Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini nazorat qilishda quyidagi mezonlartavsiya etiladi: 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish;
fanga oid ko‘rsatkichlarni iqtisodiy tahlil qilishda ijodiy fikrlay olish;
o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;
mehnat munosabatlariga oid tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish;
o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish;
tahlil natijalari asosida vaziyatga to‘g‘ri va xolisona baho berish;
o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
o‘rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish.
4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish;
o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish;
o‘rganilayotgan jarayonlarni jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish.
3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish;
o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
o‘rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish.