Mikroelementlarning odam organizmidagi ahamiyati (Fe)



Yüklə 136,82 Kb.
səhifə2/4
tarix28.03.2023
ölçüsü136,82 Kb.
#90560
1   2   3   4
Mikroelementlarning odam organizmidagi ahamiyati (Fe)

Fe elementi haqida

Temir (lotincha Ferrum), Fe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir 4 ta barqaror izotop: 54 Fe (5,84%), 56 Fe (91,68%), 57 Fe (2,17%) va 58 Fe (0,31%) dan iborat. Temir qadimdan ishlatib kelingan. Inson dastlab metiorit temirini bilgan. Temirning qadimgi xalqlar tilida atalishi bunga dalildir: qadimgi misrliklar tilida "benipet" — "osmon temiri" maʼnosini bildiradi; qadimgi yunoncha sideros, lotincha sidus — yulduz, osmon jismi bilan bog’laydilar. Milloddan avvalgi XIV asrlardagi xettlar yozuvida temir haqida osmondan tushgan metall deb eslanadi. Roman tillarida temirning rumocha atalish negizi saqlanib qolgan (masalan, fransuzcha fer, italyanchada ferro).
Milloddan avvalgi 2000- yillarda Osiyoning g‘arbiy qismida temirni rudalardan olish usuli topilgan. Shundan keyin temir Misr, Yunonistonda ham ishlatiladigan bo’ldi; jez davrini temir davri egallay boshladi.
Temir tabiatda eng ko’p tarqalgan element. Yer po’stida massa jihatidan 4,65% temir bor. Temirning 300 dan ortiq minerallari maʼlum bo’lib, ular temir rudalarining asosini tashkil etadi.Temir oddiy modda holatida kumushsimon oq tusli, plastik va mustahkam (pishiq) metalldir. Mazkur metallning mexanik xossasiga uning tarkibida bo‘lgan aralashmalar katta ta‘sir ko‘rsatadi. Fe-Co-Ni qatorida chapdan o‘ngga o‘tgan sari bu metallarning kimyoviy aktivligi kamaya boradi. Temir suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishganda vodorod ajratib chiqaradi:
Fe + H2O = 4H2 + Fe3O4
Nihoyatda toza temir zanglamaydi. Chunonchi, Hindistonda toza temirdan yasalgan bo‘yi 10 metrli ustun bor, u 3000 yildan ortiq vaqt ichida zanglamagan.
Temir hayot uchun kerakli element. U qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi .To‘qimalarda oksidlovchi-qaytaruvchi ferment vazifalarini bajaradigan moddalar tarkibida ham bo‘ladi. Sitoxrom va nafas fermentining qaytarilgan shaklida ikki valentli temir bo‘lib, ularning oksidlangan shaklida uch valentli temir mavjud. Hayvon organizmlari va o‘simliklarda o‘rta hisobda 0,02% temir bo‘ladi. O’zida ko’pgina miqdorda temir to’playdigan organizmlar (konsentratorlar) ham bor (masalan, temir bakteriyalar 17— 20% gacha temir to’playdi). Hayvon va o’simliklar organizmidagi temir oqsillar bilan bog’langan bo‘ladi. O’simliklarda temir yetishmasa, o‘sishi sekinlashadi va xlorofill hosil bo‘lishi kamayadi,xloroz kasalligi kelib chiqadi, ko’payib ketsa ham zarar qiladi, masalan, sholi kam don tugadi. Shu bois bunday holatlarni bartaraf qilishda o‘simliklarning parvarishi ratsionida mikroelement tarkibli o‘g‘itlar doimiy ravishda bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi.Odam va hayvonlar temirni ovqatdan oladi (jigar, go’sht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida temir ayniqsa ko’p bo’ladi). Odam organizmi uchun bir kecha kunduzda 60– 100 mg temir kerak. Temir moddasi obligat metallar, ya‘ni biometallar qatoriga kirib organizmni normal faoliyati kechishida katta ahamiyatga egadir. Bunga misol bo‘lib biosferada ushbu metallni keng tarqalgani hisoblanadi.

Erkaklarda temir moddasini umumiy og‘irligi 4,5-5g, ayollarda 3-4g. Temir moddasini 1,25-3 g miqdori (75%) gemoglobinda o‘rnashgan. Qon zardobidagi Fe ml miqdori, ko‘p ma‘lumotlarga ko‘ra 70 dan 190 mkg % gacha bo‘ladi, o‘rta hisobda 23 mkg %. Aniqlanganki,1 g gemoglobinda 3,4mg temir bor, 1litr qonda esa ushbu metallni 500mg ga yaqin miqdori joylashgan. Ko‘rsatilgan temir moddasini 2,6g (57%) gemoglobinga; 0,4 (9%) – mioglobinga to‘g‘ri keladi. Kamqonlik va gemoglobinni pasayib ketishi, uning og‘ir asoratlari hozirgi kunda tibbiyot fanining dolzarb masalalaridin biridir. Biokimyo protsesslarini (ferment, gormon, vitaminlar) regulyatsiya tizimiga kira olgan mikroelementlar (ME) hujayra ichidagi almashuv protsesslaridan muhim omil bo‘lib qolmoqda. To‘qimalardagi temir moddasi erkin kation holatida har-xil oqsil va fermentlar tarkibida bo‘ladi, uning ko‘p qismi koferment sifatida uchraydi.Temir moddasining eng katta soni (uchdan ikkisi) eritrotsitga to‘g‘ri keladi (normoblastlar va eritrotsitlar), uchdan bir bo‘lagi esa zaxirali temir – ferritin va gemosiderinni tashkil qiladi. To‘qimadagi (mioglobin, fermentlar) va transportdagi temir moddasini umumiy tarkibi uning organizmidagi hamma hajmidan 6% dan oshmaydi.




  1. va Ionlari haqida

Gemoglabin va uning birikmalarining tuzilishi. Oqsil – globin (giston) va gem deb ataladigan temirprotoporfindan iborat bo‘lgan bu metallprotein gemoglobin deb atalib qisqa qilib Hv shaklida yoziladi; u qizil qon tanachalari – eritrositlar tarkibida bo‘ladi. Uning fiziologik funksiyasi kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga tashishdan iborat.
Metin ( – CH ) gruppalari orqali bog‘langan to‘rt pirrol halqasidan iborat porfin skeleti gem tarkibida ikki valentli temir atomi bilan koordinatsiyalovchi aloqada bo‘ladi. Porfin skeletidagi pirrol halqalarining 8 ta vodorod atomining turli yon shoxchalar bilan almashinuvi natijasida ayrim porfinlar hosil bo‘ladi. Porfinlarning ximyaviy strukturasi 1910 – 1940 yillarda, asosan, Gans Fisher va Nenskiy tomonidan aniqlangan. Gem molekulasida temir bilan bog‘langan IX protoporfin katta porfinlar oilasining a‘zolaridan biri bo‘lib, uning strukturasida ikkita vinil, to‘rtta metil va ikkita propinat kislota qoldiqlari ma‘lum tartibda pirrol halqalaridagi vodorod atomlarining o‘rnini oladi. Gem molekulasi markazida joylashgan ikki valentli temir atomi ikki pirol halqalarining azot atomlariga asosiy bog‘lar bilan, qolgan ikkitasiga qo‘shimcha bog‘lar bilan birlashgan. Gem va uning hosilalarining xossalari bu birikma tarkibidagi temir atomining elektron holatiga bog‘liq. Gemoglobin tarkibida to‘rt temir atomi, ya‘ni to‘rtta gem bor. Gem molekulalari giston tipidagi oqsil globin bilan bog‘langan. Globinning o‘zi to‘rtta polipeptid zanjiridan iborat bo‘lib, bu zanjirlarning har jufti bir xil tuzilishga ega. Ular α va β zanjirlar deb belgilangan va birlamchi strukturalari aniqlangan: α- zanjir 146 ta aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan. Yuqori rivojlangan umurtqalilar gemoglabini simmetrik tuzilgan bo‘lib, bir xildagi ikkita yarim palladan iborat. Kata odam gemoglobinining har bir yarimpallasida bittadan α va β zanjirlari bor, lekin gemoglobinning boshqa xillarida bu juftlar boshqacha bo‘lishi mumkin. Masalan, homilaning gemoglobinida ikkitadan α va ɣ zanjirlar mavjud. Tug‘ulishdan keyingi rivojlanish davrida qon gemoglobini kam miqdorda δ- zanjirlar ham tutadi.

Gem oqsil komponent bilan globin molekulasidagi gistidin qoldiqlari orqali bog‘langan deb hisoblanadi. Bu bog‘lanish temirning qo‘shimcha valentliklari bilan ikkita imidazol halqasining N atomlari orasida paydo bo‘lib, oqsil va uning prostetik gruppasi o‘rtasida mustahkam kompleks bog‘ hosil qiladi. Gem bilan gemoglobin kompleksi faqat ishqor ta‘sirida parchalanadi, lekin bunday parchalanish natijasida gem emas, balki uch valentli temir atomi tutadigan temirporfirin birikmasi ajralib chiqadi. Masalan, qon eritmasi osh tuzi ishtirokida konsentrlangan sirka kislota bilan qizdirilganda gem o‘zining oksidlangan shakligemin holida ajraladi. Tajriba mikroskopik oyna ustida o‘tkazilganda hosil bo‘lgan gemin kristallari juda harakterli ko‘rinishda bo‘lganidan bu reaksiya qonni tekshirish uchun qulay hisoblanadi. HvA dan tashqari katta odam qonida yana HvA2, yangi tug‘ilgan bola qonida HvF shaklida belgilanadigan fetal (chaqaloq) gemoglobini ham bor. HvA2 qondagi gemoglobinning faqat 2,5 % ini tashkil etadi, u ham to‘rtta polipeptid zanjiriga ega. Ularning ikkitasi α, qolgan ikkitasi esa δ- zanjirlardir. δ- zanjirlarning birlamchi strukturasi o‘zaro farqlanadi, lekin bu holat hali to‘la tasdiqlangan emas. Yangi tug‘ilgan bola bir yoshga yetguncha uning qonidagi HvF asta-sekin HvA bilan almashinadi, lekin katta odam qonida ham taxminan umumiy gemoglobin miqdorining 1,5% i fetal gemoglobinga to‘g‘ri keladi. Odamlar qonida doimiy mavjud bo‘lgan normal gemoglobinlardan tashqari juda ko‘p mutant gemoglobin tiplari kashf etilgan. Elektroforez va xromotografiya usullari (barmoqlar tamg‘asi usuli ) dan birgalikda foydalanish odamlar qonida shakli, ximiyaviy tarkibi va zaryadining kattaligi bilan farqlanadigan 150 ga yaqin mutant gamoglobinlarning uchrashini tasdiqladi. Anomal gemoglobinlar ko‘pincha nuklein kislota molekulasida yagona aminokislotani kodlovchi tripletning o‘zgarishidan kelib chiqqan mutatsiya oqibati bo‘lib, nasldan-naslga o‘tadi. Ko‘pincha bunday mutant gemoglobinlarda nordon aminokislota bilan almashingan bo‘ladi. Barcha turda ham gemoglobin molekulasining geterogenligi aniqlangan.


Ximiyaviy tomonidan gemoglobinga yakin yana bir qator temir — porfirinli proteinlar mavjud. Ular qatoriga umurtqalilar va umurtqasizlarning muskullaridagi nafas pigmenti — mioglobin kiradi. Metalloprotein molekula og‘irligi 17000 ga teng yakka polipeptid zanjiridan iborat bo‘lib, bir moleku- lada 1 ta temir atomi bor. Mioglobin ham globinga o‘xshash, kislorod bilan qayta birikish qobiliyatiga ega. Bu qatordagi boshqa muhim temir proteinlar hujayraning sitoxromlari deb ataladigan nafas pigmentlari gruppasidan iborat. Ular barcha aerob organizmlar hujayrasidan topilgan. Sitoxromlarning eng to‘la o‘rganilgan vakili — sitoxrom s ning molekulyar og‘irligi 13000 ga teng bo‘lib, u tarkibida bitta temir tutadi. Organizmda keng tarkalgan temir tutuvchi ferment — katalaza bir qancha manbalardan kristall shaklida olingan. Uning molekula ogirligi, taxminan, 24500 ga teng bo‘lib, tarkibida to‘rtta temir atomi bor. Boshqa oksidlovchi ferment — peroksidazaning molekulyar og‘irligi 44000 ga teng, tarkibida bir atom temir tutadi.
Tarkibida temir tutuvchi bu proteinlarning prostetik gruppasi gem temirning protoporfirin IX bilan hosil qilgan kompleksdir. Shuning uchun ularni gemproteinlar deb atasa bo‘ladi. Turli gemproteinlar bir-biridan tarkibidagi oqsil molekulasining tabiati va uning gem bilan bog‘lanishidagi farqi tufayli ajraladi. Tuban hayvonlarning ba‘zi oilalarida gemoglobinga o‘xshash, kislorod tashish qobiliyatiga ega bo‘lgan gemotsianin nomli xromoprotein ham topilgan. Bu pigment tarkibida temir o‘rniga mis atomi tutishi bilan gemoglobindan farqlanadi. Uni prostetik gruppasining tabiati ham aniq ma‘lum emas.Yaqinda gemning, tarkibida azot tutuvchi moddalar, shu jumladan, aminokislotalar piridin, nikotin va boshqalar bilan beradigan barcha birikmalariga gemoxromogen degan umumiy nom berilgan. Bu nuqtai nazarga ko‘ra, gemning dorida keltirilgan turli komplekslari gemoxromogenlarning ayrim vakillaridir.
Gemoglobin Hv tabiatda uchraydigan barcha moddalar orasida molekular kislorod bilan qaytalama birikish qobiliyatiga ega bo‘lgan birdan-bir moddadir. Bu xususiyat gemoglobinning qizil qon tanachalari ichida kislorodni tashib yurishdan iborat g‘oyat muhim biologik ahamiyatini belgilaydi.
1 g gemoglobin eritmada normal sharoitda, taxminan, 1,36 ml kislorod bilan birikadi.Uning prostetik gruppasi yoki oqsil qismi biror ximiyaviy o‘zgarishga uchrasa, bu xususiyat yo‘qoladi. Gemoglobin CO va boshqa gazlar bilan oson birikadi, lekin qonda gemoglobinning bunday hosilalari uchramaydi, chunki bu gazlar nafas orqali organizmga kirganda hosil bo‘ladi. Gemoglobining turli xosilalari o‘ziga xos yutish spektoriga ega, ya‘ni ular orqali yorug‘lik o‘tkazilganda ma‘lum to‘lqin uzunligidagi nurlar yutilishi tufayli, ekranda qora chiziqlar paydo bo‘ladi. Yutish spektorlarini tekshirish orqali gemoglobinning hosilalarini juda kam konsentrasiyada ham xatosiz aniqlash mumkin. Gemoglobinning quyidagi hosilalari muhim ahamiyatga ega.
Oksigemoglobin H2O2—gemoglobinning kislorod bilan to‘g‘ridan-to‘gri birikishidan hosil bo‘ladi. Bu birikma beqaror bo‘lib, uning qondagi miqdori kislorodning parsial bosimiga qarab o‘zgarib turadi.Kislorod parsial bosimi baland bo‘lgan o‘pka alveolalarida qon kislorod bilan to‘yinadi va HvO2 miqdori ortadi. To‘qimalarda kislorodning parsial bosimi past bo‘lganidan oksigemoglobin bu yerda dissotsiyalanib, hujayralarga kislorod beradi. Demak, gemoglobinning tashib yuradigan kislorodi miqdori quyidagi oddiy tenglama bo‘yicha kislorodning parsial bosimiga bog‘lik bo‘ladi.
Oksigemoglobinida kislorod gem molekulasidagi temir atomiga kovalent bog‘lar orqali birikkan emas, binobarin, temirning valentligi ikkiga tengligicha qoladi va kislorodning birikishi yoki ajralishi tufayli o‘zgarmaydi. Gemoglobin eritmasi bilan muvozanatda bo‘lgan kislorodning parsial bosimi kamaytirilganda qaytarilgan gemoglobin hosil bo‘lib, unda temirning valentligi ham ikkiligicha qoladi.
Karboksigemoglobin Hv CO — gemoglobinning uglerod (II) oksid CO (is gazi) bilan hosil qilgan birikmasi. Bu modda odam va hayvonlar nafas olish havo tarkibida CO bo‘lganda vujudga keladi. Bu kompleksda Hv va CO orasidagi bog‘ Hv bilan 0> o‘rtasidagi bog‘ga qaraganda 200 marta mustahkam. Hv CO ning dissotsiyalanish darajasi kuchsiz bo‘lganidan is gazi oksigemoglobindan kislorodni osonlik bilan siqib chiqaradi. Shuning uchun nafas olgandagi havoda 1% CO bo‘lgandayoq gemoglobinning 95% i karboksigemoglobinga aylanadi. Bunday gemoglobin kislorod bilan birika olmay, o‘zining kislorod tashish funksyasini bajarmaydi. Natijada to‘qimalar, birinchi navbatda, miya to‘qimasi kislorodning yo‘qligi tufayli nobud bo‘ladi. Is gazi bilan zaxarlanishning o‘limga olib kelishi sababi ham ana shu. Metgemoglobin — metHv oksigemoglobin yoki gemoglobinni oksidlash tufayli (masalan, qizil qon tuzi K3 [Fe(CN)6], azot oksidlari, metilen ko‘ki bilan) hosil bo‘ladi. Bu kompleksda temir uch valentli bo‘lib, gemoglobin kislorod bilan birikish qobiliyatini yo‘qotadi
H2O2 + K3[Fe(CN)6] + KOH =HvOH + K4[ Fe(CN)6] + O2
Met Hv qonda ba‘zi oksidlovchi moddalar bo‘lganda, ma‘lum miqdorda uchraydi. U ham o‘pkadan to‘qimalarga kislorod tashish funksiyasini bajara olmaganidan, qonda metgemoglobin ko‘p bo‘lganida, kislorod yetishmasligi tufayli o‘lim yuz beradi. Metgemoglobinga sianid kislota ta‘sir ettirilganda kuchsiz toksik xususiyatli sian-metgemoglobin hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan metgemoglabinning miqdorini belgilash mumkin. Sianid kislota oksigemoglobin yoki qaytarilgan gemoglobin bilan reaksiyaga kirishmaganligidan sianid kislotadan zaxarlanganda, qonda kislorod tashish qobiliyatining yo‘qolishi o‘limga olib bormaydi.



  1. Yüklə 136,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin