Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Axborot texnologiyalarining turlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/3
tarix14.11.2019
ölçüsü0,8 Mb.
#29586
  1   2   3
STATISTIK AXBOROT TIZIMI

STATISTIK AXBOROT TIZIMI

Reja:

  1. Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari.

  2. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.

  3. Axborot texnologiyalarining turlari

  4. Axborot tizimlarining rivojlanish yo`nalishlari


Axborot tushunchasi

XXI asrni informatikasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi axborotdir.

«Axborot» so`zi lotincha «information» so`zidan olingan bo`lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma`lumot, degan ma`noni anglatadi. Keng ma`noda axborot moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo`layotgan jarayonlarni bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi.

Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta`sir etib, ob`ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi.

Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisalar to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo`llaniladi.

Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`liq, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi.

Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:


  1. Texnik axborot

  2. Agrobiologik axborot

  3. Siyosiy axborot

  4. Huquqiy axborot

  5. Iqtisodiy axborot va boshqalar

  6. Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining 80 foiz hajmini tashkil qiladi.

Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Uzluksiz hosil bo`lish.

  2. Harf raqamlarda ifodalanish.

  3. Diskret xarakterdalik.

  4. To`plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi.

Axborot inson bilimini oshirish va ish faoliyatini takomillashtirish uchun foydalanadigan yangi ma`lumotlardir. Axborot xalq ho`jaligining barcha tarmoqlari iste`mol etuvchi zahira bo`lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi muhim ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma`lumotlari bilimlarining yig`indisidir. Axborot resurslari – alohida hujjat va alohida hujjatlar to`plami, axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to`plamidir.

O`zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to`g`risida»gi qonunining ikkinchi moddasida «Axborot texnologiyasi» va «Axborot tizimi» atamalariga quyidagicha ta`rif berilgan:



  • axborot texnologiyasi axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmuyi;

  • axborot tizimi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axborotni to`plash, saqlash izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jixatdan tartibga solingan majmuyi.

Axborot atrof - muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, xosiyatlari va holatlari tug`risidagi ma`lumotlardir. Keng ma`noda axborot insonlar o`rtasida ma`lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.

Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob`ektlar to`g`risidagi tasavvurlarimizni o`zgartiruvchi, o`zaro kontseptual bog`liq ma`lumotlar, ko`rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng qo`llaniladi.

Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi.

Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. SHuning uchun axborotni foydalaniladigan ma`lumotlar, deb atasa ham bo`laveradi.

Masalan, qog`ozga telefon raqamlarini ma`lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko`rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma`lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi.

Ma`lumotlar. Axborot iste`molchiga etib borgunga qadar bir qator o`zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko`ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma`lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. SHuning uchun ham ma`lumotlarni axborotning komp`yuterdagi tasviri deb aytish mumkin. Ma`lumotlar bir - biri bilan o`zaro bog`langan dalil va raqamlar, fikrlar to`plamini ifodalaydi. Axborot va ma`lumotlar o`rtasidagi farq ta`kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.

Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to`g`ridan- to`g`ri bog`liqdir. Jamiyatning rivojlanish tarixida bir necha axborot inqiloblari ro`y berdi – axborotni qayta ishlash sohasida tub o`zgarishlar sodir bo`lgani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o`zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o`zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo`ldi.

So`ngi axborot inqilobi yangi soha – yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog`liq axborot sanoatini oldingi safga olib chiqdi. Axborot texnologiyalari, ayniqsa, telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi komp`yuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi.

Axborot texnologiyasi (AT) ob`ekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma`lumotlar yig`ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang`ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.

Telekommunikatsiya komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma`lumotlarni masofadan uzatishdir.

Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp`yuter texnikasi va komp`yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.

Axborot jamiyati - unda ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni izlab topish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo`lgan jamiyatdir.

XXI asrda ilg`or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo`lmoqda. Butun dunyo intelektual makoni elektron kvartira va kottejlarda yashovchi kishilar yagona komp`yuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joylar turli elektron uskunalar va komp`yuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.

Axborot jamiyatiga o`tishda komp`yuter va tellekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.

Bir qator olimlar axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ta`riflaydilar:



axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya`ni axborot mo`l-ko`lligi va axborot taqchilligi o`rtasidagi ziddiyat echildi boshqa zahiralarga qiyoslaganda axborot ustuvorligi ta`minlandi; rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo`ladi;

  • eng yangi axborot texnika va texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllanadi;

  • axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, umumiylik xususiyatini kasb etmoqda;

  • butun insoniyat tsivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda;

  • zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun tsivilizatsiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshdi.

Ushbu ijobiy tomonlardan tashqari, uning salbiy oqibatlar ham oldindan qurilgan:

  1. ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko`proq ta`sir ko`rsatishi;

  2. axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib

yuborishi;

v) sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi;

g) ko`pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi. ―Axborot elitasi‖ (axborotlarni qayta ishlash bilan shug`ullanuvchi kishilar) va iste`molchilar orasida muammolar vujudga kelishi havfi.

Moddiy ishlab chiqarishga yunaltirilgan sanoat jamiyatida allaqachonlar klassik iqtisodiy kategoriyalar bo`lgan bir necha asosiy zaxira turlari ma`lum, ya`ni:

Moddiy zaxiralar - ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo`ljallangan mehnat predmetlari yig`indisidir, masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya, yarim tayyor masulotlar, detallar va hokazolar.

Tabiiy zaxiralarkishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat ob`ektlari, u erdagi jarayonlari sharoitlaridir.

Mehnat zaxiralari – jamiyatda ishlash uchun umumiy ma`lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilardir.

Moliyaviy zaxiralar – davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo`lgan pul mablag`lari.

Energetika zaxiralar – energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko`mir, neft` mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar.

Kibernetika, so`ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo`lishi va rivojlanishi bilan axborot so`zi o`zining dastlabki ma`nosini saqlab qolgan bo`lsada, ayni paytda bir qator yangi ma`nolarga ham ega bo`ldi. Axborot deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma`lumotlar, dalillar, bilimlar yig`indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo`li bilan ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida mavhum gipotetik tizimlarni o`rganish – mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.

Tajriba o`tkazilguncha mavjud bo`lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi – aposterior deyiladi. Axborot olish jarayoni ko`pincha statistik xususiyatga ega bo`lgani uchun tizim haqidagi axborot (ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki ehtimollashgan ham bo`lishi mumkin.

Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:

Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fanlar, texnika, texnologiya, madaniyat, san`at va tibbiyot kabi sohalarning turli masalalari haqidagi mavjud ma`lumotlari, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko`proq ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Axborot – fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma`lumotlari, bilimlari yig`indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va xom-ashyosidir.

Axborot – axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi ma`lumotlar yig`indisidir, ya`ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste`mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.

Ko`rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to`liq, axborot jarayonlari ko`p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Haqiqatdan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.



Axborot zaxiralari – alohida hujjat va alohida hujjat to`plami, axborot tizimlari

(kutubxona, arxiv, fond, ma`lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjatlar) to`plamidir.

Boshqaruv karorlarini qabul qilish jarayoni ma`lumotlarning ulkan oqimida zarur axborotni ko`rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko`zda tutadi. Axborot tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qiymati yuqori jarayon. SHuning uchun uni tasniflash zarur. (2.1- rasm).

Tasnif tizimini axborotga qo`llash uchun quyidagicha yondashish zarur:



  1. Axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo`lishi kerak.

  2. Tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari qo`yilishi lozim.

  3. Ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan aniq bir bozor va tovarlarni bilish zarur.

  4. Tahlilning mohiyati va teranligi avvalo berilgan axborot turi va hajmiga bog`liq.

Axborotni turli belgilarga qarab tasniflash ahamiyatli. 1. Axborot olishusuli bo`yicha quyidagilarga tasniflanadi:

  1. tadqiqot davomida bevosita so`rov varaqalari yordamida, telefon so`zlashuvlari va shaxsiy suhbat yo`li bilan olib borilishi mumkin;

  2. davriy va maxsus adabiyotlarni o`rganish orqali;





Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin