Mijozlarga xizmat ko’rsatish


Tashrif buyurganlar bilan professonal muomala ko’nikmasi



Yüklə 22,88 Kb.
səhifə2/3
tarix24.05.2022
ölçüsü22,88 Kb.
#59405
1   2   3
marketing strategiyasi

Tashrif buyurganlar bilan professonal muomala ko’nikmasi
Buyurtma qabul qilingandan so’ng ofitsiant uni navbat bilan bajarishga kirishadi, xizmat ko’rsatish jarayonini quyidagi sxema bo’yicha amalga oshirish mumkin. Ofitsiant idish-tovoq turadigan xonaga kirib, kerakli narsalarni olib chiqadi. sovuq taom va gazaklar uchun idishlar oladi, sovuq sexga olib qirib, o’zi qabul qilgan buyurtmani beradi. So’ng issiq sexga kirib, issiq taomlar buyuradi. Kassa mashinasida mahsulotlarni olish uchun chek yozdiradi. CHekni oshpazga bermaguncha ofitsiant taom tarqatadigan joydan ketmasligi kerak.
Ba’zi restoranlarda buyurtmaning ancha murakkab usuli mavjud. Bir necha turli buyurtmalarni bajarishga to’g’ri kelib qolsa, mijozlar guruxda 4—6 kishi bo’lsa, buyurtmalarni bajarish boshqacha bo’ladi. Avval ofitsiant idish-tovoqlar oladi va sovuq gazak buyuradi. Boshqa taomlarni ham olib, yordamchi stol ustiga qo’yadi, suv yoki boshqa ichimlikni to’g’ridan-to’g’ri stolga beradi. Bu vaqt buyurilgan sovuq gazak tayyor bo’ladi. Ularni spirtli ichimliklar bilan stolga qo’yiladi va issiq taom buyuriladi. Ularni ham belgilangan daqiqada olishi kerak.
Taomni tayyor bo’lgandan so’ng darxol berish zarur. Bir necha kishilarga bir xil taom, salat beriladigan bo’lsa, ofitsiant uni oladi va tarelkalarga bo’lib xo’randalar oldiga qo’yadi. Tarqatish joyidan taomlarni olgan ofitsiant ularning xar birini ko’rikdan o’tkazishi kerak. Bir xil shakllangan taomlarda xar xil kurinish bo’lsa, biri oz, biri ko’p bo’lsa, ofitsiant bunday taomlarni xo’randa oldiga qo’ymasligi lozim. Bunday xollarda bosh ofitsiant yoki ishlab chiqarish mudiri chaqiriladi, yo’l qo’yilgan xato tuzatiladi. Yaxshi shakllanmagan, kuygan yoki sovub qolgan taomni mijozga berish — restoran imijiga putur yetkazadi.2
Mijozning xohish-talablarini bajo keltirish va xizmat ko’rsatish sifati.
Restoranlar bozorida iste’molchilarning xulq-atvorini umuman olganda quyidagicha tavsiflash mumkin.
Ish shundan boshlanadiki, siz muayyan toifadagi iste’molchilar – maqsadli auditoriya e’tiborini qozonuvchi restoran ochasiz. Siz o’zingizga zarur kishilarga mo’ljallangan kerakli ommaviy axborot vositalarida kerakli reklamani joylashtirasiz. Sizning sa’y-harakatlaringiz natijasida, agar iste’molchilar sizga ishonch bildirsalar va restoraningizni diqqatga sazovor deb topsalar, ular albatta tashrif buyuradilar.
Agar restoraningizdagi muhit, taomnoma va servis iste’molchilarga manzur bo’lsa, foyda ancha katta bo’lishi mumkin.
Iste’molchilar restoranni tark etganlaridan so’ng bu yerda olingan yaxshi taassurot ularning ongida saqlanib qolsa, ular bu yerga yana keladilar.
Agar olingan taassurot juda yaxshi, ijobiy bo’lsa, ular sizning restoraningiz haqida o’z tanishlariga gapirib beradilar.
Agar keyingi tashriflar ham ularda ayni shunday ijobiy taassurot uyg’otsa, ular asta-sekin bu haqda o’zlarining barcha tanishlariga gapirib beradilar.
Yuqorida bayon etilgan qadamlarning barchasi tegishli darajada tashlansa, restoraningiz har doim gavjum bo’ladi va boshlagan ishingiz, hech shubhasiz, baroridan keladi.
Yuqorida keltirilgan zanjir ko’pincha oxirgi bosqichlarda uziladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun tashrif buyuruvchilarning xizmatlardan qanoatlanish darajasini kuzatish, ularning xohish-istaklari va iltimoslariga quloq tutish talab etiladi.

Iste’molchilarni o’rganish – siz amalda shug’ullanishingiz kerak bo’lgan asosiy tadqiqot. Agar siz o’z raqiblaringizning mavqeini, restoraningizning kuchli va kuchsiz tomonlarini yoki servisni yaxshilash uchun nima qilish kerakligini aniqlamoqchi bo’lsangiz, bularning barchasini o’zingizni qiziqtirgan iste’molchilardan so’rashingiz lozim. Pirovard natijada aynan ular sizning taqdiringizni ham, raqiblaringizning taqdirini ham belgilaydilar.3
Iste’molchilarni o’rganishda siz duch kelishingiz mumkin bo’lgan asosiy qiyinchilik shundan iboratki, ularning xulq-atvori, munosabatlari, fikrlari, mulohazalari va baholari doim ham bir xil bo’lavermaydi. Iste’molchilarning moyilliklari beqarorlik, oldindan aytib bo’lmaslik va o’ta o’zgaruvchanlik bilan tavsiflanadi. Bu iste’molchilar amalga oshiruvchi xaridlarning to’satanligi va tartibsizligida ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Bunday to’satanlik va tartibsizlikni umumiy ovqatlanish muassasalariga tashriflarning aksariyatida ham kuzatish mumkin. SHunga qaramay, siz o’z iste’molchilaringizning xulq-atvorini o’rganishingiz kerak, shundagina siz ularning ehtiyojlarini raqiblaringizdan yaxshiroq qondirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. O’z iste’molchilaringizning xulq-atvori asoslarini tushunishga harakat qilsangiz, xato qilmagan bo’lasiz. Lo’nda qilib aytganda, siz o’zingizning odatdagi iste’molchingiz fikr-mulohazalarining harakat yo’nalishini tushunishingiz, ularning restoranlar bozori vakillari haqidagi fikri va ularga munosabatini (masalan, bu kafeda mazali taomlar taklif qilinadi, bu restoran yaxshi servis bilan ajralib turadi, bu yerga men har jumada tashrif buyuraman, chunki ish haftasining oxirida bu yerda nisbatan arzon xizmatlardan foydalanib, yaxshi dam olish mumkin), xizmatlarni tanlashni amalga oshirishga nisbatan uning yondashuvini aniqlashingiz lozim.
Bu oson ish emas. Ammo iste’molchilar xulq-atvori haqida aniq tasavvur hosil qilishga urinib ko’rish kerak. Agar bunday tadqiqotni siz o’tkazmasangiz, uni raqiblaringiz o’tkazadi. Boshqa teng sharoitlar (bir xil narxlar, ayni bir zamonaviy uskuna va jihozlar, tajribali xodimlar)da iste’molchi o’z shaxsiga ko’proq e’tibor ko’rsatgan muassasani tanlaydi.
Quyida keltirilgan omillar restoranlarni sifatli rivojlanishi va iste’molchilarni jalb qilishga ta’sir ko’rsatadi:
  1. Asosiy piyoda yo’nalishiga yaqin joylashganligi.


  2. Metro yo’nalishlarining yaqinligi.


  3. Avtomobil to’xtov joylarini mavjudligi.


  4. Taomlarning yuqori sifat darajasi.


  5. Taomlar turlarining ko’pligi.


  6. Taomlar narxi.


  7. Xizmat ko’rsatish sifati.


  8. Tashrif buyuruvchilar tarkibi (kontingenti).


  9. Restoran intereri.


  10. Restoran maydonining katta-kichikligi.


  11. Xona haroratini ta’minlovchi jixozlarning mavjudligi.


  12. Tovushlar shovqinligi darajasi, zalning akustika darajasi.


  13. Restoran nufuzi va obro’liligi.


Yuqoridagi omillarning iste’molchilar tashrifiga ta’sirini o’rganishda ularning restoranga qaysi maqsadda kelishiga bog’liq ekanligini va shunga qarab o’zgarishini aniqlandi.


Jumladan, restoranga iste’molchilar oilaviy dam olish va ovqatlanish, biznes uchrashuvini o’tkazish, do’stlar davrasidan baxramand bo’lish, romantik xordiq chiqarish, banket ziyofatlarini va to’y marosimlarini o’tkazish uchun tashrif buyurishlari mumkin.

Yüklə 22,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin