Mikroiqtisodiyot bu rag'batlantirish va qarorlarning ta'sirini, xususan, ularning resurslardan foydalanish va taqsimlanishiga qanday ta'sir qilishini o'rganadigan ijtimoiy fan


Talabning bir qator muqobil variantlari



Yüklə 20,21 Kb.
səhifə3/5
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Kb.
#157552
1   2   3   4   5
Mikroiqtisodiy asosiy kategoriyasi(chiqarildi)

Talabning bir qator muqobil variantlari.
Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. SHu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin:ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlarni ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farqlanadi: yakka talab va bozor talabi.
Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarni shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga’irgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat ʻul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu ʻul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi ʻul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – ʻul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’’chilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.
Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’’langan talab.
Tovarga bo’lgan talab ko’’lab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib to’gan talab.

Yüklə 20,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin