5. Nazorat bosqichi. Bu bosqichda psixolog maslahatchi va mijoz mijozning olgan natijalarini amaliy tadbiq etish qanday nazorat qilinishi va baholanishi haqida bir-biri bilan kelishib oladi. Psixologik maslahatning ushbu yakuniyb bosqichi o`rtacha 20-30 daqiqa davom etadi.
Yuqorida aytilganlarning barchasini umumlashtirib shuni aytish mumkinki psixologik maslahatning barcha besh bosqichini (psixologik test uchun ajratilgan vaqtsiz) bajarish uchun o`rtacha 2-3 soatdan 10-12 soatgacha vaqt ketishi mumkin.
Konsultativ yordam tamoyillari: Zarar yetkazmaslik.
Kleyentning konsultativ jarayonga qo`shilgan bo`lishi
Anonimlik va konfidensiallik
Kleyentning mas’uliyatini o`ziga oldirish
Konsultativ texnikalar: Savolni to`g`ri qo`yish (ochiq, yopiq, paradoksal).
Ma’qullash va tinchlantirish.
Aks ettirish перефрозения
His-tuyg`uni normada aks ettirish.
Pauza – sukunat.
Ma’lumot berish ilmiy, asosli.
Empatiya.
Komprontatiya (qarama-qarshilikni uyg`otish).
Konsultantning his-tuyg`usi va o`zini ochishi.
10. Konsultatsiya jarayonini tizimlashtirish.
Oilaviy munosabatlar Oila – jamiyatning ajralmas bolagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yoqki, u ozining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bolsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson oz baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog’laydi, ya’ni, oz uyi, oilasida baxtli bolgan insongina ozini to`laqonli bahtiyor his etadi Juftlik oila – alohida, bir-biriga unchalik yaqin bolmagan yoki mutloq begona ikki kishi ortasidagi nikohni nazarda tutgan bolib, ular ortasidagi munosabatlar har doim ham mustahkam bolmagan va tomonlarning xohishirodasiga kora u istalgan vaqtda barbod bolishi ham mumkin edi. Hozirda mavjud bolgan oilalarda shaklan shu model saqlab qolingan Oilaning hissiy-emotsional funktsiyasi – bu uning oz a’zolari ortasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular ortasida mehr-oqibat, ozaro g’amxorlik, bir-birini qollab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bolib, insonning ruhiy salomatligi aynan shu vazifani qanday bajarayotganligiga bog’liqdir. Oilaning ma’naviypsixologik muhiti sog’lom deganda, aslida ana shu a’zolar ortasidagi iliqlik, samimiyat, ozaro bag’rikenglikning mavjudligi, mehr-oqibat kabi insoniy hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi. Jismoniy quvvatni ta’minlash funktsiyasi – oila a’zolarining jismonan sog’, tetik va ozini yaxshi his qilishlarini ta’minlashga bog’liq bolgan sharoitlarni nazarda tutadi, masalan, har birimiz oilada boshpanamizga egamiz, bundan tashqari, mana shu oz hududimizda, ya’ni, xonadonimizda dam olish, yaxshi
sifatli, toyimli taomlardan bahramand bolish, ijod qilish va oqishimiz uchun zarur, qulay imkoniyatlarga ega bolishimiz shart. Zero, agar shulardan birortasi ta’minlanmagan bolsa, bunday oila ozini baxtli deb hisoblay olmaydi va qator noqulayliklarni his qiladi. Masalan, uysiz, boshpanasiz qolgan odamlarning nafaqat ruhiy, balki jismoniy azoblarga duchor bolganliklarini tasdiqlovchi psixologik tadqiqotlar mavjud. Ma’naviy muloqotni ta’minlash funktsiyasi – odamning oz nasl-nasabi, ma’naviy-madaniy an’analari bolishiga intilishidan kelib chiqadi, har bir shaxs ozini kimning avlodi, qanday an’analarning vorisi ekanligidan cheksiz faxrlanadi, u qanday oila bolishidan qat’iy nazar, albatta, oz a’zolarini muayyan yaxshi urfodatlar, muomala maromlari doirasida birlashtirishga qodir bolgandagina mustahkam va baxtiyor boladi. Yangi tug’ilgan farzand teta-poya qilib yura boshlagan onlardanoq oilaning kattalari uni erkalatishlar orqali shirin muomalaga orgatadi, kattalarga xurmat, kichiklarka g’amxorlik, izzat tushunchalari xam oilada tarbiyalanadi. SHu funktsiyani ado eta olmagan oilada hamisha kongilxiraliklar, janjal, ziddiyatlar bolishi ehtimoli kattadir. Jinsiy-hirsiy muloqot funktsiyasi – er va xotin ortasidagi ikkalasigagina taalluqli bolgan seksual ehtiyojlarni qondirish, shu orqali avlodlar bardavomligini Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funktsiyasi ham ota muhim bolib, aynan oila har bir a’zosining muammolarini yechish, uni tashqi turli ta’sirotlardan himoyalash, kerak bolsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga yordam beradi. Ozbeklarda “Oz uyim – olan toshagim” degan ibora bor, har kim oz uyida chinakam xotirjam bolishi mumkin. Uzoq safarlarda, yuksak servis mavjud mehmonxonalarda dam olib kelgach, oz uyida, oyog’ini uzatib, “shukur”
deyishi uning eng katta baxtidir. SHu nuqtai nazardan farzandlarning ham sog’- omon katta bolishi, ular ongini turli tashqi ta’sirotlardan, yot g’oyalardan himoya qilishda ham oilaning roli benazirdir. Oila tinch va xavfsiz bolsa, demak, jamiyat ham, davlat ham tinch va undagi osoyishtalik barqaror boladi. Reproduktiv funktsiya – bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bolishdek baxtga muyassar bolish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, ozbeklarda nikohning dastlabki onlaridanoq, “uvali-juvali bolinglar, qosha qaringlar” deb duo qilinadi va kelinchakning homilador bolishi intiqlik bilan kutiladi. CHunki aynan shu omil yosh oilaning mustahkamligida katta ahamiyatga molik boladi. “Farzandli oila” tushunchasi oila psixologiyasida ham, oila sotsiologiyasida ham muhim bolib, u oilada turmush tarzining deyarli barcha jabhalaridagi korsatkichlarning mezonidir. CHunonchi, ozbeklarda “Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor” degan naklning ma’nosi ham farzand tug’ilgan uyga farishtalar yog’iladi, yaxshilik va xursandchiliklar, toylar uchun yol ochiladi, demakdir. Oila sotsiologiyasi va demografiyasida oiladagi farzandlar soniga kora guruhlarga bolinadi. Masalan, ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan “kam sonli oila” – bu 1-2 nafar bola bor oiladir. Bu raqam umuman demografik jihatdan baholansa, aholining osishi va tabiiy yo`qotishlarning urnini qoplash uchun kamdir. Sotsiolog A.Antonovning fikricha (2005), jamiyatda aholi balansini saqlash uchun ortacha farzandlar soni 2,5 nafardan kam bolmasligi lozim. Yoki jami oilalarning tortdan biri ikkita, uchdan biri uchta, 14 % – befarzand yoki yolg’iz, 7%i kop bolali, ya’ni beshtagacha bolasi bor oilalardan iborat bolsa, avlodlar
vorisligi ta’minlanadi. Lekin Rossiya misolida bu masalaga e’tibor beriladigan bolsa, aholining reproduktiv osishida jiddiy pastlashish kuzatilmoqda. U yerda jami oilalar nisbatida kam bolalilar, ya’ni, 1ta yoki 2ta bolaga ega bolgan oilalar soni keskin oshib, bugun ularning ulushi 95 %ni tashkil etmoqda. Xalqaro YuNISEF tashkilotining 2004 yili e’lon qilgan monitoringi natijalariga ko`ra, Yevropa mamlakatlarida ham Markaziy Osiyo davlatlarida ham tug’ilishning kamayishi holatlari kuzatilmoqda.