Mikroelementlarning odam organizmidagi ahamiyati (Fe)


Fe ionlarining o’simlik hayoti va inson organizmidagi ahamiyati



Yüklə 136,82 Kb.
səhifə3/4
tarix28.03.2023
ölçüsü136,82 Kb.
#90560
1   2   3   4
Mikroelementlarning odam organizmidagi ahamiyati (Fe)

Fe ionlarining o’simlik hayoti va inson organizmidagi ahamiyati

Temir tanqisligi kamqonlikga sabab bo‘lishini aniq bilish uchun bemorga 1-2 oy ichida temir moddasi bor preparatlarni berish bilan aniqlanadi. Agarda davolash davrini 1-2 oydan keyin gemoglobin miqdori 1g/dl va undan yuqori bo‘lsa, unda kamqonlikni asosiy sababchisi temir yetishmasligidir. Lekin bu holat ro‘y bermasa temir tanqisligi sababini aybdor bo‘lmagan degan xulosa qilishga shoshilish kerak emas, chunki bunda bemor dori ichmaganligini, sxema bo‘yicha qo‘llamaganligi yoki temir so‘rilishini tanada buzilishidir. Hali ham chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalardagi qon zardobida gemoglobin va ferritin moddasi albatta temir kamchiligini, uning buzilishi bilan bog‘lash aniq bo‘lmagan. Ferritin miqdorini 10-12 mg/l temir tanqisligini belgilashda katta yoshdagi aholi guruhi uchun hisoblab chiqilgan. Bir nechta izlanishlarda rivojlangan davlatlar misolida, shu bilan birga sog‘lom bo‘lgan chaqaloq bolalarda va temirga boy oziq – ovqat iste‘mol qilinganda juda yuqori foizga ega bo‘lgan bolalar (20-30%) da gemoglobin miqdori 11g/dl dan past ekan. Bu holat bularda ushbu qon ko‘rsatkichini normasini juda yuqori belgilanganligiga dalolat beradi. Ushbu tekshirishlarda yuqorida norma deb ko‘rsatilgan miqdor (11g/dl) o‘rniga chaqaloqlarda kamqonlikni aniqlashda 10,5 ya‘ni 10,3 g/dl yoki undan past miqdorni ishlatish tavsiya qilinadi.Organizmni temir moddasini kamayishini oldini olish va davolash, ularga bog‘liq holda har xil a‘zolardagi morfologik va ikkilamchi funksional o‘zgarishlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ancha yomon holda o‘tkazilayotgan, korreksiya qilinayotgan chora tadbirlarga to‘qimalardagi distrofik (morfologik) o‘zgarishlar, ular ichida oshqozon-ichak trakti yon bosayapti. Temir tanqisligining eng ko‘p sabablaridan biri bu har xil holatdagi qon yo‘qotishlardir, shuning uchun ularni manbaini yo‘q qilish – TTKni davolashda birinchi vazifadir. Ushbu ko‘rinishdagi kamqonlikni davolashda asosiy usul bo‘lib albatta temir modda preparatlarini buyurish, asosan ichga qabul qilishdir. Ushbu maqsadda qo‘shimcha vositalardan foydalanishda askorbin, yantar, fumar, limon, olma kislotalari, fruktoza, bir nechta aminokislotalar qo‘llaniladi. Ular oshqozon-ichak traktida temirni yaxshi so‘rilishiga va uni gemopoetik to‘qimalarga qabul qilinishiga yordam beradi. TTKni parenteral terapiyasi faqat qat‘iy ko‘rsatmalar asosida bajariladi.
Oxirgi yillarda insonni ovqatlanish xarakteri va o‘ziga xos o‘zgarishlarni chuqur o‘rganish bilan birga aholini har xil yoshdagi guruhlarida ovqat yordamida temir moddasini kelib tushishini kamchiliklari sabablari to‘g‘risida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Mutaxassislarni ovqat ratsionlarida temir moddasini miqdori, har xil ovqat ratsionlarida belgilangan temir moddasini qabul qilishi, absorbsiyani kuchaytiradigan va to‘xtatadigan omillarni qiziqtirmokda. Shunga bog‘lik holda ovqatlanish ratsionini tuzishda ilmiy yondashish organizmga temir moddasini samarali ko‘rib chiqishni hisobga olgan holda olib boriladi.





Xulosa
Organizmga temir oziq-ovqat bilan tushib, asosan ingichka ichakda so‘riladi. Odam organizmi bir sutkada 2-2,5 mg temirni o‘zlashtirishi mumkin. Bunda hayvon mahsulotlari tarkibidagi temir o‘simliklar tarkibidagiga qaraganda tezroq so‘riladi. Mevalar tarkibidagi temirning bor yo‘g‘i 3 foizi so‘rilganda go‘shtdagi temirning 18-22 foizi o‘zlashtiriladi.
Temirtanqis kamqonligi bor odamlarga sut mahsulotlarini kamroq iste’mol qilish tavsiya etiladi!
Gemoglobin parchalanganda temirning ko‘p qismi organizmda qolib, qon yaratishda yana qayta ishtirok etadi. Qolgan qismi esa axlat va siydik bilan, teri va shilliq qavatlarining kepaklanishi natijasida chiqib ketadi. Ma’lumotlarga qaraganda erkaklar sutkasiga 1 mg temir yo‘qotadilar. Ayollar esa shuncha temirni hayzdan, homiladorlikdan va emizishdan boshqa paytlarda yo‘qotadi. Temir tanqis anemiya tug‘ish (fertil) yoshdagi ayollarda ko‘p uchraydi.


Yüklə 136,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin