Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi Reja:
Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda “Mikroiqtisodiyot” fanining roli
“Mikroiqtisodiyot”fanining predmeti, vazifalari va metodi
Tanlash muammosi. Alternativ harajatlar
Iqtisodiy tahlil metodologiyasi
1.Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda“Mikroiqtisodiyot” fanining roli Har bir inson jamiyatda yashayotgan ekan, u doimiy ravishda iqtisodiy jarayonlarga duch keladi, iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlaydigan yo‘nalishlarni tanlash va yuqori natijalarga erishishdan iborat. Odatda kishilar o‘z manfaati yo‘lida, korxonalar – foyda miqdorini ko‘paytirish yo‘lida harakat qiladi, davlat bo‘lsa ana shular faoliyatini yagona maqsad yo‘lida – jamiyatning farovonligini, kishilar turmush sharoitini yuksaltirishga qaratishi lozim. Turli davlatlarda bu maqsadga har xil darajada erishiladi.
“Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xo‘jaligining quyi bo‘g‘inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo‘lganligi uchun u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarni ko‘paytirishni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy muammolarning tub mohiyati resurslarning cheklanganligi hamda inson ehtiyojlarining cheklanmaganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon iqtisodiyot nazariyasining predmetini belgilab beradi.
Iste’molchio‘zining daromadlarini cheklanganligi sababli, istalgan tovar va xizmatlarni sotib ola olmaydi. Firmao‘zi uchun muhim ustivor yo‘nalishlarni belgilab olib, boshqa yahshi loyihalardan voz kechishga majbur.
Davlato‘zining ijtimoiy siyosatini qat’i belgilangan chegaralarda olib borishga majbur. U daromadlari cheklanganligi sababli, fundamental ilmiy tadqiqotlarni bir vaqtning o‘zida moliyalashtira olmaydi.