Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Axborot texnologiyalarining turlari


Axborot tizimlarining ta`minotlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/3
tarix14.11.2019
ölçüsü0,8 Mb.
#29586
1   2   3
STATISTIK AXBOROT TIZIMI

Axborot tizimlarining ta`minotlari

Qo`llash sohasidan qat`iy nazar, axborot tizimlari ma`lumotlarini qayta ishlashning deyarli barcha tizimlari ta`minlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar to`plamini o`z ichiga oladi. Ularni dasturiy texnik, huquqiy, axborot tashkiliy matematik va lingvistik ta`minotlarga ajralishi qabul qilingan. (4. rasm)


Group 453632
4– rasm. Axborot tizimining strukturasi

Axborot ta`minoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o`z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bo`yicha uslublar va vositalar yig`indisidir.

Dasturiy ta`minot - hisoblash texnikasi vositasida ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig`indisidir. Dasturiy ta`minot tarkibiga bazaviy va Amaliy dasturiy mahsulotlar kiradi.

Amaliy dasturiy ta`minot - axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy mahsulotlar yig`indisio`zida namoyon etadi. Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma`lumotlar bazasi boshqaruv tizimlari) va ham maxsus vositalar – funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob`ektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

Texnik ta`minot - ma`lumotlarini qayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun qo`llanuvchi texnik vositalar kompleksidir. u ma`lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o`z ichiga oladi.

Huquqiy ta`minot - axborot tizimini yaratish va funktsiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me`yorlar yig`indisini o`zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning huquqiy ta`minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o`rtasidagi shartnomaviy o`zaro munosabatlar me`yoriy aktlari, chetga chiqishlarining huquqiy tartibga solinishini o`z ichiga oladi.

Lingvistik ta`minot inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish va ta`minlash samaradorligini oshirish uchun ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig`indisini o`zida namoyon etadi.

Axborot tizimlari ma`lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi, muhandislar va loyihachilarning ish samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining vazifasi – tashkilotlarga yangi ma`lumotlarni integratsiyalash va qog`oz xujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdan iborat. Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog`liq bo`la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stantsiyalar va ofis tizimlari ko`rinishda bugungi kunda biznesda juda tez rivojlanmoqda.



Axborot tizimlarini loyihalash

Axborotlar tizimini loyihalash texnologiyalari deb AT loyihasini yaratish va yangilashga yo`naltirilgan loyihalash uslub va vositalari, tashkiliy usullari va foydalaniladigan texnik vositalar yig`indisiga aytiladi.

Loyihalash va ajratilgan zaxiralarning tegishli vositalaridan foydalanish sharoitida talab etiladigan iste`mol xususiyalarini qondiruvchi ma`lumotlarni qayta ishlab chiqishga yunaltirilgan mutaxassislar jamoasining faoliyati loyihalash texnologiyasining asosini tashkil etuvchi texnologik jarayoni hisoblanadi.

Texnologik jarayon – harakatlarni bajarish uchun zarur bo`lgan vosita va zaxiralar, ularning izchilligi, xatti harakatlarini belgilaydi.

AT texnologiyalarini loyihalash tegishli tizimning barcha hayotiy davriga tarqalishi lozim. Mazkur davrning har bir bosqichida – loyiha oldi tadqiqoti, texnik va ishchi loyihalarni yaratish, yangilash ishlarini olib borishning o`ziga xoslilarini hisobga oluvchi tegishli texnologik jarayonlar mavjud. Ko`pincha qayta ishlash tizimlarini loyihalash texnologiyasiga o`xshatiladi. Biroq bu tushunchalar o`xshash emas. Asosiy farq shundaki, dasturlash texnologiyasi bevosita dasturlash jarayoniga yo`naltirilgan. Bunda yaratilayotgan ATning tashkiliy-iqtisodiy mohiyatini loyihalashda kam e`tibor beriladi, yaratilayotgan tizimlar moslashuvchanligi darajasini oshirish zaruriyati hisobga olinmay, ishlab turgan ATdagi ergonomik omillar tahlildan chiqarib tashlanadi.

ATni loyihalashda amaliy dasturlar paketi (ADP), avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT), asboblar vositalari kabi loyihalashning ayrim bazasini tashkil etuvchi dasturiy mahsulotlardan faol foydalaniladi. Bunda umumiy tendentsiya loyihalash baza quvvatini shunday oshirishdan iborat bo`ladiki, toki AT professional dasturchi xodimlarisiz yaratilsin. SHuni ta`kidlash joizki, AT ni yaratishda loyihalash bazasi dasturiy mahsulotlarni yaratishda foydalaniladigan asboblar vositalariga qaraganda ancha muhim rol` o`ynaydi.

AT loyihalash jarayoni natijasi loyihali qarorlar xujjatlari, shu jumladan, tizim yaratgan dasturlarini o`z ichiga oluvchi loyihadir.

Ma`lumki, istalgan tashkiliy - iqtisodiy boshqaruv tizimi ob`ektiv ravishda o`zgarishlarga uchraydi: u yoki bu ko`rsatkichlar hisob kitob uslubi, kirish va chiqish xujjatlari shakllari, shuningdek, hisob - kitob natijalarini olish reglamentiga talablar va boshqalar o`zgarmoqda.

Loyihalash jarayonlarini rasmiylashgan aks ettirish usuli asosida AT ishlab chiqarish jarayonlarini bazali konstruktsiyasi sifatida loyihalashning texnologik operatsiyasi tushunchasi yotadi.

Xalq xo`jaligi tarmoqlarining asosiy vazifasi davr talabiga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish ana shu vazifaning bajarilishini ta`minlash va boshqarish zimmasi yuklatilgan.

Axborot boshqaruvning negizi hisoblanadi. Boshqarish tizimining holati axborot bilan belgilanadi. Axborot jarayoni boshqaruv sifatida qaralar ekan, bunda quyidagi asosiy uch bosqich ko`zda tutiladi:



  1. Boshqariladigan ob`ekt holati to`g`risidagi axborotlarni to`plash, saralash, qayd qilish, uzatish va saqlash.

  2. Olingan axborotlar ustida ishlash.

  3. Boshqaruvchi axborotni (boshqaruv qarorini qabul qilish.

YUqoridagi bosqichlarni amalga oshirish natijasida ob`ekt bir holatdan ikkinchi holatga o`tadi va boshqaruv jarayonida turli axborotlarni hosil qilinadi.

Axborot tizimlarni loyihalashtirishning boshlang`ich materiali bo`lib, boshqarish ob`ekti tahlilining natijalari, avvalo ma`lumotlarni qayta ishlash tizimi yordamida hal etuvchi boshqarish tizimi funktsiyalari va vazifalarini aniqlashga xizmat qiladi.

Funktsional tuzilmadan kelib chiqib, funktsional tizimlarni amalga oshirish uchun qo`llaniladigan matematik model va algoritmlar aniqlanadi yoki ishlab chiqiladi. Bundan keyin zarur axborot tarkibi, uni tashkil etish usullari aniqlanadi, zarur dasturiy va texnik ta`minot tanlovi yoki ishlab chiqilishi amalga oshiriladi, xodimlarning tashkiliy va funktsional majburiyatlari aniqlashtiriladi. Huquqiy ta`minot AT ishlashi sharoitida boshqarishning tashkiliy tuzilmasi elementlari o`zaro aloqasi qoidalarini mustahkamlaydi.

Axborot texnologiyalarining tadrijiy yuli uyushgan biznesning yangi modellari rivojlanishi bilan yaqindan shunday bog`likki, bu jarayonlar ko`pincha yagona bir butunlik sifatida qabul qilinadi. Kompaniyalarning AT samaradorligini oshirishga intilishi ancha takomillashgan apparat va dasturiy vositalarning paydo bulishini rag`batlantiradi, ular o`z navbatida, foydalanuvchilarni ATni muntazam yangilashga undaydi.

ATni ishlab chiqishdan oldin, korxona mutaxassislari bilan birgalikda, ushbu loyihani ishlab chiqib, tadbiq etish maqsadga muvofiqmi, yo`qmi degan savolga javob berishlari kerak. Aks holda ATni korxona faoliyatida qo`llash natijasida kutilgan samaraga erisholmaslik mumkin. Bundan tashqari, mavjud muammoni avtomatlashtirish usulida echishda bozorda taklif qilinayotgan AT qo`llash mumkin yoki mumkin emasligini ham ko`rib chiqish maqsadga muvofikdir. Bu holda ATni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish orasidagi vaqt bir necha marotaba kisqarishi mumkin. Tizimli tadqiqot asosida ko`rilayotgan muammoga tegishli bo`lgan barcha masalalar majmuasi tizimlar nazariyasiga asoslangan holda qabul qilinib, ularning orasidagi mavjud aloqalarni ko`rsatish kerakdir. Ushbu ATni ishlab chiqish bosqichi muammoni har tomonlama o`rganib chiqadi va tizimni loyihalash uchun zamin tayyorlaydi.

Loyihalash bosqichida, muammoga tegishli barcha kirish (birlamchi), oraliq(agar mavjud bo`lsa) va chiqish xujjatlarining o`zaro bog`liqligi va ularning formalari komp`yuterga kiritishda osonlashtirish holiga keltiriladi. Xujjatlardagi ortiqcha ma`lumotlar chiqarib tashlanadi.

Tasdiqlangan loyihani zamonaviy dasturlash tillari asosida komp`yuterning ichki tiliga o`tkaziladi. Bu jarayon judayam murakkab bo`lib, yuqori saviyali dasturlovchilarni jalb qilishni talab etadi.

Hozirgi paytda iqtisodiy tizim infratuzilmasining muhim qismini savdo kompaniyalari tashkil etadi. Ularning bosh vazifasi iste`molchilar buyurtma beradigan tovarlarni savdo kompaniya bo`linmalari, savdo tashkilotlari kompaniya bo`linmalari va vakolatxonalari orqali iste`molchiga o`z vaqtida etkazib berish va samarali sotishdir.

Savdo kompaniyalarida logistika muhim rol` o`ynaydi. Agar unga tegishli bo`lgan muammolar doirasini jamlikda ko`rib chiqilsa, unda turli tuman oqimlarini boshqarish masalalari ular uchun umumiy bo`ladi. Bozor munosabatlari sharoitida moddiy texnika bazasini takomillashtirish me`yorlari o`zining ilgarigi ahamiyatini yo`qotadi. Har bir xo`jalik sub`ekti aniq bir vaziyatni mustaqil baholaydi va qarorlar qabul qiladi. Dunyo savdo tajribalarining guvohlik berishicha, kimki logistika sohasida o`kuvli bo`lsa va uning uslublarini puxta egallasa, raqobatli kurashda peshqadamlikni qo`lga kiritadi. Bu o`rinda logistikaning namunaviy biznesjarayonlari, tashkiliy-shtat tuzilmasi, xizmat ko`rsatish ishi texnologiyasi ko`rib chiqiladi.

Logistika xizmati kechadigan biznes jarayonlar bayoniga bevosita o`tishdan avval, savdo kompaniyalarida qo`llaniluvchi biznes-tizimlar va biznes-jarayonlar ta`riflarini beramiz. Biznes-tizimning tugal maqsadi – mahsulotni sotish bo`lgan ko`plab biznes-jarayonlar bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Mahsulot deganda tovarlar, xizmatlar va axborot tushuniladi.

Biznes-jarayonning tugal maqsadi – mahsulotni sotish bilan bog`liq bo`lgan o`zaro ichki tobe funktsional harakatning gorizontal pog`onasini o`zida namoyon qiladi. Odatda biznes-jarayonlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi;


  1. biznes - tizimga daromad keltiruvchi mahsulotni sotish jarayonlari (gorizontal);

  2. mahsulotni sotish gorizontal biznes-jarayonlarini realizatsiya qilishda daromad olish bilan samarali rejalashtirish, boshqarishni ta`minlovchi rejalashtirish va boshqarish jarayonlari (vertikal);

v) harakatlarni bevosita nuqtasiga mahsulotni etkazib berish va joylashtirishni

ta`minlovchi zaxirali jarayonlar (vertikal);

d) mavjud texnologiyalarni o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan yordamchi jarayonlar o`zgartirishlar jarayonlari (vertikal).

Logistika xizmati biznes-jarayonlari doirasiga quyidagi asosiy vazifalar amalga oshiriladi:



  • tovarlar turkumini olish va jo`natish muddatlarini kelishish;

  • agentlik transport bo`yicha axborotini tahlil qilish;

  • tovarlar etkazib berishning qulay yullarini belgilash;

  • kompaniya omborida tovarlarni qabul qilish va saqlash;

  • bo`lim va kichik do`konlar buyurtmalarini qayd etish;

  • tovarni kompaniya omboriga qaytishini nazorat qilish.

Savdo kompaniyasining korporativ axborot tizimi (KAT) foydalanuvchilarning turli tipiga qarab lokal va uzoqlashtirilgan ish joylarini birlashtiruvchi kengaygan tarmoqni o`zida namoyon etadi. KAT asosiy biznes-markazlariga aloqador bo`lgan tashkilotlarning axborot tizimlari bilan aloqani ta`minlaydi. KATning asosiy elementlari quyidagilar;

  • markaziy ofisni lokal hisoblash tarmog`i (LXT);

  • vakolatxonalar LXTsi;

  • kompaniya savdo bo`linmalarining terminallari;

  • savdo agentliklaridagi portativ agentliklar;

  • omborxonazaxiralarini rejalashtirish va qulaylashtirish. logistika xizmatining avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • AIJ logistika buyicha direktor o`rinbosari;

  • AIJ mijozlar xizmati boshlig`i;

AIJ mijozlar xizmati boshlig`ining yordamchisi.

Logistika xizmatining AIJsi quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan:



  • Transport oqimlarini rejalashtirish;

  • tovarlarni ta`minotchilar, savdo korxonalari, kompaniya vakolatxonalari va savdo bo`limlaridan olib kelishni rejalashtirish;

  • omborxona operatsiyalarini hisob-kitob qilish;

  • transport korxonalari bilan shartnoma qilish;

  • tashuvchilar faoliyatini tahlil qilish va tashish xarajatlarini belgilash;

  • omborxonalar inventerizatsiyasi aktlarini hisobga olish.

AT ma`lumotlar bazasining asosiy tuzilmaviy elementlari quyidagilar mahsulot, shartnoma, ta`minotchi, iste`molchi, omborxona, buyurtma, mahsulotni qaytarish, xarajat qog`ozi, miqdor, akt, tavsifnoma, tashuvchi.

Ta`kidlab o`tilganidek, zamonaviy sharoitda logistika ko`pgina kompaniyalar uchun muhim rol` o`ynaydi. SHu bois biznes jarayonlarini tashkil etish va qayta tashkil etishsiz, shuningdek, logistika xizmatining axborot tizimini tashkil qilmay turib, kompaniyada samarali ish olib borish mumkin emas.



Axborot texnologiyalari



Texnologiyalar. «Texnologiya» – grekcha so`z bo`lib (techne) san`at, maxorat, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma`lum bir jarayonga nisbatan qo`llanilgan texnik jarayondir.

Jarayon - deganda oldiga qo`yilgan maqsadga erishishga yo`naltirilgan xattiharakatlar muayyan jamlanmasi tushuniladi. Ushbu jarayon ma`lum odam tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.

Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki uning yarim tayyor shakli, xususiyati, holatining o`zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.

Axborot texnologiyalari to`g`risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq, bu ob`ekt, jarayon yoki hodisa to`g`risidagi sifat jihatidan yangi ma`lumot bo`ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo`ladi.



Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari deganda, xom-ashyo yoki materalning holati, xususiyatlari, shakllarini qayta ishlash, tayyorlash, o`zgartirish, vosita va uslublari jamligini belgilovchi jarayon tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadlarida materiyaning sifati yoki boshlang`ich holatini o`zgartiradi. (2.5. rasm)

Group 455403

5.- rasm. Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash texnologiyasi analogi sifatida.

Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari maqsadi - inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Axborot texnologiyalarining maqsadi esa inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti harakatni bajarish bo`yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi ob`ekt,jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma`lumotlarni to`plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Ma`lumki, turli texnologiyalarni moddiy

zaxiralarga qo`llab borib, turli mahsulotlarni olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham bu narsa adolatli bo`ladi. Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash quyidagi 2-jadvalda ko`rsatilgan.

2-jadval Texnologiyalarning asosiy komponentlarini qiyoslash

Mahsulotlarni ishlab chiqarishning asosiy texnologiyalar komponentlari

Moddiy

Axborot

Xom-ashyo va materiallarni

tayyorlash



Ma`lumotlar yoki boshlang`ich axborotni yig`ish

Moddiy mahsulotni ishlab

chikarish



Ma`lumotlarni qayta ishlash va sernatija axborot olish

Ishlab chiqarilgan maxslotlarni iste`molchiga sotish

Sernatija axborotni uning asosida karorlar qabul qilish uchun foydalanuvchiga uzatish

Axborot texnologiyasi avtomatlashgan va an`anaviy (qog`oz) ko`rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog`liq.

Avtotomatlashtirish bir inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo`lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokinining qisman yoki butunlay imkonini beradi.

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT)boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan jarayonlarni amlga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan dasturiy ta`minotni qo`llash bazasida bajariladi. Madomiki, axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini komp`yuter texnikasi tashkil etar ekan, bu o`rinda axborot texnologiyasi, tushuniladi.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta`minlovchi va funktsional qismlarga ega. (6. – jadval)



Ta`minlovchi qism

Texnik ta`minot Axborot ta`minoti

Matematik ta`minot Tashkiliy ta`minot

Lingvistik ta`minot Uslubiy ta`minot

Dasturiy ta`minot Huquqiy ta`minot

Ergonomik ta`minot




Funksional qism



Avtomatlashtirilgan axborot tizimi

58

6 - rasm. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Ta`minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvinistik ta`minotdan iborat bo`ladi.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam (xodim), texnik vositalar va dasturiy ta`minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma`lumotlarni qayta ishlaydi. (7-rasm).

Insonning kundalik mehnat faoliyati tashqi muxit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish va to`plash, turli masalalarni echish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni aniqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajarish bilan bog`liq bo`ladi. SHu sababli, ham yuqoridagi amallar majmuasi, ularni tadbiq etish usullarini vositalari axborot tizimlarini (AT) yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

Axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni tegishli sohaga taaluqli bo`lgan axborot bilan ta`minlashiga qaratilgan. EHMlar yaratilishi natijasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AAT) hosil qilish imkoniyatlari paydo bo`ldi.



Zamonaviy axborot texnologiyalari–shaxsiykomp`yuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do`stona interfeysli, axborot texnologiyasidir.
Avtomatlashtirlganaxborot tizimi
Group 456156
7 - rasm. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini funktsional tashkil qilinishi.

  • Zamonaviy axborot texnologiyalarining uch asosiy tamoyili:

  • komp`yuterli interaktiv (muloqotli) ish rejimi;

  • boshqa dasturli mahsulotlar bilan integratsiyalashlik (tutashish), o`zaro aloqa:

  • ham ma`lumotlar, ham vazifaning qo`yilishi jihatidan o`zgarishlarjarayonlarining moslashuvchanligi.

Bugungi kunda ta`minlovchi ZAT va funktsioanl ZAT haqida gapirish mumkin. Ta`minlovchi ZAT turli vazifalarni hal qilish uchun xilma-xil predmetli sohalarda asboblar majmui sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan axborotni qayta ishlash texnologiyasidir.Ta`minlovchi turidagi axborot texnologiyalari vazifalarga yo`naltirilgan sinflarga nisbatan tasnif qilinishi mumkin. Funktsional ZAT ta`minlovchi ZATlarning shunday modifikatsiyasini o`zida namoyon etadiki, unda predmetli texnologiyalardan birortasi realizatsiya qilinadi. Masalan, bank kredit bo`limi xodimining EHMdan foydalaniladigan ishi qarz oluvchining kredit olish qobilyatni baholashning bank texnologiyalari yig`indisi, kredit shartnoma va tezkor majburiyatlar, to`lovlar grafik hisob-kitobi va biror - bir axborot texnologiyalarida amalga oshirilgan boshqa texnologiyalarni shakllantirishni albatta ko`zda tutadi: matnli protsessordagi MBBT va hokazo. Predmetli texnologiya va axborot texnologiyalari bir-biriga ta`sir etadi. Masalan, plastik kartochkalarning moliyaviy axborot tashuvchiligi predmetli texnologiyalarni tubdan o`zgartiradi, bu tashuvchisiz mavjud bo`lmagan imkoniyatlarni beradi. Misol tariqasida kartoteka bilan ishlash bank texnologiyasini keltirish mumkin, u moliyaviy nazorat motivlari bo`yicha shaxsiy hisob raqamining yopilishi tufayli qayta ishlashga tushgan va bajarilmagan xujjatlarni o`z ichiga oladi. Bu holda avval hisob raqami yoziladi, so`ngra, agar axborot texnologiyasi qo`llansa, bu yozuv kartoteka raqami bilan shunday belgilanadiki, hisob raqamidagi qoldiqni kamaytiruvchi barcha boshqa xujjatlar ushbu kartotekaga tushishi kerak. Axborot texnologiyalari komp`yuterda saqlanuvchi ma`lumotlar ustida turli murakkablik darajasidagi operatsiyalar, amallar, bosqichlarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-komp`yuter tizimini o`zida ifodalaydi.

Axborot texnologiyalari asoslari

Axborot tizimi funktsiyalarini amalga oshirishni unga yunaltirilgan axborot texnologiyalarini bilmasdan turib mumkin emas. ZAT axborot jamiyatida axborotni o`zgartirish jarayonlari haqidagi zamonaviy tasavvurlarni aks ettiruvchi ancha keng tushuncha. Axborot tizimlari ishining muvaffaqiyat garovi – boshqaruv va komp`yuter axborot texnologiyalaridan oqilona uyg`unlikda foydalanishda.

Axborotni markazlashgan holda qayta ishlash EHM hisoblash markazlarida tarixan dastlab yuzaga kelgan texnologiyadir. Katta EHM bilan jixozlangan jamoaviy foydalanuvchi yirik HM (VTS)lari yaratildi. Bunday EHMlarni qo`llash katta miqdorda kirib kelayotgan axborotni qayta ishlash va bu asosida foydalanuvchiga beriladigan axborot mahsulotlarining xilma-xil turlarini olish imkonini beradi. Bunday texnologik jarayon 60-70 yillar korxona va tashkilotlar hisoblash texnikasi bilan etarli jihozlanmaganligiga bog`liq. Markazlashtirilgan texnologiya uslubiyatining afzalliklari:

foydalanuvchining ma`lumotlar bazasi ko`rinishidagi katta axborot oqimiga va keng nomenklaturadagi axborot mahsulotlariga murojaat etish imkoniyatlari;



markazlashtirilgan qabul qilinishi tufayli axborot texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha uslubiy qarorlarni tadbiq etishning nisbatan engilligi. Bunday uslubiyatning kamchiliklari kuyidagilar:

  1. foydalanuvchi tezkor axborot olishiga qulaylik yaratmaydigan quyi xodimlarning cheklangan mas`uliyati, bu hol boshqaruv qarorlarini to`g`ri ishlab chiqishga to`sqinlik qiladi;

  2. axborotni olish va undan foydalanish jarayonida foydalanuvchi imkoniyatlarining cheklanganligi.

Axborotning nomarkazlashtirilgan holda qayta ishlashi 80-yillarda shaxsiy komp`yuterlarning paydo bo`lishi va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi bilan bog`liq. U avvalgi texnologiyani jiddiy siqib chiqardi, chunki u foydalanuvchiga axborot bilan ishlashda keng imkoniyatlar berdi va uning tashshabbusini cheklamaydi.

  • Bunday uslubiyatning afzalliklari quyidagilardir:

  • foydalanuvchi tashabbuslariga keng sharoit ta`minlovchi tuzilmaningmoslashuvchanligi;

  • xodimlar quyi bo`g`ini mas`uliyatining kuchayishi:

  • markaziy komp`yuterdan foydalanish ehtiyoji va tegishlicha HM tomonidan nazorat qilinishi;

  • komp`yuter aloqa vositalaridan foydalanish tufayli foydalanuvchi ijodiy imkoniyatining ancha to`liq amalga oshishi. Biroq bu uslubiyat o`z kamchiliklariga ega: ko`p sonli noyob ishlanmalar tufayli standartlashtirishning murakkabligi;

  • IM tavsiya etadigan standartlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni foydalanuvchi psixologik tomondan qabul qilmasligi;

  • Mahalliy joylarda axborot texnologiyasi darajasining rivojlanishi bir tekis emasligi.

Markazlashgan va nomarkazlashgan axborot texnologiyalarining bayon etilgan afzallik va kamchiliklari ham bu yondashuvni oqilona qo`llash zaruriyatiga olib keladi. Bunday yondashuvni oqilona uslubiyat deb nomlaymiz. Bu holda majburiyat quyidagicha taqsimlanadi:

  • HM axborot texnologiyalaridan foydalanishning strategiyalarini ishlab chiqish, foydalanuvchilarga ishda ham,o`qishda ham yordam berish;

  • Axborot texnologiyasidan foydalanuvchi xodim HM ko`rsatmalariga bo`ysunishi, o`zining mahalliy tizim va texnologiyalarini tashkilotning umumiy rejasiga muvofiq holda ishlab chiqishni amalga oshirmog`i lozim.

Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot texnologiyasi tizimdagi ma`lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amalga oshiradi. Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo`lib, qarorlar qabul qilish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo`lgan vazifaga muvofiq va ushbu vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi.

Axborot texnologiyalarining turlari

Ma`lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari puxta tuzilgan vazifalarni hal qilish uchun mo`ljallangan, ularga ko`ra zarur kirish ma`lumotlari mavjud. Bu texnologiya boshqaruv mexnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo`lmagan malakali xodimlarning operatsiyaviy (ijrochilik) faoliyati darajasida qo`llanadi. SHu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo`llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruratiga olib keladi.

Operatsiyaviy faoliyat darajasiga quyidagi vazifalar hal kiradi:


  • firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqida ma`lumotlarni qayta ishlash;

  • firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarin tuzish;

  • istalgan joriy savollarga javob olish va ularni qog`oz xujjatlari yoki hisoblariko`rinishida rasmiylashtirish.

Ma`lumotlarni qayta ishlash quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi:

  • ma`lumotlarni qayta ishlash buyicha firmaga zarur bo`lgan vazifalarni ajarish;

Har bir firma o`z faoliyati haqida ma`lumotlarga ega bo`lish va saqlashga qonunan haqli. Ular firmada nazoratni ta`minlash va qo`llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanishi mumkin. SHu bois istalgan firmada ma`lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo`lishi va tegishli axborot texnologiyasi ishlab chiqilishi lozimfaqat yaxshi tuzilgan vazifani hal etish mumkin;

  • odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish;

  • taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha

  • ketma-ketlik tartibida tekshiriladi;

  • voqealar ketma-ketligiga urg`u berish.

Ma`lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari va xususiyatlari quyidagicha: ma`lumotlar jamlanmasi. Firmaning mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarshiga qarab uning har bir hatti-harakati haqida tegishli ma`lumotlar yozuvi bo`ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli firma hatti-harakatlari u ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida alohida ajralib turadi. Ma`lumotlarni qayta ishlash. Firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib tushayotgan ma`lumotlardan axborotni yaratish uchun quyidagi operatsiyalardan foydalaniladi: tasnif va guruhlash. Boshlang`ich ma`lumotlar odatda bir yoki bir necha ramzlardan tashkil topgan kodlar ko`rinishida bo`ladi. Ob`ektlarning ayrim belgilarini ifodalovchi bu kodlar yozuvlarni aynan o`xshatish va guruhlash uchun foydalanadi; yozuvlar izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi saralash; arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni o`z ichiga olgan hisoblashlar; ma`lumotlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi yiriklashtirish yoki agregatlashtirish;

Ma`lumotlarni saqlash. Operatsiyali faoliyat darajasidagi ko`pgina ma`lumotlarni keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa darajada saqlash zarur. Ularni saqlash uchun ma`lumotlar bazasi yaratiladi.

Hisobotlar (xujjatlar) ni yaratish. Ma`lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasida firma rahbariyati va xodimlari uchun hujjatlar yaratish lozim.

Boshqarishning axborot texnologiyalarining maqsadi qarorlarni qabul qilishga aloqasi bo`lgan barcha firma xodimlarining axborot extiyojlarini qondirishdir. U boshqarishning istalgan darajasida foydali bo`lishi mumkin. Boshqaruvning axborot texnologiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga mo`ljallangan. Doimiy hisobotlar belgilangan grafikka muvofiq yaratiladi. Maxsus hisobotlar boshqaruvchilar so`rovi bo`yicha yoki kompaniyada biror-bir rejalashtirilmagan hodisa ro`y berganda yaratiladi. Qiyosiy hisobotlar turli manbalardan olingan yoki turli belgilarga ko`ra tasniflangan va qiyoslash maqsadlari uchun foydalaniladigan ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Favqulotda hisobotlar istisno tariqasidagi ma`lumotlarni qamrab oladi. Boshqaruvni qo`llab quvvatlash uchun hisobotlardan foydalanish chetga chiqishlar bo`yicha boshqarish deb ataladigan jarayonni amalga oshirishda, ayniqsa, samaralidir.

Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun (faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo`llab-quvvatlash uchungina emas), balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jihatidan ham diqqatni o`ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo`llab-quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta`minlovchi komp`yuter va nokomp`yuter texnik vositalar uchun bir necha o`nlab dasturiy mahsulotlar ma`lum: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar`, audiopochta, komp`yuterli va telekonferentsiyalar, shuningdek, boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari kiradi.

Qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlashning tizimi tarkibiga uch asosiy qism:


  • ma`lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi. So`ngisi ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT), modellar bazasini boshqarish tizimi (ModBBT) foydalanuvchi va komp`yuter o`rtasidagi interfeys bilan boshqarish tizimidan iborat.

Ma`lumotlar bazasi qarorlarni qabul qilishni qo`llab-quvvatlashning axborot texnologiyasida muhim rol` o`ynaydi. Ma`lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamida hisob-kitoblar uchun foydalanishi mumkin. Ma`lumotlarning bir qismi axborot tizimidan operatsiyaviy darajaga kelib tushadi. Ulardan samarali foydalanish uchun bu ma`lumotlar oldindan qayta ishlanishi lozim. Firma operatsiyalari haqidagi ma`lumotlardan tashqari, qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimi ishlashi uchun boshqa ichki ma`lumotlar, masalan, xodimlarning harakati haqidagi ma`lumotlar talab etiladi. Ular o`z paytida kiritilishi lozim.

Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni amalga oshirish uchun tashqi manbalardan olinadigan ma`lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Ichki ma`lumotlardan farqli ravishda tashqi ma`lumotlar odatda ularni yig`ishga ixtisoslashgan tashkilotdan sotib olinadi.

Hozirgi paytdagi ma`lumotlar bazasiga yana bir ma`lumotlar manbai -yozuvlar, xatlar, shartnomalar, buyruqlarni o`z ichiga olgan xujjatlarni kiritish haqidagi masala keng tadqiq etilmoqda.

Modellar bazasi. Modellarni yaratishdan maqsad ayrim ob`ekt yoki jarayonlarni tasvirlash va qulaylashtirishdir. Modellardan foydalanish qarorlarni qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimida tahlil o`tkazishni ta`minlaydi. Muayyan algoritmlar yordamida muammoning matematik talqiniga asoslangan modellar qarorlarni to`g`ri qabul qilish uchun foydali axborotni topishga qulaylik yaratadi.

Axborot tizimlari tarkibida modellardan foydalanish statistik uslublar va moliyaviy tahlil uslublarini qo`llashdan boshlanadi. Foydalanish maqsadlari bo`yicha modellar ayrim ko`rsatkichlarning eng quyi yoki eng yuqori nuqtalarini topish bilan bog`liq optimallashgan va ayrim tizimlar ishini bayon etuvchi va boshqaruv maqsadlari uchun mo`ljallanmagan tasvirlovchiga bo`linadi. Baholash usuliga ko`ra, modellar boshlang`ich ma`lumotlarning aniq bir qiymatida bir son bilan o`zgaruvchilarni baholashda foydalanuvchi deterministik va boshlang`ich ma`lumotlar ehtimoliy xarakteristikalarda berilganligi tufayli bir necha parametrlar bilan o`zgaruvchilarni baholovchi statistikga tasniflanadi. Qaror kabul qilishini qo`llab-quvvatlash tizimlarida modellar bazasi strategik, taktik va operativ modellardan iborat bo`ladi. Ular, shuningdek, elementlarni tuzishda foydalaniladigan model bloklar,modullar va ish tartiblari jamlanganligi ko`rinishidagi matematik modellarni ham o`z ichiga oladi.

Strategik modellar boshqaruvining oliy darajasida tashkil qilish maqsadlari, unga erishish uchun zarur bo`lgan zaxiralar hajmlari, shuningdek, bu zaxiralarni sotib olish va ulardan foydalanish siyosatini o`rnatish uchun ishlatiladi.

Taktik modellar o`rta bo`g`in boshqaruvchilari tomonidan mavjud zaxiralardan foydalanishni taqsimlash va nazorat qilish uchun qo`llaniladi. Ulardan foydalanishning ehtimoliy sohalari orasida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: moliyaviy rejalashtirish, xodimlarga talablarni rejalashtirish, savdo-sotikni rejalashtirish. Odatda taktik modellar deterministik, optimallashgan va universal shakllarda amalga oshiriladi.

Operativ modellar boshqarishning quyi darajalarida kunlar va xujjatlar bilan o`lchanuvchi muddatlarda operativ qarorlar qabul qilishni qo`llab-quvvatlash uchun foydalaniladi. Bu modellardan odatda firma ichidagi ma`lumotlar hisob-kitobi uchun foydalaniladi.

Matematik modellar matematik uslublarni amalga oshiruvchi model bloklar, modullar va ish tartiblari jamlanmasidan iborat bo`ladi. Bunga chiziqli dasturlashtirish, vaqtinchalik qatorlarning statistik tahlili, regressiv tahlil kirishi mumkin.

Modellar bazasining boshqaruv tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lishi lozim: yangi modellarni yaratish, modellar parametrlarini qo`llab-kuvvatlash va yangilash, modellarni manipulyatsiya qilish.

Interfeys bilan boshqarish tizimi. Axborot texnologiyalarining samaradorligi va moslashuvchanligini ko`p jihatdan qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlashning interfeys tizimi xususiyatlariga bog`liq. Interfeys: foydalanuvchining tili, displey ekranida muloqotni tashkil etuvchi komp`yuter xabarining tili; foydalanuvchining bilimini belgilaydi.

Foydalanuvchi tili − shunday harakatki, ularni foydalanuvchi tizimga nisbatan klaviatura imkoniyatlari; ekranda yozuvchi elektron qalamlar; djoystika; «sichqonlar» ovoz bilan beriladigan buyruqlar va hokazolardan foydalanish amalga oshiriladi.

Foydalanuvchi tilining eng soda shakli kirish va chiqish hujjatlar shaklini yaratishdir.



Xabar tili − bu foydalanuvchi displey ekranida ko`radigan (ramzlar, grafika, rang) printerda olinadigan ma`lumotlar, tovushli chiqish signallari va hokazolardir.

Foydalanuvchining bilimlari − bu foydalanuvchi tizim bilan ishlashda bilish lozim bo`lgan narsalardir. Ular nafaqat foydalanuvchi miyasida bo`lgan hattiharakatlar rejasi, komp`yuter beradigan darsliklar, ko`rsatmalar, ma`lumotnoma va xabarlariga ham oiddir.

Interfeys quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lmog`i lozim:



  • foydalanuvchi tanlovi bo`yicha qarorlarni qabul qilish jarayonida o`zgartirgan holda muloqotning turli shakllarini manipulyatsiya qilish;

  • Ma`lumotlarni turli usullarda tizimga uzatish;

  • Tizimning turli asbob-uskunalaridan xilma---xil shakllarda ma`lumot olish;

  • Foydalanuvchi bilimlarini qo`llab-quvvatlash.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining kundan-kunga rivojlanib borishi ulardan xalq xo`jaligining barcha sohalarida unumli foydalanish uchun zamin yaratib bermoqda.

Ma`lumki, insoniyat aql-zakovatining mahsuli bo`lmish axborotdan unumli foydalanmasdan turib jamiyatni rivojlantirish, fan-texnikani jadallashtirish, ishlabchiqarishning samaradorligini oshirish mumkin emas. SHuning uchun ham axborotlashtirish sohasi fan-texnikani, iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Rivojlanib borayotgan hozirgi axborotlashtirishdagi jamiyatimizning har bir a`zosidan fan va ilmiy texnika yutuqlariga asoslangan bilimlarni mukammal egallashni talab etmoqda. Jahon amaliyoti shuni ko`rsatadiki, kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmay turib, tsivilizatsiyalashgan kelajakka mo`ljallangan islohotlarni amalga oshirib bo`lmaydi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi bevosita iqtisodiy ob`ektlarning axborot tizimlaridan foydalanish bilan bog`liq. Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qarorlar qabul qilishda hamda to`liq va ishonchli bo`lgan zamonaviy axborot tizimini yaratishda ko`mak beradi. Hozirga kelib, bizning mamlakatimizda ham zamonaviy axborot tizimlari va texnikalari nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki qurilish, tibbiyot, ta`lim, ijtimoiy va harbiy sohalarda ham keng va unumli qo`llanilmoqda.


Axborot tizimlarining rivojlanish yo`nalishlari
Komp`yuterni ishlatish texnologiyalarining mukammallashishi to`g`risi –dagi tassavurlarni 3 – jadvalni ko`rish orqali olish mumkin.

Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasi rivojlanishining asosiy yo`nalish EHM qo`llanish sohalarini yanada kengaytirish va natijada alohida mashi –nalardan ularning tizimlariga – funktsional imkoniyatlari va tavsiflari keng diapazonli turli – tuman konfiguratsiyadagi hisoblash tizimlariga va komplekslariga o`tishdir.

SHaxsiy EHMlar asosida yaratiladigan eng istiqbolli xudud jixatidan taqsimlangan axborot – hisoblash tarmoqlari axborotni hisoblash bilan ishlab chiqarishdan ko`ra ko`proq kommunikatsion axborot xizmatlari: elektron pochta, telekonferentsiya tizimlari va axborot – ma`lumotnoma tizimlariga yo`naltirilmoqda. Jamiyatni axborotlashtirishning texnik jixatlari.

Mutaxassislarning hisoblashlaricha XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlar jamiyatlarida asosiy axborot muxitining almashishi bo`lib o`tadi. An`anaviy ma`lumot kanallari (radio, televidenie, matbuot) bo`yicha va komp`yuter tarmoqlari bo`yicha jamiyat oladigan ma`lumotlarni solishtirilsa, ularning xajmlarini 2.8–rasmda ko`rsatilgan diagramma bo`yicha izoxlash mumkin.

Bugunning o`zida global axborot tarmog`i Internet ning foydalanuvchilari bu tarmoqning bilimlar saqlanadigan joyidagi deyarli istalgan maxfiy ma`lumotni olishlari mumkin.

Fayllar ko`rinishida shakllantirilgan Vatikan kutubxonasidagi ixti –yoriy bir necha yuz diniy kitoblarni, qo`lyozmalarni yoki sur`atlarni ko`rib chiqish yoki o`qib chiqish, Karnegi Xill zalidagi musiqalarni tinglash, Luvr galereyasini ―ko`zdan kechirish‖ yoki AQSH prezidentining Oq uydagi xona –siga ―mo`ralash‖ mumkindir; bu suppertarmoqning foydalanuvchilari o`rga –nish uchun kerakli mavzu bo`yicha ularni qiziqtirgan maqolani yoki maqolalar to`plamini olishi mumkin, tarmoqda o`zining yangi ishini ―chop etishi‖, uni manfaatdor mutaxassislar bilan muhokama qilish mumkin .



Group 554385

1980 2000 2020 2040 2060 2080 2100 2120 2140

Компютерли телекоммуникация

Радио, телевидение, матбуот

8 – rasm. YAqin kelajak jamiyatdagi ma`lumot muxiti.

Internet tarmog`ida ―gipermatn‖ tamoyili ishlatilgan, unga muvofiq abo-nent o`qib chiqilayotgan matnda uchraydigan asosiy so`zlarni tanlab olib, kerakli qo`shimcha tushuntirishlarni va qo`shimcha materiallarni olishi va o`rganayotgan muammoni echish uchun ishlatishi mumkin. Bu tamoyilni ishlatib, abonentlar o`zlarini qiziqtirgan istalgan mavzuga mo`ljallangan, istalgan darajadagi mukammal va ishonchli elektron gazetani o`qib chiqishlari mumkin. Internet elektron pochtasi er sharining istalgan nuqtasidan (bu tarmoqning terminallari bor bo`lgan) pochta jo`natmalarini 3 – 5 sekundda olishlari mumkin, oddiy pochtani ishlatganda esa bu ish bir xafta va xatto bir oy cho`zilishi mumkin.

Massachuset universitetida (AQSH) elektron kitob yaratilgan, u erda tarmoqdan istalgan ma`lumotni yozish mumkin; bu kitobni, tarmoqdan uzilgan holda, avtonom xolatda, istalgan joyida o`qish mumkin. Kitobning o`zi qattiq muqovali, yupqa, suyuq kristalli qayd qiluvchilarga – qog`ozsimon sintetik sirtli va yuqori sifatli ―bosma‖ saxifalarga egadir.

EHM ning o`zini ishlab chiqishda va yaratishda keyingi yillarda quvvatli komp`yuterlar – super EHM va miniatyur va o`ta miniatyur SHK larga ko`proq e`tibor berilmoqda. YUqorida ko`rsatilgandek, taqsimlangan ―neyron‖ arxitekturaga – neyrokomp`yuterlarga asoslangan 6 – avlod EHM larni yaratish bo`yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, neyro –komp`yuterlarda xozirdan mavjud bo`lgan ixtisoslashgan tarmoq MP lari – transp`yuterlar ishlatilishi mumkin. Transp`yuter –

bu tarmoqni ichiga sozlangan aloqa vositasi mavjud bo`lgan tarmoq mikroprotsessoridir.

Masalan, IMS T800 transp`yuteri taktli chastotasi 30 MGts bo`lganda sekundiga 15 mln amal tezkorlikka,Intel Warp transp`yuteri esa taktli chastotasi 20 MGts bo`lganda – sekundiga 20 mln amal (ikkala transp`yuter ham 32 razryadlidir) tezkorlikka ega.

EHM ning ayrim qurilmalarini yaratish bo`yicha yaqin oradagi taxminlar:


.


Adabiyotlar ro’yhati





  1. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq , 2001, 672-b.




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin