Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot


Kurs ishi mavzusining obyekti



Yüklə 272,01 Kb.
səhifə3/14
tarix01.06.2022
ölçüsü272,01 Kb.
#60372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Shohjahon kurs ishi

Kurs ishi mavzusining obyekti. Iste`mol, jamg`arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, iste`molga, jamg`armaga o`rtacha moyillik, O`zbekistonning investitsion siyosati va investitsiya hamda jamg`arma o`rtasidagi muvozanat.
Kurs ishi mavzusining predmeti. O`zbekiston Respublikasida aholining iste`mol va jamg`arish qobiliyatlari, investitsion siyosatning tutgan o`rni hamda uni rivojlantirish usullari.
Kurs ishining maqsadi. Iste`mol va jamg`armaga ta`sir etuvchi asosiy va boshqa omillarni o`rganish bilan bir qatorda jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi bog`liqlikni

aniqlash, faol investitsion siyosat iqtisodiyot rivojining asosiy mexanizmlaridan biri ekanligini tushunib tahlil qilishdan iborat.


Kurs ishining vazifalari.

  • Iste`mol va jamg`armaning mohiyati va funksiyalari;

  • Iste`molga va jamg`armaga o`ratcha moyilik;

  • O`zbekiston Respublikasining investitsion siyosati va uning istiqbollari.

Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, beshta savoldan iborat bo`lgan reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

  1. Iste’mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari

Avvalo, iste`mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni bilan tanishib oladigan bo`lsak , iste`mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish hisoblanadi va u C – shartli harfi orqali belgilanadi (consumption inglizcha – iste`mol) Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (keying sahifalarda) iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida eng katta ulushga ega bo‘lgan komponentdir.
Y = { C } + I + G+ Xn
2019- yilda O‘zbekiston Jahon banki( World data bank) ma’lumotlariga ko‘ra Respublikamizda bu ulush 70.8 % ni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Quyida mamlakatimizda so`nggi 10 yillikda iste`mol sarflari YaIM dan qancha ulush egallagani haqidagi garfik bilan tanishamiz.

1.1-chizma
1.1 – jadval. O`zbekistonda iste`mol miqdori YaIM hisobidan
Demak, berilgan grafik va jadvaldan shuni ko`rish mumkinki, so`nggi yillarda iste`mol ulushi sezilarli darajada pasaygan va eng yuqori ko`rsatkich 2016-yilga to`g`ri kelib, 77.8 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari unumli va shaxsiy iste`mol farqlanadi. Unumli iste`mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo`lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste`mol qilinishi, ya`ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanishni anglatadi. Shaxsiy iste`mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro`y berib, bunda iste`mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi.
Uy xo`jaliklari tasaruffidagi daromadning iste`mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg`armalarini tashkil etadi. Iste`mol va jamg`arma hajmi va unga ta`sir etuvchi omillar o`rtasidagi bog`liqlik iste`mol va jamg`arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni tahlil etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqati nazarlari o`zaro farq qiladi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko`ra, kishilar o`z mablag`larini qo`shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg`armaga yo`naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko`ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo`lsa ularning jamg`armaga qiziqishi shu qadar kuchli bo`ladi, ya`ni jamg`arma real foiz stavkasining o`sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste`mol va jamg`arma mablag`larining yig`indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o`sishi bilan iste`mol kamayib, pasayishi bilan esa ko`payib boradi. Xulosa qilib aytganda klassik maktab vakillari jamg`arish hajmini foiz stavkasi funksiyasi qarashadi.

1.2 – jadval.O`zbekistonda umumiy hamda uy xo`jaliklarining jamg`arish miqdori Mazkur grafikda O`zbekistonda so`nggi yillardagi jamg`arish miqdori YaIM ulushida keltirilgan bo`lib, unga ko`ra uy xo`jaliklari jamg`armalari miqdori 2015-yildan boshlab pasayganini ko`rsak, keyinchalik yana o`sib borgan va so`nggi 2018 va 2019-yillarda unchalik o`zgarmagan 29% ni tashkil etadi. Yalpi jamg`armada ham xuddi shunday dinamikani guvohi bo`lamiz va 2019-yilda YaIM ning 40 % ini tashkil etadi o`tgan yilga nisbatan 1 % ga pasaygan. Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo`jaliklarining iste`mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog`liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste`molning kelgusidagi afzalligini ta`kidlaydi. U iste`mol sarflari darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo`jaliklarining joriy daromadlarini ko`rsatadi. Demak, Keyns uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari va jamg`armalari hajminin belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritadigan bo`lsak, iste`mol va jamg`arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo`jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to`lovlari va to`langan soliq to`lovlari belgilanadigan tasarrufdagi daromadi ( DI – disposable income, yoki Yd ) ko`rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste`mol va jamg`armalar, milliy daromad va shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.



Yüklə 272,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin