Genom bazalari Genom - bu organizm hujayrasida joylashgan irsiy materiallarning
to‘plamidir. Odamlarda- Homo sapiens genom yadroda joylashgan 23 juft
xromosomadan, shuningdek mitoxondriyal DNKdan iborat. Yigirma ikkita
autosomal xromosoma, ikkita jinsiy xromosoma X va Y, inson mitoxondriyal
DNKsi taxminan 3,1 milliard baza juftini o‘z ichiga oladi. Gen bu tirik
organizmlar irsiyatining tarkibiy va funktsional birligi bo‘lib, ma‘lum bir
polipeptid yoki funktsional RNKning ketma-ketligini belgilaydigan DNK
ketma-ketligi hisoblanadi. Genlar aniqrog‘i, genlaming allellari ko‘payish
jarayonida ota-onadan naslga o‘tadigan organizmlarning irsiy xususiyatlarini
aniqlaydi. Shu bilan birga, ba‘zi organoidlar mitoxondriya, plastidalar organizm
genomiga kirmaydigan xususiyatlarini aniqlaydigan DNKlariga ega bo‘ladi
Oqsil ketma-ketliklari bazalari (PIR). PIR - protein axborot resursi bazasi, Jorjtaun universiteti tibbiyot markazi (GUMC) tomonidan bioinformatikani qo‘llab-quvvatlash maqsadida genom va proteom tadqiqot natijalari va oqsil ketma-ketliklarini taqdim etadi. PIR 1984 yilda Uinona Barker va Robert Ledlilar boshchiligida Milliy
Biotibbiy Tadqiqotlar Fondi (NBRF) tomonidan tadqiqotchilar va mijozlarga
oqsillar ketma-ketligi ma‘lumotlarini aniqlash va izohlashda yordam beradigan
manba sifatida tashkil etilgan. Bungacha NBRF 1964-1974 yillarda Margaret
Dayhoff tahriri ostida nashr etilgan "Proteinlar ketma-ketligi va tuzilishi atlasi"
da birinchi makromolekulyar ketma-ketlik to‘plamini tuzgan. Dayxof va uning
tadqiqot guruhi oqsillar ketma-ketligini taqqoslash, ketma-ketliklar orasidagi
masofa va ketma-ketlikni aniqlash hamda oqsillar ketma-ketligi evolyutsion
tarixini aniqlash uchun kompyuter usullarini ishlab chiqishda kashf etdilar.
PIR boshqa ma‘lumotlar bazalari jumladan, EBI (Yevropa Bioinformatika
Instituti), oqsillar ketma-ketligi va funktsiyalarining markaziy manbai bo‘lgan
UniProt (Birlashgan Protein ma‘lumotlar bazasi) va SIB (Shveytsariya
Bioinformatika Instituti) bilan birgalikda ish yuritishadi.
PIR o‘zida oqsillar ketma-ketligi, oilalari, fermentlar va fermentativ
yo‘llar, molekulyar tuzilmalar va strukturalar ularning sinflari, genlar va
genomlar, adabiyot va taksonomiyalarning ko‘p sonli molekulyar ma‘lumotlar
bazalariga keng ko‘lamli murojaatlarni va havolalarni taqdim etadi (1-rasm).
Ushbu sayt ma‘lumotlarini UniProt (Birlashgan Protein ma‘lumotlar bazasi)
resurslari bilan dastlabki tahlilini o‘tkazgan holda taqdim etib, tahlil qilishda
ham UniProt dasturlaridan foydalanadi.