Oilaviy nizolarni bartaraf etish Har bir oila hayoti davomida muammoli vaziyatlarga duch keladi, ularni hal qilish qarama-qarshi individual ehtiyojlar, motivlar va manfaatlar konteksida amalga oshiriladi. Konfelekt- qarama-qarshi maqsadlar, manfaatlar, pozitsiyalar, qarashlar to’qnashuvi sifatida ta’riflanadi. Oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodlari qarama-qarshi bo’lsa, nizo yuzaga kelishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan er-xotinning bir-biri bilan kelishmovchilik qilish odatiy holdir. Biroq, davom etayotgan ziddiyat stressli va munosabatlarga zarar yetkazishi mumkin.
1. Er-xotin o‘rtasidagi.
2. Qynona-kelin o‘rtasidagi.
3. Qaynona-kuyov o‘rtasidagi.
4. Ovsinlar o‘rtasidagi.
5. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi.
Oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari: -oilaviy hayotga turlicha qarash;
-bo’sh kutuvlar;
-oila a’zolaridan biri (er yoki xotin) alkogol iste’mol qilishi;
-ishonchsizlik(bir-biriga nisbatan);
-bir-biriga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo’lish;
-bolalar tarbiyasida xohishsiz ishtirok etish;
-maishiy noqulayliklar;
-uyda bir-biriga yordam berishni xohlamaslik;
-oilaviy munosabatlarga begona shaxslarning aralashuvi(har ikki tarafdan).
Oilaviy nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’luvchi uchta omadsiz taktika:
-kuzatuvchi(ichimdagini top) pozitsiyasi;
-ochiq nizolar(ochiqdan-ochiq hafagarchiliklar, qaysarliklar ya’ni ochiqchasiga bir-biriga ko’rsatish);
-qaysar sukunat ( har ikki taraf er-xotin bir-biridan hafa bo’lganda yuzaga keladi. Ikkalasdan hech biri munosabatga kirishish uchun birinchi bo’lib qadam tashlamaydi);
Konfelektni bartaraf etish yo’llari -ochiq va sokin suxbat ( er va xotin bir-birini tushunishga intilish kerak. Yuzaga kelgan muammoni konstruktiv, aybdorlarni izlamagan holda optimal ravishda hal etishlari har taraf uchun muhimdir;
-o’z juftini tushunish (salbiy holatlarini unutgan holda, o’z egosi birinchiga qo’ymasdan juftining shaxsini hurmat qilish, konstruktiv faol, tinglash, aytilgan va aytilmagan gaplarni tushunish)
- o’z pozitsiyasini muvaffaqiyatli o’zgartirish ( ba’zida o’z pozitsiyasini o’zgartirib muammoga partnyorini nigohida qaray olish va munosabat bildirish);
-o’z jufti fazilatlarini qadrlash ( o’z juftiga minaddorchilik bildirish uni qadrlash, hurmat qilishini anglatish, nikohni mustahkamligini ta’minlaydi).
Nikohda er-xotin munosabatlarida eng muhimi bu ishonch. Bu oraqali nikohdagi shaxslar o’zlarini tushunishlarini, his qilishlarini, tinglashlarini, e’tibor markazida ekanliklarini his qiladilar.