Mikroorganizmlarning morfologiyasi, hujayra tuzilishi va sistematikasi



Yüklə 20,93 Kb.
səhifə6/6
tarix14.12.2023
ölçüsü20,93 Kb.
#176826
1   2   3   4   5   6
Mikrobiologiya

MIKROORGANIZMLAR SISTEMATIKASI
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o`rganib, ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqazo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologo — biokimyoviy xususiyatlari, mikroorganizmlarini yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo`lib ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi:
1. SHakli va o`lchami;
2. Harakati (xivchinlarining bor — yo`qligi va joylanishi);
3. Kapsulasi;
4. Endospora hosil qilishi;
5. Gram usulida bo`yalishi;
6. Modda almashishi;
7. Energiya olish;
8. Tashqi muhtni o`zgartirishi;
9. Tashqi muhtning mikroorganizmga ta`siri.
Bergi Procariotae dunyosini to`rtta bo`limga ajratadi.
I. — Gracilicutes` bo`limi
Bu bo`limga grammanfiy hujayra devoriga ega, sharsimon, ipsimon yoki tayoqchasimon bakteriyalar kiritilgan bo`lib ular harakatchan yoki harakatsiz: endospora hosil qilmaydi. Lekin, meva tanalar hosil tayoqcha miksobakteriyalar miksosporalar hosil taqsim Ko`ayishi kurtaklanish yoki binar bo`linib sodir bo`ladi.. Bo`limga 3 sinf kiradi.
I. Scotobacteria sinfi
Bu sinf eng katta sinf bo`lib 10 guruhni o`z ichiga oladi.
1 — guruhga Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kiradi. Saprofit, odam va hayvonlarda yukumli kasallik ko`zgatadigan vakillari bor.
2 — guruhga Spirillaceae oilasi kirib, qattiq, spiralsimon buralgan tayoqcha shakliga ega. Saprofit va parazit vakillari bor. Bdelvibrio degan vakili bakteriyalarda parazitlik tayoqcha mayda, bir hujayrali mikroorganizmdir.
3 — guruhga Pseudomonaceae (vakillari tayoqchasimon shaklga ega), Azotobacteriaceae {vakillari oval, tayoqchasimon), Rhizobiaceae (vakillari tayoqchasimon), Methylcoccaceae (vakillari tayoqcha va sharsimon) va boshqa oilalarini o`z ichiga olib, vakillari azot o`zlashtirish jarayonida qatnashadi yoki o`simliklarda har xil kasalliklar yuzaga keltiradi va hokazo.
4 - rypyh Entherobacteriaceae va Vibrionaceae oilalaridan tashkil topgan bo`lib Esherihia, Salmonella, Shigeila, Ervinia koida Vibrio, Protobacterium. va boshqa avlodlarni o`z ichiga olib, ba`zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik ko`zgatsa, ba`zilari tuproqda, suvda yoki epifat mikroflora shaklida uchraydi.
Tayoqchasimon bakteriyalar Bo`linganda ular buyiga o`sadi va ikkiga bo`lina boshlaydi. Tayoqcha o`rtasidan sal torayadi va ikkiga bo`linadi. Agar hujayra ikki bir xil bulaklarga bo`linsa, bunga izomorf bo`linish deyiladi. Ko`p ncha geteromorf bo`linish ko`zatiladi.
Agar xivchinli hujayra bo`linsa,qiz hujayra ko`pincha xivchin bo`lmaydi,ona hujayra qoladi. Qiz hujayradan esa keyinchalik xivchin o`sadi . Demak, ona hujayra birlamchi hujayra devori, fimbriylar, xivchinlarga ega bo`ladi.. Spiroxetlar, riketsiylar, ba`zi achitqilar zambruglar, sodda hayvonlar (protistlar) ko`ndalangiga bo`linib ko`payadi. Miksobakteriyalar "tortilib" ko`payadi. Avval hujayra bo`linadigan joyidan torayadi va so`ngra hujayra devori ikki tomonidan hujayraning ikki tomoniga qarab burtadi va oxirida ikkiga bo`linadi. Qiz hujayra o`zi sitoplazmatik membranasi bo`lgani holda, hujayra devorini vaqtincha saqlab qoladi.
Ba`zi bakteriyalarda jinsiy jarayon ham ko`zatilib, unga kon`yugatsiya deyiladi. Bu xil ko`payish haqida «Bakteriyalar genetikasi» mavzusida axborot beriladi.
Shunday qilib, o`sish va ko`payish natijasida mikroorganizmlar koloniyasi hosil bo`ladi.. Ularning ko`ayishi juda katta tezlikda amalga oshadi. Generatsiya vaqti mikroorganizm turi, yoshi, tashqi muhit (oziqa muhit tarkibiga, temperaturaga, rN) ga og`liq ; Generatsiya vaqtini eng optimal muddati 20—30 minut bo`lsa, 2 soatda 6 ta generatsiya olish mumkin. Odamning shuncha avlodini olish uchun esa 120 yil vaqt lozim. Ammo bakteriyalar uzok vaqt 20 minutlik generatsiya yuli bilan ko`paya olmaydi. Agar ular bir xil jadallikda ko`p ayganda edi, bir dona ye. coli 24 soatdan so`ng 272 yoki 1022 avlod qoldirgan bular edi, bu esa 10 minglab tonnani tashkil qiladi va yana 24 soatdan so`ng, bakteriyani o`sishi shu tarzda davom etsa, tuplangan massani yer shari massasidan bir necha marta ogir bo`lib chiqar edi. Ammo, amalda bunday bulmaydi, chunki ozuqa moddalarning yetishmasligi, hosil bo`lgan mahsulotlar bakteriyaning ko`payishini cheklaydi.
Adabiyotlar:
1. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, «O`qituvchi», 1975.
2. Vahobov A., Inog`omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000.
3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979.
4. Mustakimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. «O`qituvchi». T. 1995.
5. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966.
6. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent. «O`qituvchi», 1966.
7. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent, 1983.
8. www.ziyonet.uz
Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin