Inson kapitaliga investitsiya – insonning qobiliyatgni, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sog`lig`ini tiklashga sarflar).
Mavzuga doir masalalar
1. Mahalliy bozordagi ish kuchiga talab funksiyasi LD=1000 -20×W, taklif funksiyasi esa LS= -600+60×W ko'rinishida berilgan. Bu yerda, W - kunlik ish haqi dollar hisobida, L – ishchilar soni.
a) agar minimal ish haqi miqdori kunlik 25 $ qilib belgilab qo’yilsa qancha ishchi kuchi ishsiz bo'lib qoladi?
b) minimal ish haqi stavkasi belgilangandan keyin ishchilarning umumiy daromadi qanchaga o'zgaradi?
Yechimi:
a) Dastlab bozorning muvozanat parametrlarini topib olamiz:
LD=1000 -20×W= LS= -600+60×W
80×W=1600
W=20 $
LD= LS=-600+60×W=600 kishi minimal ish haqi 25 $ qilib belgilangandan so'ng ishchilar taklifi LS= -600+60×W=-600+1500=900 kishini ularga talab esa
LD=1000 -20×W=1000-500=500 kishini tashkil qiladi. Ushbu qaror natijasida
900-500=400 kishi ishsiz qoladi.
b) minimal ish haqi normasi o’rnatilishidan oldin umumiy kunlik ishchilarning daromadi L×W=20×600=12 000 $ ga teng edi keyin bo'lsa 25×500=12 500 $ ni tashkil qilib 12 500-12 000=500 $ ga ortdi.
Dostları ilə paylaş: |