishg‘a buyurdim. Merganlar o‘n besh daqiqa orqa-sini uzmay miltiqqa o‘t berib turdilar. 
Qipchoqlar biz-ning tomondan otilg‘an miltiq o‘qlarig‘a chidalmay, Samarqand 
darbozasini tashlab, Kamolon darbozasiga yuzlandilar. So‘ngra davlatlari ko‘lankasida 
Kamolon qo‘rug‘idag‘i merganlarni ishka qo‘ydim. Bir soat chamasi otishqandan so‘ng 
yov bizning o‘qimizg‘a chidalmay, ikki darboza orasida uch-to‘rt yuz o‘lik qoldirib, 
qochishg‘a majbur bo‘ldi. Bizdan yolg‘iz besh kishi o‘lib, to‘qqiz kishi yaralandi. 
Azizbek juda zavqlang‘an edi, yana bir qayta barakalla o‘qub, so‘radi: 
— Normat qipchoq ko‘rindimi? 
— Yo‘q taqsir: qo‘rg‘on yaqinig‘a yo‘lamadi, yo‘la-g‘anda... 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin