Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc


ESON BO‘LSAQ KO‘RISHARMIZ



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

13. ESON BO‘LSAQ KO‘RISHARMIZ 
Toshkandga kelishning yigirmanchi kunidan qutidor Marg‘ilong‘a qaytish fikriga 
tushdi. Hoji va Otabeklar yana bir necha hafta qolishg‘a qistasalar ham, bo‘lmay uzr 
aytdi: «Uy yolg‘iz, faqat To‘ybeka bilan Oysha ona; hollari nima kechti, nima qo‘ydi 
ma’lum emas. Boshqa tarafdan o‘zimning savdo ishlarim ham o‘lda-jo‘lda, shunchalik 
mehmon bo‘ldiq. Bas, qilg‘an izzat va ikrom-laringiz uchun rahmat», dedi. Hojining: 
«Endi kelin bolani yubormaymiz-da», deb kulishiga — «Manim bolam emas — sizniki, u 
yer ham bu yer ham o‘zining uyi, janobingiz nimani muvofiq ko‘rsalar, menga ham 
ma’quli o‘sha», dedi. Hoji birmuncha gap aylantirib, «O‘rtadan anovi gaplar o‘tmagan 
bo‘lsa edi, albatta bu yerda olib qolmas, zeroki, sizning bag‘ringizni bo‘sh qo‘yish 
insofdan bo‘lmas edi. Agar sizga og‘ir tushmasa yurtdagi gap-so‘z bosilg‘uncha birar yil 
Toshkandda tur-sin, so‘ngra Marg‘ilon borsin, derdim», dedi. Qutidorg‘a ham bu 
mulohaza juda ma’qul tushib «bu mulohazalari beandoza to‘g‘ri, albatta munda birar yil 
turishi lozim va lobid!» deb javob berdi. 
Kumushning Toshkandda qolishig‘a otasi shunday yovosh qaradi, bu to‘g‘rida Oftob 
oyimning fikr va rizolig‘i bilan hisoblashish emas, hatto uni ko‘ngliga ham kelturib 
ko‘rmadi. Holbuki Marg‘ilondan chiqishda Oftob oyimning «Kumushni Toshkandda 
qoldirmaysiz!» deb qo‘yg‘an birinchi shartiga qayta-qayta qo‘l qo‘yg‘uchi shu qutidor edi. 
So‘zni cho‘zmoqqa hojat yo‘q: erlarimizning Oftob oyimlarg‘a qarashi hamisha shundan 
boshqa emas. 
Qaytish xabari Oftob oyim qulog‘ig‘a yetishkandan keyin uning avvalg‘i uchrashishi 
qizi bilan edi. Chunki eriga qarag‘anda ham ko‘broq ixtiyorni qizida bo‘lg‘anini yaxshi 
bilar edi. 
Shu xabarni Hasanalidan eshitishi ila to‘g‘ri Kumushning yonig‘a kirdi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin