1.
Zamburug‘ni qaysi urug‘ga tegishli ekanligi aniqlang.
22-masala.
Nimaga spiroxetalarni tekshirish uchun, nativ preparatlarni
mikroskopning qorong‘ilatilgan maydonida ko‘rish qo‘llaniladi, tushun-tirib bering
Mustaqil ish topshiriqlari
25
1.
Gram usulida mikroorganizmlarni identifikatsiyalash
2.
Mikroorganizmlarnig morfologik turlarini ajratish.
3.
Bemordan ashyo ajratish.
4.
Laboratoriyadan ishlash texnika qoidalari.
5.
Laboratoriyada ishlatiladigan apparaturalar bilan ishlashni o‘rganish
Nazorat uchun savollar
1.
Mikrobiologiya fani nimani o‘rganadi?
2.
Prokariot deb nimaga aytiladi?
3.
Eukariot deb nimaga aytiladi?
4.
Prion deb nimaga aytiladi?
5.
Sferoplast deb nimaga aytiladi?
6.
Protoplast deb nimaga aytiladi?
7.
Spiroxetalarning morfologik tuzilishi qanday?
8.
Rikketsiyalarning morfologik tuzilishi qanday?
9.
Mikoplazmalarning morfologik tuzilishi qanday?
10.
Xlamidiyalarning morfologik tuzilishi qanday?
11.
Aktinomitsetlarning morfologik tuzilishi qanday?
12.
Zamburug‘larning morfologik tuzilishi qanday?
26
BAKTERIYALARNING FIZIOLOGIYASI.
Barcha organizmlar atrof muhit bilan moddalaralmashinadi, ularning
oziqlanishi va ko‘payishi uchun etarli miqdorda oziq modda zarur. Bulardan
bakteriya o‘zining tana qismlarini sintez qiladi. O‘z navbatida turli moddalarning
oksidlanishi va qaytarilishi natijasida kerakli energiya hosil bo‘ladi. Bakteriyalar
uchun energiya manbai yorug‘lik hamda noorganik va organik moddalardir.
Mikroorganizmlar energiya manbai va elektron beruvchi donorlarga ko‘ra
fototroflar va xemotroflarga bo‘linadi, bakteriyalar uchun energiya manbai Quyosh
nuri hisoblanadi.
Xemotorflar
energiyani oksidlanish va qaytarilish reaksiyalaridan
oladi.
Fototroflar
ga faqat saprofit mikroorganizmlar kiradi. Odamlarda kasallik
qo‘zg‘atuvchilardan xemosintez qiluvchi mikroorganizmlar etakchi o‘rinni
egallaydi. Xemotroflar o‘z navbatida xemolitotroflarga va xemoorganotroflarga
bo‘linadi.
Xemolitotroflar-
energiyani
noorganik
moddalardan
oladi;
xemoorganotrof bakteriyalarning oziqlanishi uchun organik moddalar zarur.
Litotroflar
- energiyani noorganik moddalardan oladi. Ular tabiati o‘ziga xos
bo‘lib, qurilish materiallarini emiradi, metallarni zanglatadi, neft zahiralarini
quritadi, sifatini pasaytiradi.
Xemolitotroflarga issiqtalab mikroorganizmlar kiradi. Bunday bakteriyalar
okeanlar tubida 1000 atm. va undan yuqori bosimli joylarda, juda sho‘r ko‘llarda,
tog‘ qoyalarida, qizigan qumli cho‘llarda bo‘ladi. Bundan tashqari, paxta
to‘plamlari va xashaklar ichida bo‘lib, ularning yonib ketishiga ham olib kelishi
mumkin. Organotroflar saprofit va parazit mikroorganizmlarga bo‘linadi.
Saprofitlar
-o‘lgan, organizmlarning organik qoldiqlari bilan oziqlanadigan
bakteriyalar.
Parazitlar
-tirik organizmda yashab, xo‘jayin hujayrasida uning hisobiga
oziqlanadigan mikroorganizmlar.
Autotroflar
– karbon yoki azot manbasi anorganik moddalar bo‘lgan, erkin
yashovchi mikroorganizmlarni katta turi. Autotroflar karbon manbasi sifatida
asosan is gazi yoki uning tuzlari, azot manbasi sifatida molekulyar azot, ammoniy
tuzlari, nitratlar va boshqalardan foydala-niladi.
|